Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə41/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
122 бет Dissertatsiya (2)

UMUMIY XULOSA

  1. Badiiy matnning assotsiativ tadqiqida matn qismlarining semantik-mantiqan uzviyligini ta’minlovchi assotsiativ birliklarning roli, yozuvchi individual uslubini shakllantirishdagi o‘rni kabi masalalar tahlili ustuvordir.

  2. Assotsiativ birliklar olam lisoniy manzarasini yaratishda tayanch birliklar vazifasini o‘taydi, badiiy matnda milliy-madaniy konseptlarni ifodalashda qo‘llanganda olam manzarasi olamning milliy manzarasi tusini oladi.

  3. Yozuvchi yoki shoir tomonidan yaratilgan olam manzarasi ijodkorning shu olam haqidagi ideal obrazlarining reallashuvidir. U badiiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun olamning badiiy manzarasi hisoblanadi.

  4. Badiiy matn yozuvchi tomonidan yaratilgan olam manzarasini voqelantirishning individual shaklidir, bunda muallif lisoniy shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Muallif lisoniy shaxsi o‘z asarida “jonli kommunikasiya akti”ni yarata olgan, unda shaxsiy sifatlari, lisoniy qobiliyatini namoyon qila oladigan nutq egasidir.

  5. O.Matjon she’rlarida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik, yondoshlik qonuniyati asosida assotsiativ aloqada bo‘lgan va lisoniy ongidan tayyor holda o‘rin olgan birliklardan unumli foydalangan. Uning she’rlarida assotsiativ aloqa turtki so‘z va assotsiativ birliklar munosabatida hamda she’rdagi o‘zaro assotsiativ bog‘langan so‘zlar orasida kuzatildi.

  6. Shoirning sarlavhali she’rlarida turtki so‘z vazifasini she’r sarlavhasi, sarlavhasiz she’rlarida esa matnda aks etgan tasvir obyektini bildiruvchi so‘zlar, yuqori chastotali so‘zlar, radif vazifasini bajargan birliklar, muallif nutqi qaratilgan undalmalar bajargan. Turtki so‘zga nisbatan hosil bo‘lgan assotsiativ birliklar so‘z, so‘z birikmasi va gap tuzilishida shakllangan.

  7. O.Matjon she’rlarida assotsiativ birliklar lingvistik va ekstralingvistik omillarga ko‘ra hosil bo‘lgan. So‘zlarning paradigmatik, sintagmatik aloqasi, uslubiy, derivatsion, dialektal, milliy-madaniy, ijtimoiylik, gender belgisiga ko‘ra assotsiativ bog‘lanishi lingvistik omil; shoirning tashqi olam haqidagi bilimlari, tasavvurlari bilan bog‘liq holda assotsiativ birliklarning yuzaga kelishi ekstralingvistik omil hisoblanadi.

  8. O.Matjon she’rlarida turtki so‘z – assotsiativ birlik yoki assotsiativ birlik – assotsiativ birlik o‘rtasidagi paradigmatik aloqa so‘zlarning sinonimik, antonimik, omonimik, uyadoshlik, partonimik, giper-giperonimik munosabati asosida yuzaga chiqqan. Turtki so‘z – assotsiativ birlik o‘rtasidagi tobelik munosabati sintagmatik assotsiatsiyalarni yuzaga keltirgan. Shoirning har bir she’rida sintagmatik assotsiatsiyaga asoslangan so‘z birikmalari va gaplar kuzatiladi.

  9. O.Matjonning xotirasida oq rangi, avvalo, oqlik xususiyatiga ega bo‘lgan predmetlar: qor, oq kaptar, oq qog‘oz, paxta xirmonini jonlantirgan. Shuningdek, ko‘chma ma’nolarda qo‘llanib, “soflik”, “tinchlik” ma’nolariga ega bo‘lgan. Qora leksemasi, avvalo, shu rangdagi predmet, hodisalarga nisbatan qo‘llangan, shuningdek, bu leksema shoirda jamiyatdagi yomon illatlar, kishilarga xos salbiy xislatlar haqidagi assotsiatsiyalarni ham uyg‘otgan.

  10. O.Matjon she’rlarining assotsiativ maydoni quyidagi shakllantirildi: 1) she’riy matnda turtki so‘z vazifasini bildiruvchi birlik aniqlandi; 2) she’riy matn propozitsiyalar to‘plamiga ajratib chiqildi; 3) har bir propozitsiya ifodalovchi konstruksiyada turtki so‘zga bevosita hamda bilvosita bog‘langan assotsiativ birliklar ajratildi; 4) assotsiativ birliklar grammatik belgidan xoli etildi.

  11. Shoir she’rlari assotsiativ maydoni yadro qismidan yuqori chastotali birliklar, she’r sarlavhasi o‘rin egalladi. Assotsiativ maydonda yadro qism bilan kuchli aloqada bo‘lgan assotsiativ birliklar yaqin chegara qismda, kuchsiz aloqada bo‘lgan assotsiativ birliklar esa uzoq chegara qismda joylashdi.

  12. Badiiy matn bo‘yicha kitobxonlarda o‘tkaziladigan assotsiativ tajriba ularning badiiy matnni tushunishi, idrok etishi jarayonida xotirasida tiklanadigan assotsiativ birliklarni aniqlashda ahamiyatlidir. Badiiy matnga berilgan javob reaksiyalari muallif yaratgan olamning badiiy manzarasi xarakteri, uning sinaluvchilar lisoniy ongida qay tarzda namoyon bo‘lishini aniqlashga imkon beradi.


Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin