Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Kelgusida sho‘rlangan tuproqlarda madaniylashgan holda o‘stirish va yuqori hosil olish texnologiyasini yaratib, fermerlarga tavsiya berish. Shuningdek, sho‘rlanmagan tuproqlarda turli fosfor va kaliy hamda go‘ng 15–20 t/ga solganda o‘sish, rivojlanishi va hosildorligini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Ushbu mavzu bo‘yicha respublika anjumanlarida dastlabki maqolalar va tezislar chop etilgan.
2.3. Tadqiqot o’tkazish uslubi
Qizilmiya nav va turlari ichidan qimmatli formalarini kompleks morfobiologik, ekofiziologik va biokimyoviy o‘rganishni talab qiladi. Qizilmiyani qurg‘oqchilikka bardoshligini aniqlash uchun turli ekologik sharoitda o‘sishi, rivojlanishi, barg assimilyasion organlarini o‘rganish, ildiz tizimini tarqalish yuzasi, transpiratsiyani o‘rganish talab etiladi.
Qizilmiya o’simligini toza yerda, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan tuproqlarda o‘stirildi. Tuproq namligi termostatda tortish orqali aniqlandi.
Qizilmiya (shirinmiya) o‘simligi dukkakdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida yovvoyi o‘simlik sifatida uchraydi. Lekin, ichki va tashqi bozor talablari bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirish uchun Xorazm viloyati agrotexnologiyalar yaratilmagan. 1970-1990 yillar mobaynida Xorazm viloyati va Qorqalpog‘istonda ozroq maydonlarda ekilib, sanoat uchun yetkazib berilgan.
Hozirgi vaqtda shirinmiya farmotsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan o‘simlik bo‘lganligi sababli hamda yerni sho‘r moddasini oshiradigan, chorva uchun oqsilga boy yem-hashak bo‘lganidan Xorazm sharoitida parvarishlab ildiz hamda yer ustki qismini jadal o‘stirish texnologiyalarini yaratish zarurdir.
Ma’lumki, har qanday o‘simlik o‘sib, rivojlanishi uchun o‘ziga xos iqlim va edafik sharoitni talab qiladi. Bu ekin ham morfoziologik diopazonni talab etadi. Ammo voha sharoitida yuqori hosildorlikka erishmoq uchun tavsiyalar juda kam.
Shirinmiyani Xorazm sharoitida jadal o‘sishi va rivojlanishi uchun sug‘orma sharoit uchun parvarishlash texnologiyasini yaratish muxum.
Dala sharoitida quyidagi tartib bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘tkazish zarur. Quyidagi bosqichma-bosqich ishlar bajarildi: ildizlar kavlab olinib, ekish uchun (10, 15, 20 sm) uch xil qalamchalar (kurtakli) qilib kesiladi. Qalamchalar tayyor ekiladigan kartani 30-32 sm chuqurlikda haydash, chizellash, agat olish ishlari olib borildi. O‘simlik freatofit hisoblanib, ildizi chuqur qatlamga yetib boradi, yer osti suvidan yaxshi foydalanadi. O‘simlik bahorda haydalgan yerga (25-26 sm) qalamcha holatda (10, 15, 20 sm uzunlikda) ekildi. Tajribalarda 10, 15, 20 sm qalamchalarni 60 sm qator orasiga ekiladi (60x10-1; 60x15-1; 60x20-1) hamda sug‘oriladi.
Bahorda, mart va aprel oyi boshlarida tuproq harorati 12-150C bo‘lganda ekildi. Ekishdan 15-20 kun o‘tgach o‘sib chiqish tezligi aniqlanadi.
Demak, qalamchalar ekishda ekish chuqurligiga ham e’tibor berish zarur bo‘ladi. O‘simliklarni har birida to‘liq ko‘kargandan so‘ng shonalash, gullash va mevalar pishish davrlarida shoxlar soni, barg sathi, fotosintez jadalligi va mahsuldorligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘sish jarayonidan davrlari bo‘yicha o‘zgarib turadi.
Qizilmiya o’simligining tuproq muhitiga talablar. Qizilmiya o‘simligi tuproq eritmasida uchraydigan nordon yoki sho‘rga ko‘ra turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan: qizilmiyaning ba’zi turlari atmosfera tarkibidagi azotni yuqori darajada o‘zlashtiradi, yuqori hosil beradi. Loviya va beda esa bu sharoitda deyarli havodagi azotni o‘zlashtirmaydi, azot etishmovchiligi ro‘y beradi, hosili keskin kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |