Taqsimot jarayoni
Iste’mol jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
Ayirboshlash jarayoni
2. Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406) ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini-iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko‘paymasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo‘lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyasiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining 26 asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.
Hozirgi vaqtda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga ma’lum bo‘lgan P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
Dostları ilə paylaş: |