moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka
muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u
ushbu hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati natijalari to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning
34-moddasida
nazarda tutilgan cheklovlarga rioya
etish sharti bilan majburiy tarzda va tashabbus shaklida o‘tkaziladi.
Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan
foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan keyin qonunchilikka
muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun talablaridan farq qiladigan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruv auditorlik
tekshiruvi bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: