Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

4-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi 
27-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga 
kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. 
Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. 
Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. 
Auditorlik tashkilotlariga tadbirkorlik faoliyatining ushbu Qonun
32 
va 
33-moddalarida 
nazarda tutilgan turlaridan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek 
qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar 
auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas. 
Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda 
nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil 
etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi 
kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi; 
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini 
amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan 
shakllantiriladi; 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida 
ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining 
filiali yoki shu’ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno); 
auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan 
auditor rahbar bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi 
mumkin emas. 
Ushbu moddaning 
oltinchi qismi 
talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik 
tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda vakolatli davlat organini 
bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib 
o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik 
faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning 
oltinchi qismi 
talablariga 
nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari 
o‘tkazish taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak. 
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi 
va bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir 
xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak. 
O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan 
sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga 
kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan 
foydalanishga haqli emas. 


Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik 
faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin