auditorning mulohazalari asoslanilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi zarur
axborotni auditorlik
tashkilotidan olishga;
auditorlik xulosasini olishga haqli.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi:
auditorlik tekshiruvini auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan
muddatlarda o‘tkazish uchun auditorga tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
auditorga zarur hujjatlarni
taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti
xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi
qonunchilikka va auditorlik
tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda uning
zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
39-modda. Auditorlik xulosasi
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
qonunchilik
talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z
ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini
amalga oshirgan
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik
tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy hisobot
ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: