Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorning malaka sertifikati



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

19-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) auditorning 
malakasini tasdiqlaydigan va unga auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish 
huquqini beradigan hujjatdir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sertifikat basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, auditorlarning 
respublika jamoat birlashmasi tomonidan beriladigan, qat’iy hisobotga oid hujjatdir.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik 
muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu Qonunning 
21 
va 
22-moddalarida 
nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga malaka imtihonini 
topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan davriylik bilan 
uzaytiriladi. 
20-modda. Malaka imtihoni 
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini 
malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Malaka imtihonini o‘tkazish reglamenti vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 


Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu Qonun 
22-moddasining 
ikkinchi qismida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal 
qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi. 
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun 
malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga 
haqli. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin