Qizilmiya o’simligining bioekologik xususiyatlari Annotatsiya


Qizilmiya o‘simligini biologiyasi va dorivorlik xususiyati



Yüklə 28,23 Kb.
səhifə6/6
tarix10.05.2022
ölçüsü28,23 Kb.
#57338
1   2   3   4   5   6
Maqola Qizilmiya Dilnura

3.1.Qizilmiya o‘simligini biologiyasi va dorivorlik xususiyati

Qizilmiya o‘simligi dukkakdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida yovvoyi o‘simlik sifatida uchraydi. Lekin, ichki va tashqi bozor talablari bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirish uchun Xorazm viloyatida agrotexnologiyalar yaratilmagan.

Ma’lumki, har qanday o‘simlik o‘sib rivojlanishi uchun o‘ziga xos iqlim va edafik sharoitini talab qiladi. Bu ekin ham morfofiziologik diopazani xususiyatlariga ko‘ra o‘ziga xos sharoitlarni talab etadi, ammo voha sharoitida yuqori hosildorlikka erishmoq uchun tavsiyalar yo‘q. Xorazm sharoitida jadal o‘sishi va rivojlanishi uchun sug‘orma sharoit uchun parvarishlash texnologiyasini yaratish lozim.

Qizilmiya (Lotin Glycyrrhíza glábra) dukkaklilar turkumi (Fabaceae) ning qizilmiya (Glycyrrhiza) turiga kiradi.

Hayotiy shakli: ko`p yillik o`t o`simlik

Ildizi: O`q ildiz

Bargi: Barg shakli cho`zinchoq oval shaklda, toq patsimon murakkab barg xosil qiladi

Guli: gullari taxminan 12 millimetr uzunlikda, och binafsha rangga ega

Mevasi:Dukkak, 2 dan 7 gacha urug'lar mavjud.

Iyundan avgustgacha gullaydi. Mevalar avgust - sentyabrda pishadi

Qizilmiya. Solodka (Glycyrrhiza L.). Tibbiyotda qizilmiyaning 2 turidan: oddiy qizilmiya Solodka golaya (Glycyrrhiza glabra L.) va O’rol qizilmiyasidan Soladka uralskaya (Glycyrrhiza uralensis Fisch.)foydalaniladi.

Qizilmiya bo’yi 50-100 sm ga etadigan, yer ostki qismlari yaxshi taraqqiy etgan, ko’p yillik o’t o’simlik. qizilmiya sho’r tuproqli cho’llarda, cho’llardagi ariq, kanal, ko’llar bo’yida, begona o’t sifatida ekinzorlarda, bog’larda va boshqa nam erlarda o’sadi. Asosan ular O’rta Osiyo, qozog’iston, Kavkaz, Rossiya Yevropaning janubida uchraydi. Ba‟zan katta chakalakzorlar hosil qiladi. O’zbekistonning hamma viloyatlarida o’sadi.

Qizilmiya turlarning ildizidan tibbiyotda foydalaniladi. Uning tarkibida glistirrizin, flavonoidlar va boshqa moddalar bor.

Abu Ali ibn Sino qizilmiya ildizi bilan o’pka va nafas yo’llari, me‟da yallig’lanishi, buyrak, qovuq kasalliklari va boshqalarni davolagan.

Oddiy qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) Xalq tabobatida qizilmiya ildizidan tayyorlangan qaynatma ko’krak og’rig’i, yo’tal, ko’kyo’tal, nafas yo’llari shamollashi kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi, yumshatuvchi va yallig’lanishga qarshi ta‟sir qiluvchi, me‟da-ichak kasalligida engil surgi, siydik haydovchi dori sifatida hamda tomoq quriganda, nafas qisishiga davo qilish uchun ishlatiladi.

Tibbiyotda qizilmiya ildizining dorivor preparatlari nafas yo’llari kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda engil surgi dori sifatida qo’llaniladi.

Ildizidan olingan glistiram preparati astma, ekzema, allergik dermatit, likviriton preparati esa me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

Maydalab qirqilgan qizilmiya ildizi nafas yo’llari shamollash kasalliklarida

qo’llaniladigan ko’krak yumshatuvchi hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi yig’ma-choylar tarkibiga kiradi.

Qizilmiya quyuq ekstrakti ko’krak eleksiri tarkibiga kiradi. Bu dori nafas yo’llaridagi shamollash, yallig’lanish kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.

Yuqorida turli shamollash kasalliklariga davo qilish uchun qo’llaniladigan o’simliklar haqida qisqacha ma‟lumot berildi. SHulardan 8 tasi O’zbekiston Respublikasida yovvoyi holda o’sadi va ularni osonlik bilan kerak paytda yig’ib olish mumkin. Shamollash kasalliklariga davo qilish maqsadida ishlatiladigan o’simliklar yuqorida keltirilgan o’simliklarning o’zi bilan chegaralanmaydi. Bundan tashqari, yana bir qancha dorivor o’simliklar bilan ham shamollash kasalliklariga davo qilinadi. Lekin ularning bir qismi zaharli, ikkinchi xillari esa faqat shu kasalliklarda ishlatiladigan yig’malar tarkibida qo’llaniladigan bo’lgani uchun ularni alohida tasvirlash lozim topilmadi.

Shirinmiya ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, iyun–avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust–sentyabr oylarida pishib yetiladi. Urug‘idan vegetativ tarzda ko‘payadi. Joy tanlamay, cho‘lli hududlarda, sho‘rxok tuproqda ham o‘sish qobiliyatiga ega. Shirinmiya o`simligining ko‘p tarqalgan turlari bu yalong‘och va ural shirinmiyasidir.



Shirinmiya xalq tabobatida qamrab oluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va ich yurg‘uzuvchi xususiyatlari bilan mashhur. Uning balg‘am ko‘chiruvchi xususiyati o‘simlik tomiridagi mavjud glitsirrizin moddasiga bog‘liq. U yuqori nafas olish yo‘llarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi va bronxlar hamda traxeyalardagi kipriksimon epiteliylar faolligini oshiradi. O‘simlikdagi ayrim moddalar organizmning boshqa a’zolariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, uning tarkibidagi boshqa moddalar buyrak faoliyatini yaxshilab, qondagi xolestirin quyqalarining hosil bo‘lishini oldini olish va yo‘qotish xususiyatiga egadir.

Shirinmiyaning xalq tabobatida qo‘llanilishi qadimgi eramizdan avvalgi uchinchi asrda bitilgan Xitoyning “O‘simliklar haqida kitob” asarida ham keltirilgan bo‘lib, Chin yurtining tabiblari uni birinchi turdagi dorivor o‘simliklar sirasiga kiritishgan hamda barcha damlama va surtmalarga qo‘shishgan. Chunki shirinmiya dorilar ta’sirini bir necha barobar kuchaytiribgina qolmay, inson tanasiga tashqaridan kiritilgan zaharlar kuchini kesuvchi vosita bo‘lib ham xizmat qilgan. Yaponiyada shirinmiya antioksidant sifatida, Misrda oziq–ovqat mahsulotlariga o‘zining bakteritsid va fungitsid xususiyatlariga ko‘ra qadrlanadi. Koreys xalq tabobatida esa shirinmiya oshqozon va o‘n ikki barmoqdi ichak yarasini, ekssudativ plevritni, o‘tkir bronxit, shamollashni, revmatik artrit, quruq yo‘tal va tomoq og‘rig‘i, o‘tkir va surunkali tonzillit, jigar kasalliklarini davolashda, ovqatdan zaharlanishning oldini olishda ishlatiladi.
Yüklə 28,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin