Международный научный журнал № 2 (100), часть 2
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
97
QOBILIYAT SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATI SIFATIDA
Tòliboyeva Shahnoza
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti pedagogika psixologiya ta'lim
yònalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada qobiliyat va uning turlari haqida, iste'dod, talant va
geniylik haqida sòz yuritiladi. Qobiliyatni rivojlantirishning ahamiyati, qobiliyat bòyicha
B.M.Teplov va I.P.Pavlov nazariyasi borasida maqolada yoritib òtiladi.
Kalit sòzlar: Qobiliyat, Iste'dod, Talant, Geniylik, Tabiiy qobiliyatlar, Maxsus
qobiliyatlar, Umumiy qobiliyatlar
Tuģma iste'dod nishonlari bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
S.L.Rubinshteyn.
Qobiliyat insonning biror-bir soha bòyicha tajribaliroq ekanligidir. Unda shu sohaga
nisbatan moyillik mavjud bòladi va ushbu faoliyatni u chin dildan qiziqib
bajaradi.Qobiliyatlar insonning individual xususiyatiga qarab rivojlantirilishi yoki sònishi
ham mumkin.Qobiliyatni rivojlantirish uchun inson shu faoliyat bilan shuģullanib turishi
kerak. Masalan, shoir inson she'r yozib turmasa qobiliyati sònishi mumkin. Shu o'rinda
S.L.Rubinshteyn ham aytib òtganki, " Tuģma iste'dod nishonlari bu reallikdir, uni
rivojlantirish lozim" . Maktab bitiruvchilarining nimaga qobiliyatli ekanligini aniqlash juda
muhimdir. Chunki shunga qarab ular kasbga yònaltiriladi. Aniqlangan qobiliyat, qiziqish
bòyicha yònaltirilsa, ular ushbu kasb faoliyatini egallashi oson bòladi. Chunki ularda ushbu
faoliyatga qiziqish va moyillik mavjud.
Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron
faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyatlar. Kishilar
qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo'ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o'qish
faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xii turlariga muvofiq,
nazariy va amaliy qobiliyatlarni, matematika, texnika, musiqa, adabiyot, pedagogika,
xo'jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari bo'ladi. Inson qobiliyatining
barcha turlari hamma odamlarga xosdir - har qaysi odam ma'ium darajada kishi faoliyatini
barcha turlariga layoqatli bo'ladi, lekin, shu bilan bir qatorda, ko'pchilik faoliyatning bir
necha sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat ortiqroq bo'ladi. Biror sohada qobiliyati
sezilarliroq bo'lib ko'rinadigan ayrim kishilarni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli
matematik, qobiliyatli musiqachi, konstruktor, rassom va hokazo deydilar. Faoliyatning
biror turi sohasida qobiliyatning paydo bo'lish darajasi muayyan kishining individual
xususiyati bilan xarakterlanadi.Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir
necha sohalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli
Международный научный журнал № 2 (100), часть 2
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
98
kishilardir. Odamning qobiliyatlarida tug'ma xususiyatlar ham namoyon bo'ladi. Shaxsning
rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo'ladigan tug'ma xususiyatlari iste'dod deyiladi.
Kishining iste'dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o'sishiga, bilim
va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o'z ishini qanchalik muvafaqqiyat bilan va
samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz. Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi
birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalanning
sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo'li bilan, ikkinchidan
mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish
orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li, bilan uchinchidan,
umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan borishi kerakki, bu
operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o'zlashtirishni, tanlagan
faoliyat bo'yicha ko‘nikma va malakalami hosil qilishni ta’minlasin.To'rtinchidan,
o‘quvchining maxsus qobilyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har
tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash
yo'li bilan borish kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik,
tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz
individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana
olmaydi. Oltinchidan, maktab o‘quvchilanga nisbatan individual monosabatda bo‘lishni
umumiy talablar bilan to' g‘ri qo'shib olib borishdir. Qobiliyatning muayyan izchillikda
namoyon bo' lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko'rsatib turibdi.
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki tabiiy
xususiyatlardir. Shuni aytib o‘tish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda avtgandek, psixologik
xususiyat har taraflama ahamiyatga ega bo‘lib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham
tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan
faollik, vazminlik, in’ikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz
qobiliyaming tashkil topishiga ta’sir qiladi. B.M.Teplov qobiliyatlarning uchta belgisini
aniqladi, ular mutaxassislar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan ta'rifning asosini tashkil
etdi: 1) qobiliyatlar - bu bir shaxsni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik
xususiyatlar; 2) faqat faoliyat yoki bir nechta faoliyatning muvaffaqiyati bilan bog'liq
bo'lgan xususiyatlar; 3) qobiliyatlar -insonda allaqachon shakllangan bilim, ko'nikma va
qobiliyatlar cheksizdir, garchi ular ularni egallashning osonligi va tezligini belgilaydi.
Shunday qilib, qobiliyatlar psixologiyasi sohasi individual farqlar psixologiyasining
(differensial psixologiya) bo'limidir. Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular
birinchidan, voqelikni yaxlit, to'la va jonli tarzda idrok etadilar, holbuki mutafakkirlar uni
bo'lib-bo‘lib qabul qiladilar va shuning bilan go‘yo uni jonsizlantiradilar. Ikkinchidan, badiiy
tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun bo'ladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu
badiiy qobiliyat bo‘lib birinchi signal tizimiga tegishlidir. Fikrlovchi tipda esa aql nazariy
bo'lib, u so‘z bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, badiiy tip yuksak emotsionallik bilan ajralib
turadi, chunki birinchi signal tizimi LP.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emotsional fondni
Международный научный журнал № 2 (100), часть 2
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
99
tashkil qiluvchi miya qobig'i bilan yaqin bog‘liqdir. Badiiy tip havajonli, muqarrar,
emotsional tipdir, degan edi LP.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emotsional fon va
birinchi signal tizimi zaif bo'lsada, lekin u sog‘lom va soddadil odam bo'ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar
va hayvonlar uchun xos bo'lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish
shular jumlasidandir Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar
hosil bo'lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi
bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo'lib, ijtimoiy hayot va
taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy
qobiliyatlarga bo'linadi.
3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy
qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo'l harakatlarini aniqligi va boshqa
xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini
ta’minlaydi.
TalantIi deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma'lum sohada murakkab nazariy va
amaliy masalalarni hal qiIishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli
narsalar yaratishga qodir bo'ladilar. Talantli deb, shuningdek, bilimlarni tez, muvaffaqiyat
bilan o'zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda, o'z faoliyatlarida to'g'ri tatbiq
qiladigan odamlarni ham aytiladi.
Genial yoki geniy deb, biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta
masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun
ahamiyatli bo'lgan, misli ko'rilmagan qilmmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan
narsalar tarixda go'yo burilish nuqtasi bo'lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon
harakatga keltiruvchi madad bo'lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial
shoir deb hisoblaymiz, chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari bunyodga kelishi
bilan o'zbek adabiyotida o'zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Shuni xulosa qilish kerakki, inson zoti borki, albatta barchasida qobiliyatlar bisyor,
faqat ushbu qobiliyatlardan ayrimlari ustunlik qiladi xolos. Qobiliyatlar faqat tuģma holda
berilmaydi, ularni biror narsaga qiziqish asosida ham rivojlantirish mumkin. Bu o'rinda
qiziqishlar katta ahamiyatga ega. Qobiliyatli kishilar òz sohasidagi faoliyatini samarali
bajarishadi. Albatta, har bir qobiliyatning murakkab tomoni bòladi va u òsha qobiliyatli
kishiga ham yuksak talablar qòyadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova - "Umumiy psixologiya"-T-2009;
2.P.I.Ivanov, M.E.Zufarova-"Umumiy psixologiya"-T-2008;
3.V.N.Drujinin-"Umumiy qobiliyat psixologiyasi"-1996.
Dostları ilə paylaş: |