Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#78844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q

Nurlanish 
Avvalgi ikki xil usuldagi issiqlik uzatilishidan tubdan farqli ravishda, 
nurlanish jarayonida issiqlik uzatilishida, moddaning o‘zi xoh u qattiq modda, xoh 
u suyuqlik yoki gaz bo‘lsin, issiqlik uzatish ishiga mutlaqo aralashmaydi. Bu 
holatda, issiqlik almashinuvi borishiga bosh sabab - 
Stefan-Botsman
 qonuniga 
ko‘ra, tabiatda, harorati mutlaq nol haroratdan yuqori bo‘lgan har qanday jismning 
atrof-muhitga o‘zidan energiya taratishi bo‘ladi. Bunda nurlanish turi jismning 
haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buni kundalik turmushda ham oddiy misollar orqali 
kuzatish mumkin. Masalan, temirchi ishlov berayotgan metall qizish jarayonida 
avvaliga qizaradi, harorat ortgan sari u sarg‘ayib, zarg‘aldoq tusga kiradi va oxiri 
deyarli oq ranggacha o‘zgaradi. Bu jismning harorati ortib borayotganidan dalolat 


beradi. Chunki, jism harorati qanchalik baland bo‘lsa, u chiqarayotgan 
nurlanishlarning to‘lqin uzunligi shunchalik qisqa bo‘ladi. Nisbatan sovuq jismlar 
infraqizil nurlar diapazonida nurlanish taratadi va biz bu nurlarni ko‘ra olmaymiz, 
lekin, ularning issiqligini, harorat taftini his qilamiz. Eng qaynoq jismlarning ham 
rangini biz ko‘ra olmaymiz. Chunki, ular ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroto‘lqinlar 
diapazonida nurlanish taratadi. 
Ehtimol, ko‘zga ko‘rinmas nurlarning kashf etilishi borasida eng mashhur 
holatlardan biri bu - kosmik nurlanishlardagi 
Relikt mikroto‘lqinli fonning kashf 
etilishi
 bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ushbu kashfiyot Ulkan Portlash haqidagi 
gipotezaning haqiqat ekanini tasdiqlovchi dalillardan biriga aylandi. Mohiyatan, 
ushbu fon Butun Koinot bo‘ylab uning har bir qismida, ya'ni, Koinotning o‘zi 
tomonidan nurlantirilmoqda, chunki, Koinotning o‘zi to‘xtovsiz kengayib, borgan 
sari sovib boryapti va o‘zining avvalboshdagi favqulodda ulkan haroratini 
yo‘qotmoqda. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin