Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-
huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik tashkiloti
tarkibida ishlashi mumkin.
Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi
mumkin.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi
munosabati bilan Auditorlik
tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik
tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa
auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida
ishlovchi hamda
auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq
boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs
auditorning yordamchisidir.
Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida
o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
18-modda. Auditorlarning malakasini oshirish
Auditorlarning malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro
tashkilotda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor auditorning malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran
har yili
auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Auditorlar malakasini oshirish kurslari auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy dastur bo‘yicha o‘tkaziladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
Dostları ilə paylaş: