14. kо‘mir qatlamini gazlashtirish uchun qattiq talab ostida burg‘ilashda sun’iy ravishda qiya yо‘naltirilgan quduqlar qо‘llanilgandi.
Quduqlarni egrilanishini boshqarishda har xil turdagi burg‘ilash uskunalarining jamlanmasidan foydalaniladi. Bunday sharoitda burg‘ilash rejimi о‘zgartiriladi va har xil burg‘ilash uskunalarning jamlanmasi qо‘llaniladi, malum bо‘lgan yaqinlashishda quduq stvolining yо‘nalishi boshqariladi.
Quduqning stvolini qiya yо‘naltirish maxsus qо‘llanilgan suniy og‘dirgichlar yordamida amalga oshiriladi: egri yuritmalar, ekssentrik nippellar, og‘diruvchi ponalar va maxsus qurilmalar yuqorida nomlari keltirilgan qurilmalardan, og‘diruvchi moslamalardan konning aniq sharoitidan kelib chiqib va texnik – iqtisodiy shartlariga asoslangan holda foydalaniladi.
Qiya yо‘naltirilgan quduqlar hozirgi vaqtda bir nechta konlarda masalan, Qumchuq konida (loyihalashtirilgan), Dehqonobod konida, Shimoliy Shо‘rtan konida, Shо‘rtan konida, Toshli konida, (XI – gorizontdan mahsulot olishda qо‘llanilgan).