15-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika
jamoat birlashmalaridir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini
rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga
da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:
Oldingi tahrirga qarang. (15-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20- yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining
Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional
buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq
kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi;
renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy
veb-saytlarida e’lon qiladi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni
o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi;
zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida
ishtirok etadi;
har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi
axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang. malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta
rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va auditorning malaka sertifikati amal
qilishini tugatish tartibini, auditorlarning malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni vakolatli
davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini
uzaytiradi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)