Auditor jamiyat manfaatlari
ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga
asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid
fikr-mulohazasida
tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
7-modda. Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi
Auditor ushbu
Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega
bo‘lishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida
sifatli auditorlik
xizmatlari ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak.
8-modda. Axborotning maxfiyligi prinsipi
Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida
o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning
yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi
qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Dostları ilə paylaş: