Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


O.Matjon she’rlari assotsiativ maydoni birliklarining xususiyatlari, yadro va chegara qism birliklari



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə34/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

3.2. O.Matjon she’rlari assotsiativ maydoni birliklarining xususiyatlari, yadro va chegara qism birliklari
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida she’rdagi tasvir obyektining xususiyatlari bilan bog‘liq holda muallif xotirasida tiklangan turli-tuman assotsiativ birliklar uchraydi. Ma’lumki, O.Matjon Vatan, muhabbat, umr, ayol, tabiat tasviri hamda turli maishiy masalalarga bag‘ishlab ko‘plab she’rlar yozgan. Bu she’rlarida aynan shu mavzularga aloqador bo‘lgan rang-barang assotsiativ birliklardan foydalangan. Shoir she’rlarida qo‘llangan bunday assotsiativ birliklar mavzuning mohiyatini ochib berishga, tasvirlanayotgan obyektning xususiyatlarini tavsiflashga xizmat qilgan.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida she’r mavzusi bilan bog‘liq o‘ziga xos individual assotsiativ birliklar o‘rin olgan. Jumladan, shoirning yurt turtki so‘ziga nisbatan berilgan Ona (“Sirlarim”), joy, maskan, vazmin odamlar, nurafshon (“Yurtimdagi vazmin odamlar”); boshqa, o‘zbek yurtdosh, kaftdek (“Taqlid”); yurtning nodon hoqoni (“Men bulut bag‘riga sin solib boqsam...”), mening, qilichlardan qolgan jarohat (“Bobur”); bu yurtning tunlari (“Boyqushlar”), tumanli, poytaxti (“Seni izlayman”); omon bo‘lsa (“Umr haqida”), omonmi (“Boqdim jahon ishina”), jamolin, qadim (“Karvonlar”), tabarruk UDUMlari (“Tabiatning “Qizil kitobi”ga”), o‘zga, bahorgi oq xayollari, quyoshpayvand qo‘llaring (“Paxtamiz xususida nutq”); bir umr sevmoq (“Shalola” she’riyat klubining ishtirokchisiga”), boshida (“Poyezdda”), aylanib (“Nurjon botir”), hotamtoylik qilmoq (“Hotamtoyning ukasi”), kezdiring (“Davronshohning suvrati”), olgan, Yurt ulug‘vor saf (“Urush yillari kinoxronikasini ko‘rib”) kabi rang-barang assotsiativ birliklar uchraydi.
Berilgan assotsiativ birliklarning har biri she’rda muayyan vazifa bajargan. Masalan, joy, maskan assotsiativ birliklari yurt leksemasining lug‘aviy ma’nosiga aniqlik kiritgan. Nurafshon, kaftdek, tumanli, qadim, o‘zga assosiaiv birliklari yurtning belgi-xususiyatlarini ochib bergan. Vazmin odamlar, o‘zbek yurtdosh, yurtning nodon hoqoni assosiaiv birliklari esa ushbu yurt egalari haqida ma’lumot beradi. Mening assotsiativ birligida yurtning nutq so‘zlayotgan shaxsga tegishli ekanligi, boshqa, o‘zga assotsiativ birliklarida esa yurtning muallif uchun o‘zga yurt ekanligi aks etgan.
Tabarruk Udumlari assotsiatsiyasi har bir yurtning o‘z udumlari bo‘lishini kitobxonga eslatadi. Bir umr sevmoq, hotamtoylik qilmoq, qilichlardan qolgan jarohat, quyoshpayvand qo‘llaring assotsiativ birliklari muallifning yurtga nisbatan munosabatini, yurt haqidagi qarashlarini ifoda etgan. Yurtga nisbatan qo‘llangan qilichlardan qolgan jarohat, bahorgi oq xayollari, quyoshpayvand qo‘llaring, Yurt ulug‘vor saf birliklari metaforik assotsiatsiyalar bo‘lib, badiiy matnda obrazlilikni, ta’sirchanlikni ta’minlashga xizmat qilgan. Bahorgi oq xayollari, quyoshpayvand qo‘llaring assotsiativ birliklarining jonlantirish san’atiga asoslanganligi yurtning shoir tasavvurida jonli obraz darajasida tiklanganligini dalillaydi. Aylanib, kezdiring assotsiativ birliklari esa insonlarning yurtni kezishi harakati bilan bog‘liq holda hosil bo‘lgan. Olgan assotsiativ birligi yurtni egallash, uni “olish” hatti-harakatiga nisbatan qo‘llangan. Omon bo‘lsa, omonmi assotsiativ birliklari yurtning holati haqida axborot tashiydi.
Ko‘rinadiki, shoirning turli she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklar yurtning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonidan ayol turtki so‘ziga nisbatan berilgan o‘ziga xos assotsiativ birliklar ham o‘rin olgan. Jumladan, ayol turtki so‘ziga nisbatan shoir she’rlarida ona bo‘lmoq (“Yor tanlash”), yolg‘iz qoldirmoq, mayus nigoh (“Ketishim shart edi...”), avratsiz, aziz (“Turg‘unlik yillari”); mukammal husningiz yog‘dusi, E’zozingiz buyuk!, Sizdagi tal’at, noziklik, sizday yasanmoq (“Ayolga maqtov”), ko‘z yoshdan ho‘l ro‘mol (“Yigitlar bir janjal boshlasa...”), ko‘ziga tikka qaray olmay (“Kommunistlar, olg‘a!”) assotsiativ birliklari berilgan bo‘lib, ayolning xarakteri, ruhiy holati, unga o‘zgalar munosabati kabilarni ochib berishga xizmat qilgan. Jumladan, ona bo‘lmoq assotsiativ birligi ayol leksemasining lug‘aviy ma’nosini ochib berishga xizmat qilgan. Avratsiz, aziz, mukammal husningiz yog‘dusi assotsiativ birliklari muallifning ayolga bergan tavsifini anglatsa, mayus nigoh, ko‘z yoshdan ho‘l ro‘mol assotsiativ birliklari ayolning ruhiy holati haqida ma’lumot beradi. Yolg‘iz qoldirmoq assotsiatsiyasi tashlab ketilgan, yolg‘izlikka mahkum etilgan ayol obrazini tasavvurimizga keltiradi. Muallifning ayolga nisbatan ifoda etgan E’zozingiz buyuk!, Sizdagi tal’at, noziklik, sizday yasanmoq assotsiatsiyalari uning ayolga bergan baho munosabatini aks ettirgan. Ko‘ziga tikka qaray olmay assotsiativ birligi ayol kishi bilan bo‘lgan munosabatda yuzaga kelgan holat haqida ma’lumot beradi.
Tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, shoir she’rlarida ayol turtki so‘ziga nisbatan berilgan assotsiativ birliklar ayol obrazini badiiy tarzda tasvirlashga xizmat qilgan.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida ona turtki so‘ziga nisbatan qo‘llangan assotsiativ birliklar ham betakrorligi bilan ajralib turadi. Shoir xotirasida ona turtki so‘ziga nisbatan assotsiativ me’yorga aylangan Yerimiz(dan) (“Eng uzun kechada”), Yer(ni) (“Fevral”), Vatan (“Ona degan so‘z”, “Bobur”), qalbi (“Go‘dak qadam bosdi...”) assotsiativ birliklari qatorida individual xarakterdagi intizor-intizor kutguvchi (“Yangi yil jomso‘zi”), bir ko‘ksini emizgan (“Xotamtoy”), Ona Sharq (“O‘xshamas...”), tarix (“Bir qadam olg‘a!”), qabri(ni) (“Shoirning umri”) assotsiativ birliklari, “Ona degan so‘z” she’rida esa ona turtki so‘ziga nisbatan Maysa, Bahor, Dunyo, Arshi a’lo kabi o‘ziga xos, o‘xshatishga asoslangan assotsiativ birliklar ifoda etilgan. Ushbu assotsiativ birliklar kitobxonga ona so‘zining mohiyatini tushunishga, bu so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini chuqur idrok etishga yordam beradi, kitobxon ko‘z o‘ngida farzandlarini intizor-intizor kutguvchi, Maysa, Bahor, Dunyo, Arshi a’loga tenglashtirilgan onalarni gavdalantiradi.
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonida umr turtki so‘ziga nisbatan berilgan umr oynasi, umri boqiy (“Umr haqida”); boqiy (“Eng so‘nggi xazina”), oqar (“Karvonlar”), asrlikda kechgan (“Yurakka”), tentib uloqqan, bir umr (“Mezon”) assotsiativ birliklari; bemaqsad (“Qadim ohanglarda”), men kechirgan (“Shu’lalardan hayratlanish”), yolqin umrlar (“Huv qora to‘nka...”), umr ishi (“Umr ishi...”), inson umri (“Emlashur...”), lahzasi (“Mayni sharaflaylik”), o‘tgan sayin (“Umr o‘tgan sayin...”), o‘tgan, qaytmas (Yangi yil jomso‘zi); keyingi (“Kitobga so‘zboshi izlab”), bergan, kechgan, Chop-chop, shosh ekan (“Odamning yoshi”) assotsiativ birliklari; uzun, kechar (“Shalola” she’riyat klubining qatnashchisiga”); hikmati (“Ikki qal’a”), daftari, bolalikning ijodi go‘yo (“Taqlid”); ko‘z orti (“Qrimda betoblanganim”) assotsiativ birliklari umrning xususiyatlari, uning vaqt bilan bog‘liqligi kabilarni aks ettirishga xizmat qilgan. Jumladan, umri boqiy, boqiy, yolqin (umrlar), oqar, asrlikda kechgan, tentib uloqqan, bemaqsad, qaytmas, kechgan, Chop-chop, shosh ekan, uzun, kechar, bolalikning ijodi go‘yo assotsiativ birliklari umrning xususiyatlarini tavsiflashga xizmat qilgan. Bir umr, lahzasi, o‘tgan sayin, o‘tgan, keyingi assotsiativ birliklari umrning vaqt bilan chegaralanganligi haqida ma’lumot beradi. Men kechirgan assotsiatsiyasi shoirning umriga ishora bo‘lsa, inson umri assotsiativ birligi umuman insonlar umrini anglatadi. Umr ishi, hikmati, daftari assotsiativ birliklari ko‘chma ma’noda qo‘llangan individual assotsiatsiyalardir. Umuman, O.Matjon she’rlarida bu kabi metaforik assotsiatsiyalar, jonlantirish san’atiga asoslangan obrazli ifodalar nihoyatda ko‘p uchraydi. Ular she’riy matnning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Masalan, umr turtki so‘ziga nisbatan berilgan Chop-chop, shosh ekan, asrlikda kechgan, tentib uloqqan assotsiativ birliklari jonlantirish san’ati asosida hosil qilingan bo‘lib, ular inson umri davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarni obrazli tasvirlashga xizmat qilgan.
Shoir she’rlari assotsiativ maydonida tabiat turtki so‘ziga nisbatan qo‘llangan assotsiativ birliklar ham ahamiyatlidir. Shoir she’rlarida bu turtki so‘zga nisbatan hosil bo‘lgan quyidagi assotsiativ birliklar uchraydi: sirdosh (“Men bulut bag‘riga sin solib boqsam...”), xayoldek hur, biz bilan bir, bir sir (“Bir oz mayus tortib...”), insonning jismu joni, bunyod etmish (“Nikoh kechasidagi jomso‘z”), yaratdi (“Yurakka”), naqsh etgan (“Bir chinor ostida”), bobo o‘ktam (“Odamning yoshi”) kabilar.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin