3.Gimnastikada trenirovkaning umumiy asoslari. Sport gimnastikasi – eng mashxur sport turlaridan biridir. U o‘sib kelayotgan avlodni garmonik rivojlanishiga yordam beradi, misol uchun ko‘p mamlkatlarda jismoniy tarbiya milliy tizimining muxim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sport gimnastikasi shug‘ullanuvchilarning jismoniy takomillashtirish vazifalarini hal qilib, murakkab koordinatsiyali harakat, katta jismoniy kuch, irodani safarbar qilish, bardoshlilik va jasorat talab qiluvchi gimnastika mashqlarini bajarishni mahorat bilan o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
Yuqori malakali gimnastikachilarni tayyorlash jarayoni ularni yangi kelgan davrida xalqaro toifadagi sport ustasigacha bo‘lgan ko‘p yillik yo‘lni ko‘zda tutadi. Maxsus mashg‘ulotning boshlanishidan to sport ustaci darajasiga yetguncha eng qulay vaqti ayollarda o‘rtacha 5 – 7, erkaklarda 7 – 9 yoshni talab etadi.
Agar gimnastika bilan shug‘ullanishdan to faol trenirovkaning yakunigacha bo‘lgan vaqtni hisoblansa, gimnastika amaliyoti davri ancha 15 dan 20 yoshgacha davom etishi mumkin.
Jaxonda kuchli gimnastikachilarining demonstratsiya davrida ularning eng yuqori natijalari, bu yutuqlarga erishish yo‘lidagi dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqti gimnastikachilar tayyorgarligi muddatini aniqlash mezoni xisoblanadi.
Respublika gimnastika maktabida gimnastikachilar boshlang‘ichdan ustalikning yuqori darajasiga bosqichli o‘tish tizimi vujudga keldi. Har bir daraja dasuriy material va nazorat yuklamalariga mos keladi. Nazorat yuklamalarining asosiy shakli – klassifikatsion dastur va unga mos sport razryadi. Bosqichlilik prinsipi universaldir. U faqatgina bo‘lg‘usi chempionlar, balki xar qanday malakada gimnastikachi tayyorgarligining asosiad yotadi.
Shunday qilib, yuqori malakali gimnastikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligi konsepsiyasi yillar davomida trener tomonidan bosqichma-bosqich qo‘llaniluvchi o‘ziga xos vosita va uslublar tizimi to‘g‘risidagi tasavvurga tayanadi va mashg‘ulot o‘tkazishning tashkiliy shakillari hamda dasturiy yuklama talablarini ko‘zda tutadi.
Gimnastikaning sport turi sifatida rivojlanishning yangi, ancha yuqori darajasi va shunga muvofiq (mos) bilimlar uni boshqarish tizimi qandayligini ko‘rib chiqish zaruratini aniqlaydi.
Umumiy ko‘rinishida boshqarish, obyektning holatini o‘zgartirish maqsadida yo‘naltirilgan maqsadni ko‘zda tutadi.
Gimnastikada boshqarishni obyektning masshtabiga qarab gimnastika turini rivojlanishga qaratilgan yoki faqat mamlakatning terma jamoasi darajasiga, va nihoyat trenernening gimnastikachilar guruhi bilan ishlash jarayoni deb qarash mumkin.
Boshqarish – talab qilingan vaqtda kerakli natijaning isbotini ko‘zda tutish xisoblanadi. Xaqiqatda, agar sport turi rivojlanishning qonuniyatlari bilimiga tayanilsa, tayyorgarlikning tashkiliy shakillaridan progressiv vosita va uslublaridan foydalanish sportchini yuqori maxoratga intilishi yo‘lida xodisalarni bir tekis urishidan saqlanish mumkin.
Ta’kidlash joizki, boshqarishnig “kichik” 3 – 5 kishilik gimnastikachilar guruhiga raxbarlik qiluvchi, “oddiy” trener doirasida faoliya yurituvchi boshqarishning “katta” mexanizmi mohiyatini ko‘zda tutishi kerak. Shundagina uning ishi istiqbolli va samarali bo‘ladi. Shu munosabat bilan gimnastikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligi to‘g‘risida tushunchani bayon etamiz.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanishni organizmga ta’siri.
Sport gimnastikasi – insonning jismoniy garmonik rivojlanishida samarali vositadir. Sport gimnastikasi mashqlarini shug‘ullanuvchiga yaxshi ta’sir etishini baholash murakkab. Ular qo‘l, gavda, yelka kamarining muskul bo‘g‘im apparatini yaxshi rivojlanadi, yangi jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadi, ko‘pgina mashqlar bevosita amaliy ahamiyatga ega. masalan, asboblardagi ba’zi ko‘tarilish va to‘ntarilishlar, ulardan sakrab tushishlar.
Sport gimnastikasi jasorat, qat’iyat, kutilmagan sharoitda mo‘ljalni ola bilishni tarbiyalaydi. U epchillik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni takomillashtirishga yordam beradi. Gimnastikachi sportga rivojlanish jarayonida borgan sari murakkab mashqlarni o‘zlashtiradi. Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish faqatgina mushak – bo‘g‘im apparatiga, balki ichki orgonlariga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, trenirovka qilmagan odam tayanch sharoiti uning uchun odatdagiday bo‘lmaganda, gorizontga nisbatan g‘ayritabiiy holatlarga tushganda, uning ba’zi ichki orgonlari yurak, o‘pka, oshqozoni siljiydi, natijada ish faoliyati yomonlashadi.
Sport gimnastikasi g‘ayritabiiy sharoitlardaichki orgonlarning siljishi bilan kurashishda ajoyib vositadir.gimnastika mashqlarini ko‘p marotaba takrorlashlar odam organizmini borgan sari tanining g‘ayritabiiy xolatini kam sezadigan bo‘ladi.
Malakali gimnastikachilarning ichki orgonlari shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ancha kam siljiydi.
Odamning boshi pastga qarab to‘ntarilganda diafragma pastga tushadi va unga qorin bo‘shlig‘i bosib qo‘yadi. Buning natijasida malakasiz gimnastikachi deyarli qorindan nafas ololmaydi, ko‘krakdan nafas olish esa qiyinlashadi. Boshni pastga qilgan holatdako‘krak qafasi sig‘imi kamayadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi va nafas chiqarish osonlashadi. Bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyarli 1 litrga kamayadi.
Trenirovka qilib yurgan gimnastikachining boshini pastga qilgan xolatdagi nafas chuqurligi trenirovka qilmagan gimnastikachiga qaraganda ko‘proq. O‘pkaning tiriklik sig‘imi to‘g‘risida ham shuni aytish mumkin. ma’lumotlarga ko‘ra, malakali gimnastikachi gimnastika mashqlarini bajarayotganda o‘pka ventilyatsiyasi juda ijobiy amalga oshadi, bu vaqtda bu xolatlarni yaxshi bajara olmaydigan gimnastikachida xaddan tashqari zo‘riqish, nafasning ushlanishi va o‘pka ventilyatsiyasining yetishmasligi kuzatiladi. Shunday ekan, sport gimnastikasi g‘ayritabiiy tayanch xolatlarda nafas tizimi faoliyatini rivojlantirishda yaxshi vosita xisoblanadi.
Ma’lumki, asboblarda mashq bajarishda nafas olish va qon aylanishi o‘ziga xosdir. Agarda, ko‘pgina sport turlari bilan shug‘ullanganda shpka ventilyatsiyasi va gaz almashish ish jarayonida ishning keyingiga qaraganda ko‘p bo‘lsa, ko‘pgina gimnastika mashqlarini bajarishda buning aksidir. Masalan, Lingandning ma’lumotiga ko‘ra, turnikda qo‘llarni bukib osilish vaqtida yurak xajmi daqiqasiga 11.3 litr bo‘lsa, bevosita buni bajargandan so‘ng esa 12.3 litr. Xuddi shu muallifning ma’lumotiga ko‘ra, gaz almashishi xuddi shu osilishni bajarilayotgan vaqtdagi bajarib bo‘lgandigisi ko‘proq (ish paytida kislorodni singdirish – 542 sm3, ishdan keyin esa – 707 sm 3). Lekin gimnastika mashqlarining hammasi to‘g‘risida buni aytib bo‘lmaydi. Qo‘llarda tik turishni yaxshi bajaruvchi gimnastikachida ishdan keyingi o‘pka ventilyatsiyasi kislorodni singdirish va daqiqalik xajm uni bajarish paytidagiga qaraganda kamroq.
Mashqlarni yaxshi o‘zlashtirigan gimnastikachi nafas fazasi bilan xarakat fazasini moxirona moslashtira oladi. Natijada snaryadda nafasni ushlanishi kam bo‘ladi, shu bilan birga qisqa vaqt oralig‘ida. Nafas ritmi buzilmaydi, kislorod qarzi esa (qachoniki, u paydo bo‘lganda) tez tiklanadi. Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish turli atsiklik faoliyatlarda nafas fazasi bilan xarakat fazasini moslashtira olish qobiliyatini tarbiyalashga ijobiy ta’sir etadi.