Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə30/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Qora g‘ussa ortib qaytgan shum karvon. (‘Eng uzun kechada”)


Shuncha ham cho‘zilib ketarmi oqshom,
Zulmatmi borliqda qilgan tantana?!
Yo osmon tubida qora intiqom
Kurrani etdimi quyoshdan pana?! (“Eng uzun kechada”)


Sen yonding! Va yerga qora bosqinning,
Ustiga otilding yarador chaqmoq. (“Yarador chaqmoq yoki bir yulduz tarixi’)
O.Matjon she’rlarida tarkibiy qismlari assotsiativ munosabatda bo‘lgan qora ko‘ngil iborasi ham qo‘llangan. Ma’lumki, qora leksemasi ko‘chma ma’noda qo‘llanganda ko‘ngil leksemasi bilan assotsiativ aloqaga kirishadi. O‘zaro assotsiativ munosabatdagi qora va ko‘ngil leksemalari grammatik jihatdan birikib, yaxlit frazeologik birlikni hosil qiladi. Shoir she’rida ushbu frazeologik birlikdan o‘rinli foydalana olgan:
Qo‘ysam deyman bir ko‘zgu
Bu uyning qopqasiga,
Qora ko‘ngillarni u
Quvlasin orqasiga.
O‘zbek tilida ko‘chma ma’nodagi qora leksemasining qish, qahraton, sovuq, xat leksemalari bilan assotsiativ aloqaga kirishuvi ham kuzatiladi. O.Matjonning quyidagi she’rida qora leksemasining qahraton leksemasi bilan assotsiativ bog‘lanishi kuzatiladi:
Adadsiz o‘choqlar qurgan bir cho‘pon
Bir tun zavqi uchun qurib ketdimi?!
Qora qahratonda balki biror on
Adashgan yo‘lchini xushnud etdimi?! (“Eski o‘choq’)
Ushbu she’rda qora leksemasi qahraton leksemasiga bog‘lanib, achchiq sovuq ma’nosini hosil qilgan. Aynan shu ma’nosida qora leksemasi qahraton leksemasi bilan assotsiativ aloqaga kirishgan.
Quyidagi she’riy parchada esa qora leksemasi xat leksemasi bilan assotsiativ bog‘lanishi natijasida qora xat so‘z birikasi hosil qilingan:
Kecha Yevropani yondirgan Gitler
O‘zbek tuprog‘ida otmasa-da o‘q!
Qo‘rg‘oshindan zilroq qora xatlardan
Unda bag‘ri butun bir xonadon yo‘q! (“Playnzliklarning antiqa irimi”)
O.Matjon she’rlarida xat leksemasi o‘rinda eskirgan bitig so‘zidan foydalangan holatlar ham kuzatiladi:
Moziyning karvonlari goh mash’al, goh tig‘ tutib,
Xayolida shuhrat-shon, poyida qon, o‘tdilar.
Barisiga Qoraqum bo‘ldi qora bir bitik, –
Goh o‘lib, goh tiklanib karvon-karvon o‘tdilar. (“Karvonlar”)
O.Matjon she’riy asarlaridan olingan misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida oq va qora leksemalari ishtirokida hosil qilingan va turg‘un birliklar kabi til egalari xotirasidan mustahkam o‘rin olgan so‘z birikmalari, shuningdek, frazeologik birliklar qismlari o‘zaro assotsiativ munosabat asosida bir-biri bilan bog‘lanadi. Ya’ni bunday birliklarning shakllanishida tarkibiy qismlarining nafaqat grammatik va semantik jihatdan o‘zaro bog‘lanishi, balki assotsiativ munosabati ham muhim o‘rin tutadi.
Umuman, nutq jarayonida so‘z birikmalari va gaplar tarkibiy qismlarining assotsiativ aloqasiga asoslangan holda tuziladi. Boshqacha aytganda, so‘zlarning assotsiativ aloqasi so‘z birikmalari va gapning shakllanishiga yo‘l ochadi. D.Lutfullayeva bu haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Verbal assotsiatsiyalar turli nutqiy tuzilmalarning yaratilishiga yo‘l ochadi. Har qanday nutqiy tuzilma uchun semantik jihatdan o‘zaro assotsiativ bog‘langan birliklar (leksik, sintaktik birliklar) tayanch birlik vazifasini o‘taydi. Stimul so‘z + javob reaksiyasi modelidagi assotsiativ struktura muayyan vaziyat ifodasi uchun xizmat qila oladi”.71 Bu xulosa o‘z vaqtida mashhur rus tilshunosi Y.Karaulov tomonidan ta’kidlangan edi. Olimning fikricha, har qanday turtki so‘z – javob reaksiyasidan iborat juftlik hali tugallanmagan gap bo‘lib, bu gapning zaruriy qismi yoki grammatik jihatdan shakllangan bo‘lagi, uning yadrosi hisoblanadi.72
Anglashiladiki, assotsiativ tarzda o‘zaro bog‘langan til birliklari matnni semantik-sintaktik jihatdan shakllantiruvchi eng muhim birliklar bo‘lib, bu xususiyat O.Matjon she’rlarida oq va qora leksemlari bilan assotsiativ bog‘langan birliklar tahlilida ham o‘z tasdig‘ini topadi.


Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin