yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga esa yuqoridan nisbatan
sovuqroq suv tushib
keladi.
Biroq, jarayon shugina bilan chegaralanib qolmaydi. Chunki, joy almashgan
qaynoq va sovuqroq suvlar juda tezlik bilan yana o‘rin almashinishiga to‘g‘ri
keladi. Sababi, idish tubiga tushib kelgan suv, u yerdagi yuqori harorat evaziga
darhol qiziydi va isib, u ham yuqori ko‘tarila boshlaydi. o‘z
navbatida, avvalroq
tepaga chiqib olgan boyagi issiq suv ham, u yerda biroz sovib zichlashadi va
og‘irlashib, yana tubga sho‘ng‘iydi. Natijada, sho‘rva
sistemasi baribir beqaror
holatda qolaveradi. Issiq va sovuq suv bir-birini o‘rin almashtirib, idish bo‘ylab
pastga va tepaga aylanaveradi. Natijada, butun sho‘rva massasining doimiy
sirkulyatsiyasi yuzaga keladi. Buning oqibatida biz qaynayotgan sho‘rvada
sirkulyatsion
oqimlarni
kuzatamiz.
Aynan
o‘sha,
yuqoriga-pastga
sirkulyatsiyalanish jarayonini fanda
konveksion toklar deyiladi.
Siz oshxonada
sho‘rva qaynayotganida uning yuzasiga diqqat qilsangiz, konveksiya jarayonini
amalda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. yoki, Buning uchun choy uchun qo‘yilgan va
choynakda qaynab chiqqan suvni ham kuzatishingiz mumkin (umuman ochiq
idishda qaynayotgan har qanday suvni kuzatsangiz bo‘ladi ).
Konveksion toklar - tabiatda anchayin keng tarqalgan issiqlik almashinish
usulidir. Konveksiya hodisasi yulduzlar qa'rida ham yuz beradi. Xususan,
bizning
yulduzimiz -
Quyosh
ichkarisida ham, aniqrog‘i, Quyosh yadrosi va Quyosh toji
oralig‘ida favqulodda ulkan miqyosli konveksiya jarayoni boradi. Aynan ushbu
jarayon Quyosh qa'rida kechayotgan termoyadro reaksiyalari natijasida ajralib
chiqayotgan issiqlik energiyasini Quyosh sirtiga olib chiqadi (
Quyosh o‘z
energiyasini qayerdan oladi?
). 150 million km naridagi Quyoshni qo‘ya turing,
shundoqqina oyoq ostimizda -
Yer mantiyasida
ham
muntazam konveksiya
jarayoni
boradi
va
uning
natijasida
biz
plitalar
tektonikasi
ni
kuzatamiz.
Sayyoramiz atmosferasi
dagi konveksion oqimlar butun Yer yuzi
bo‘ylab iqlimning qanday bo‘lishini hal qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Atmosferadagi konveksiya jarayonlari ekvator va unga yaqin issiq hududlardan
isigan havo va suv massalarini qutblar tomon tashib boradi va butun boshli
mintaqalar va materiklarning iqlim xususiyatlarini belgilab beradi. Hattoki, alohida
holda olingan bitta shahar miqyosida ham konveksiya juda muhim o‘rin tutadi. Siz
nima sababdan shahar joylarning harorati qishloqlardagidan bir-ikki daraja baland
bo‘lishini fikr qilib ko‘rganmisiz? Buning sababi ham o‘sha
konveksiyaga borib
taqaladi. Shaharda qizigan asfalt yuzasidan iliq havo muntazam ko‘tarilib turadi va
uning o‘rniga sovuqroq havo tushib, doimiy sirkulyatsion oqim hosil qiladi. Shu
sababli, katta shaharlarda, ayniqsa, avtomobil harakati zich va jadal bo‘lgan yirik
megapolislarda o‘ziga xos mahalliy mikroiqlim yuzaga keladi.
Umumlashtirish o‘rnida shuni ta'kidlaymizki, konveksiya - moddaning
harakati evaziga issiqlik uzatilishi jarayonini yuzaga keltiradigan jarayondir.
Muayyan bir joyda issiqlikni o‘ziga yig‘ib olgan modda muhit bo‘ylab
harakatlanib, issiqlikni o‘zi bilan tashib yuradi va nisbatan joyga borgach, u o‘zi
tashib kelgan issiqlikni o‘sha
joydagi sovuqroq moddalarga, xususan, atrof
muhitga uzatadi. Konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlikning bir-biridan tubdan
farq qiladigan joyi aynan shunda. Ya'ni, issiqlik o‘tkazuvchanlikda
issiqlikni
uzatayotgan moddaning o‘zi joyidan qo‘zg‘almaydi; konveksiyada esa, issiqlikni
modda o‘zi bilan tashib yuradi.
Dostları ilə paylaş: