Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə35/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Tabiat turtki so‘ziga nisbatan O.Matjon she’rlarida qo‘llangan sirdosh, xayoldek hur, biz bilan bir, bir sir, bobo o‘ktam assotsiativ birliklari muallifning tabiat haqida obrazli fikrlashi natijasida yuzaga kelgan birliklardir. Tabiatning “yaratuvchanlik” qudratiga yuqori baho bergan shoir uni bobo o‘ktam (o‘ktam bobo) sifatida tasavvur qiladi, uning bir sir ekanligini qayd etadi. Tabiatning “yaratuvchanlik” xususiyati shoir she’rlarida bunyod etmish, naqsh etgan assotsiativ birliklari orqali ham ta’kidlangan. Shoirning “Nikoh kechasidagi jomso‘z” she’rida berilgan insonning jismu joni assotsiativ birligi orqali inson jismi va joni tabiatning bir qismi ekanligiga ishora qilinadi.
Anglashiladiki, tabiat turtki so‘ziga nisbatan berilgan assotsiativ birliklarning ko‘pchiligi ham shoirning individual assotsiatsiyalari bo‘lib, obrazlilikka, konnotasiya ifodalashga asoslangan.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida, shuningdek, kuz, ishq, muhabbat turtki so‘zlariga nisbatan ham turli-tuman individual xarakterdagi assotsiativ birliklar uchraydi. Jumladan, kuz turtki so‘ziga nisbatan kuz oqshomi (“Kuz”), ishq turtki so‘ziga nisbatan aytolmasam (“Men ishqimni aytolmasam...”), muhabbat turtki so‘ziga nisbatan bu ko‘zlar, otash, yona-yona, bizning yonishlar, o‘t, mening yonishim (“Qiyin muhabbat...”) kabi o‘ziga xos assotsiativ birliklar berilgan bo‘lib, ular shoirning individual uslubini yaratishga xizmat qilgan.
Misollar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida turtki so‘z vazifasida turli birliklar kelgan bo‘lib, ularga nisbatan har xil assotsiatsiyalar hosil bo‘lgan. Shoir she’rlarida bir turtki so‘zga nisbatan ko‘pincha turli assotsiatsiyalarning berilganligi kuzatiladi. Bu holat muallifning tasvir obyektini qanday tasavvur qilganligi, vaqt o‘tib tasvir obyektiga doir bilimlari kengayganligi, takomillashganligi va shu asosda tasavvurlari ham o‘zgarganligi kabi tashqi omillar bilan bog‘liq. Rus olimasi S.M.Karpenkoning qayd etishicha, olam konseptual tasvirining dinamikligi yozuvchining bir turtki so‘zga nisbatan ijodining har xil davrida turlicha assotsiatsiyalarni ifodalashiga sabab bo‘ladi. 81 Demak, har bir insonda voqelik bo‘yicha hosil bo‘lgan assotsiatsiyalar o‘zgaruvchan bo‘lib, ma’lum tashqi omillar ta’sirida takomillashishi, yangi bilimlar hisobiga boyib, o‘zgarishga uchrashi mumkin.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonidan o‘rin olgan rang-barang assotsiativ birliklar she’rning markaziy turtki so‘ziga nisbatan bevosita yoki bilvosita bog‘lanishiga ko‘ra farqlanadi. Bu jihatdan ular assotsiativ maydonning yaqin yoki uzoq chegara qismidan o‘rin oladi.
Shoir she’rlari assotsiativ maydonida, boshqa assotsiativ maydonlarda bo‘lganidek, yadro va chegara qismlar ajratiladi. Assotsiativ maydonning yadro qismida joylashadigan birliklar qo‘llanish darajasi yuqori bo‘lgan birliklar sanaladi. Assotsiativ maydonning yadrosi vazifasida badiiy asarda muallif tomonidan eng ko‘p qo‘llangan birliklar keladi.
Sarlavhali she’rlar assotsiativ maydonining yadrosidan, eng avvalo, shu she’rning sarlavhasi o‘rin egallaydi. She’r sarlavhasi, avvalgi bobda aytib o‘tganimizdek, turtki so‘z vazifasini bajaradi. She’rdagi boshqa so‘zlar uning atrofida birlashib, matnning shakllanishida ishtirok etadi. Rus olimasi N.O.Zolotova til egalari tomonidan turtki so‘zga nisbatan eng ko‘p berilgan javob reaksiyalari, yuqori assotsiativ kuchga ega chegaralangan birliklarning assotsiativ maydonning yadrosidan o‘rin egallashini ta’kidlaydi.82 Demak, she’r sarlavhasisi hamda unga nisbatan eng ko‘p bildirilgan assotsiatsiyalar assotsiativ maydonning yadrosi qismidan o‘rin oladi.
She’r sarlavhasiz bo‘lsa, she’rda eng ko‘p qo‘llangan birliklar assotsiativ maydonning yadrosidan o‘rin oladi. Bunday birlik she’rda lirik qahramonni bildiruvchi so‘z bo‘lishi ham mumkin. Chunki she’r lirik qahramon tavsifiga, uning ruhiy kechinmalari tasviriga bag‘ishlangan bo‘lganda, u matn tarkibida ko‘p takrorlanishi tabiiy.
Assotsiativ maydonning yadrosi va u bilan bog‘langan assotsiativ birliklar o‘rtasida kuchli va kuchsiz aloqa kuzatiladi. Yadro qism bilan kuchli aloqada bo‘lgan assotsiativ birliklar yaqin chegara qismdan o‘rin oladi, yadro qism bilan kuchsiz aloqada bo‘lgan assotsiativ birliklar uzoq chegara qismda joylashadi. Demak, assotsiativ maydonda yadro qismdan tashqari chegara qismlar ham ajratiladi. Chegara qismlar yana ikkiga: 1) yaqin chegara; 2) uzoq chegara qismlariga ajratiladi.
She’r assotsiativ maydonining yaqin chegarasida joylashgan birliklar maydon yadrosidan o‘rin olgan turtki so‘z bilan bevosita bog‘langan, uning semantik mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi yakka tartibda qo‘llangan birliklar hisoblanadi. Assotsiativ maydonning uzoq chegara qismida joylashgan assotsiativ birliklar esa turtki so‘z bilan bilvosita bog‘langan, u bilan semantik jihatdan zich aloqada bo‘lmagan assotsiativ birliklar bo‘lib, ular ham she’r tarkibida yakka tartibda uchraydi.
O.Matjonning turli she’rlari assotsiativ maydonidan o‘rin olgan assotsiativ birliklar poetik obrazlarni yaratishda qo‘llangan birliklar bo‘lib, shoirning individual assotsiatsiyalarini anglatadi. Shunga muvofiq uning she’rlari assotsiativ maydonining yadro va chegara qismlarini individual xarakterdagi o‘ziga xos assotsiativ birliklar tashkil qiladi. Shoirning quyidagi she’ri assotsiativ maydonini tekshiramiz.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin