Issiqlik almashinish qurilmalari
Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko`ra rekuperativ,
regenerativ,
aralashtiruvchi
turlarga
bo`linadi.
Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar
devor
bilan
ajratilgan
bo`lib,
issiqlik
shu
devor
orqali
o`tkaziladi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashqil topgan birta
yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo`ladi, natijada
bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi
agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari
o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali,
g’ilofli,
spiralsimon,
qovurgali
va
boshqa
turlarga
bo`linadi.
Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik
almashinish qurilmalari keng kullaniladi.
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari
Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar
to`plamidan tashqil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan
bo`ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan
trubalar orasidagi bo`shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va
ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo`shligi yuzaga keladi. Ushbu
qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi
boshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho`kma hosil qilmaydigan issiqlik
tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo`shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki
sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini
oshirish yoki jarayonni samarali olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala
bo`shligi ham ko`p hollarda bir necha yo`lli qilib tayyorlanadi. Bir yulli qobik-
trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba turlari 2, trubalar 3, qopqoq 4,
issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va zichlagich
8 dan iborat.
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko`p yo`lli isitkichlar
ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo`lganda ularning trubalardagi
tezligi kichik bo`lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam bo`ladi.
Ko`p yo`lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bo`lish uchun yoki muhit harakat
yo`lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan truba turining orasiga
ko`ndalang to`siqlar o`rnatiladi.Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil
bo`lishi kerak. Ko`p yo`lli isitkichlarda bir yulli isitkichlarga nisbatan muhitlarning
tezligi yo`llarning soniga qarab proportsional o`zgaradi.
Kimyo sanoatida 4-6 yo`lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo`llarning soni ortib
borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi
murakkablashadi.
Qobik-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning
farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo`ladi. SHuning uchun qobiq
trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1)qo`zg’almas
turli
isitkichlar;
2)kompensatorli
isitkichlar.
Qo`zg’almas turli isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi,
shu sababli bunday isitkichlar trubalar va qobiq o`rtasidagi temperaturalar farqi
katta bo`lmaganda ishlatiladi.
Temperaturalar farqi 50 S dan katta bo`lganda trubalar va qobiqning har xil
uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli
a)U
-
simon
trubali
b)
qobiq
trubali
isitkichlar
ishlatiladi.
Bir yulli qobiq trubali isitkichlar:
1- qobiq; 2- truba turlari; 3 - trubalar; 4- qopqof; 5,6 - issiqlik agentlari
kiradigan
va
chiqadigan
shtutserlar;
7-
bolt;
8-
qistirma.
Ko’p yulli qobiq trubali isitkichlar:
a)ikkiyo`lli; b)to`rtyo`lli.
I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - qopqoq; 2- ko`ndalang to`siqlar.
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o`rtasidagi
bosim
gacha bo`lganda ishlatiladi.
U - simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalarning
uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o`zi bajaradi.
3 - rasm. Temperatura yuqori bo`lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga
oluvchi qobiq-trubali isitkichlar:
a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali.
|