Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə36/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Varrak ingranadi ko‘kda to‘lg‘anib,
Unga parvo etmas bolakay xayol.
Varrak ingranadi osmonni tanib,
Sho‘rlikdan osmon ham so‘ray demas hol.
Ko‘kka bosh uruvchi varrak holiga
Turnalar bosh chayqab o‘tdilar saf-saf.
Turnalar bilishar, qiynalar nega,
Nega ingranmoqda varrak, ne istab?!
Ushbu she’r sarlavhasiz she’r bo‘lib, unda osmonda uchirilayotgan varrak tasviri aks etgan. She’rda tasvirlanishicha, ko‘kda varrak ingrab parvoz qilmoqda, ammo uning ovoziga bolakay e’tibor qaratmaydi. Varrakning ushbu holiga osmonda saf-saf bo‘lib uchib ketayotgan turnalar bosh chayqab qo‘yishmoqda, chunki bu turnalar varrakning nega qiynalib ingrayotganini bilishadi.
Ko‘rinadiki, she’r varrakning osmonda uchishi tasvirini obrazli ifoda etishga va bu obraz orqali kitobxonga erkinlikdan mahrum majruh qalblar kechinmasini yetkazishga bag‘ishlangan. Shoir ko‘kda ingrab uchayotgan varrak, uning holidan xabar olmagan osmon, varrakning holiga bosh chayqab o‘tayotgan turnalar obrazi tasviri orqali voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalashda subyektiv xarakterdagi assotsiativ birliklardan foydalangan.
Shoirning ingrayotgan varrakka bo‘lgan subyektiv munosabati, ya’ni achinish hissi so‘zlashuv uslubiga xos sho‘rlik so‘zi orqali ifoda etilgan. Sho‘rlik so‘zi varrak so‘zi o‘rnida qo‘llanib, varrakning holatini va bir vaqtda uning o‘zini ham anglatib kelgan.
Shye’rda 4 marta takror qo‘llangan varrak so‘zi turtki so‘z vazifasida kelgan va birvaqtda she’r assotsiativ maydonining yadro birligi hisoblanadi. Bu so‘zga nisbatan she’rda quyidagi assotsiatsiyalar hosil bo‘lgan: varrak (4), ingramoq (2), ko‘kda to‘lg‘anmoq, unga (varrakka) parvo etmas, bolakay xayol, osmonni tanimoq, sho‘rlik(dan), osmon so‘ray demas hol, ko‘kka bosh uruvchi varrak holi(ga), turnalar (2), bosh chayqab o‘tmoq saf-saf, bilmoq, nega qiynalmoq, nega ingranmoq, ne istamoq.
Ushbu assotsiativ maydondan jami 20 ta assotsiativ birlik o‘rin olgan. Ulardan 10 tasi (varrak (4), ingramoq (2), sho‘rlik(dan), turnalar (2), bilmoq) so‘z shaklida, 10 tasi (ko‘kda to‘lg‘anmoq, unga (varrakka) parvo etmas, bolakay xayol, osmonni tanimoq, osmon so‘ray demas hol, ko‘kka bosh uruvchi varrak holi(ga), bosh chayqab o‘tmoq saf-saf, nega qiynalmoq, nega ingranmoq, ne istamoq) so‘z birikmasi shaklidadir.
Assotsiativ maydondagi 6 ta birlik: varrak (4), sho‘rlik(dan), ko‘kka bosh uruvchi varrak holi(ga)) birliklari varrak turtki so‘zi bilan bevosita bog‘langan. 14 ta assotsiativ birlik: ingramoq (2), ko‘kda to‘lg‘anmoq, unga (varrakka) parvo etmas, bolakay xayol, osmonni tanimoq, osmon so‘ray demas hol, turnalar (2), bosh chayqab o‘tmoq saf-saf, bilmoq, nega qiynalmoq, nega ingranmoq, ne istamoq birliklari varrak turtki so‘zi bilan bilvosita bog‘langan.
She’rda qo‘llangan Varrak ingranadi, ko‘kda to‘lg‘anib, Nega ingranmoqda varrak, ne istab?! konstruksiyalarida varrak obrazi shoir tomonidan qayta idrok etilgan, u shye’r muallifi tafakkurida tutqunlikda azob qolgan majruh inson sifatida gavdalangan.
Varrak ingranadi, ko‘kda to‘lg‘anib, Osmon ham so‘ray demas hol, Turnalar bosh chayqab o‘tdilar saf-saf, Turnalar bilishar, Nega ingranmoqda varrak, ne istab?! konstruksiyalari jonlantirish san’ati asosida tuzilgan bo‘lib, she’rga o‘ziga xos badiiylik yuklagan. Varrak so‘ziga nisbatan hosil bo‘lgan ingramoq, to‘lg‘anmoq assotsiatsiyalari she’r muallifining achinish hissini aks ettirgan. Bu hissiy munosabat Osmon ham so‘ray demas hol konstruksiyasi orqali yanada oydinlashgan.
Turnalar bosh chayqab o‘tdilar saf-saf konstruksiyasi ham shoirning subyektiv munosabatini, varrak obrazi ortida yashiringan tutqunlikka mahkum insonlar obraziga nisbatan achinish hissini, hamdardligini ochiq namoyon qilgan.
Turnalar bilishar, Nega ingranmoqda varrak, ne istab?! konstruksiyalari varrakning ingrashi ortida uning qanday hissiy kechinmasi yashiringanligiga ishora qilgan. Demak, osmonda to‘lg‘onib, ingrab uchayotgan varrak obrazi tutqunlikdan mahrum inson obraziga ishoradir. Uning tutqunlikdan ozod bo‘lishi, ko‘kda erkin parvoz qilishi shoirning orzu-istagidir. Varrakning ingrashini kuzatib, bosh chayqab o‘tib ketayotgan turnalar obrazi birovning tutqunligiga achinsa-da, uni ozod qilish qo‘lidan kelmaydigan insonlarga ishoradir. Varrak ahvolidan hol-ahvol so‘ramagan osmon obrazi birovning holini so‘ramaydigan befarq kishilar obraziga ishoradir.
Ko‘rinadiki, O.Matjon varrak obrazi orqali o‘z tasavvuridagi olamning badiiy manzarasini yaratgan.
She’rning assotsiativ maydoni yadrosi bilan bevosita va bilvosita bog‘langan assotsiativ birliklarni chizmada quyidagicha tasvirlaymiz:



ВАРРАК



varrak varrak


sho‘rlik(dan)
ingramoq/ ko‘kda to‘lg‘anmoq ingramoq / osmonni tanimoq
osmon so‘ray demas hol


unga (varrakka) parvo etmas ko‘kka bosh uruvchi varrak holi(ga)

bolakay xayol turnalar


bosh chayqab o‘tmoq saf-saf / bilmoq


nega qiynalmoq /nega ingranmoq/ ne istamoq

Ushbu maydonda yadro, yaqin va uzoq chegaradan o‘rin olgan assotsiativ birliklarni quyidagi diagrammada ko‘rsatamiz:



She’rning assotsiativ maydonida varrak (4), ingramoq (2), turnalar (2) so‘zlari takror qo‘llanganligi sababli yuqori chastotali birliklar sifatida maydonning yadro qismidan o‘rin oldi.
Yadro so‘zga nisbaban kuchli pozisiyani egallagan so‘z varrak so‘zidir. Bu so‘z she’rda 4 marta qo‘llangan bo‘lib, turtki so‘z bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan, uni takrorlagan. Varrak so‘zining salbiy bo‘yoqqa ega ingramoq so‘zi bilan bog‘lanishidan hosil bo‘lgan propozitiv konstruksiya she’rda 3 marta takrorlangan. Ingramoq so‘ziga xos salbiy bo‘yoq, uning she’rda takror qo‘llanishi va metaforik ma’noda ishlatilishi she’rda konnotativ ma’noni yuzaga keltirgan. Yadro so‘zlarning takror qo‘llanishi ularning assotsiativ maydonda kuchli pozisiyadan o‘rin olganligini ko‘rsatadi.
Ko‘kda to‘lg‘anmoq, osmonni tanimoq, sho‘rlik(dan), ko‘kka bosh uruvchi varrak holi(ga) assotsiativ birliklari varrak turtki so‘zi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, assotsiativ maydonda yadro qismga nisbatan yaqin chegarada joylashadi.
She’rdagi unga (varrakka) parvo etmas, bolakay xayol, osmon so‘ray demas hol, bosh chayqab o‘tmoq saf-saf, bilmoq, nega qiynalmoq, nega ingranmoq, ne istamoq assotsiativ birliklari varrak turtki so‘ziga bilvosita bog‘langan bo‘lganligi uchun assotsiativ maydonda yadroga nisbatan uzoq chegarani egallaydi.
Assotsiativ maydonning yadro qismiga nisbatan yaqin chegarada joylashgan birliklar varrak turtki so‘zi bilan zich assotsiativ aloqada bo‘lsa, uzoq chegara qism birliklarining aloqasi esa nisbatan kuchsiz aloqa hisoblanadi.
Xulosa qilish mumkinki, O.Matjon she’rlari assotsiativ maydoni yadrosidan she’r sarlavhasi, yuqori chastotali birliklar o‘rin olgan. Chegara qismida turtki so‘z bilan bilvosita assotsiativ bog‘langan birliklar joylashgan.



Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin