Qo‘qon universiteti o’qituvchisi Nazarov Behzod tomonidan – 60112700 – Mахsus pеdаgоgikа (Lоgоpеdiya) yoʻnalishi talabalarini oʻqitish uchun ishlab chiqilgan «Ingliz tili» fan dasturiga taqriz


tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturiga TAQRIZ



Yüklə 65,03 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü65,03 Kb.
#115634
1   2   3   4   5   6
Taqrizlar. MP

tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturiga
TAQRIZ

Fan dasturi jami 9 betdan iborat bo'lib, unda fanning mazmuni, fan mavzulari (ma'ruza mashg'ulotlari), amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar, ta’lim natijalari, kasbiy kompetentsiyalari, ta’lim texnologiyalari va metodlari, kreditlarni olish uchun talablar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, axborot manbalari fan uchun mas'ullar ko'rsatilgan.


Fan talabalarga amaliy rahbarlik va ko'mak berish, vaqtni boshqarish, tashkil etish va tayyorgarlik kabi yangi hayotiy ko'nikmalarga tegishlicha o'qish ko'nikmalariga katta e'tibor qaratadi, shu bilan birga universitet faoliyati davomida mustaqil bilim olishga ishonchni kuchaytiradi, ushbu ko'nikmalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tinglash va gapirish, o'qish va yozish darsliklarining har bir bo'limi oxirida maxsus o'qish qobiliyatlari vazifasi mavjud, boshqa har qanday bo'limda oxirgi sahifada talaba haqidagi ssenariyning namunasi keltirilgan va o'quvchidan ular muvaffaqiyat ko'rsatdimi yoki yaxshilanishga ehtiyoj borligini tanqidiy o'ylashni so'raydi.
Ushbu natijalarga erishish uchun mashg'ulotlarda ma’ruza, keys-stadi, tezkor savol-javob, guruhlarda ishlash, taqdimot qilish kabi shakllarda olib boriladi.
Fanning o'quv dasturi Davlat ta'lim standartlari va malaka talablari asosida tayyorlgangan bo'lib yuqori malakali kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Fanning o'quv dasturini tasdiqlashga tavsiya qilaman.
_____________________________ ______________

Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi Alixodjayev Raxmonali tomonidan – 60112700 – Maxsus pedagogika (Logopediya) yoʻnalishi talabalarini oʻqitish uchun ishlab chiqilgan «Amaliy matematika» fan dasturiga
TAQRIZ
Mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ta’lim faoliyati samaradorligini oshirish yoʻlida davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirish boʻyicha butunlay yangicha gʻoyalar, yondashuvlar, tamoyillar va yoʻnalishlarga asoslangan bosqichga qadam qoʻymoqda. Oliy pedagogik taʼlim jarayonida boʻlajak psixologlarning kasbiy mahorat va malakasini oshirib, ta’sirchanlik qobiliyatlarini shakllantirishda ularni mustaqil va yangicha siyosiy qarashga ega boʻlishi ishiga ham asosiy eʼtibor qaratiladi.
Pedagog zamon bilan hamnafas boʻlishligi, oʻzini doimiy tahlil qilib, har qanday ijobiy oʻzgarishlarni, islohotlarni, avvalo, oʻzida boshlashi, har bir talabada kasbga koʻnikma va malakasini, zamonaviy shaxsning sifatlarini shakllantira borishi zarur. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim jarayonidagi yoshlarning iqtisodiy-ijtimoiy, lingvistik, psixologik savodxonlik darajasi shaxslararo munosabatlarga oʻz ta’sirini koʻrsatmay qolmaydi, albatta. Har sohada yetakchi, salohiyatli, mas’uliyatli, inson qalbini davolovchi ruhshunos psixologlarni tayyorlashda Oliy ta’lim pedagoglarining ilmiy-metodik amaliy tayyorgarligini takomillashtiradigan fan dasturiga ehtiyoj tugʻiladi.
Mazkur fan dasturi oʻquv fanining malaka talablaridagi soʻngi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda tayyorlangan boʻlib, uning asosiy maqsad va vazifalari ta’lim sohasida zamonaviy ishchi dasturlar izchilligini doimiy ta’minlash, Oliy ta’lim tizimlarida oʻqitiladigan fanlarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, zamon talabiga javob beradigan yangicha metodika va yondashuvlardan samarali foydalanish masalalari alohida inobatga olingan.
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:

  • Matematika kursi, to‘plam tushunchasi, uning elementi, turlari, berilish usullari, to‘plamlar kesishmasi va birlashmasi, ular ustida bajariladigan amallar, moslik va munosabatlar, kombinatorika elementlari, matematik tushuncha, mulohazalar va ular ustida amallar asosiy turlari haqida bilishi;

  • predikatlar, ular ustida amallar, algebraik operatsiyalar, algoritm tushunchasi, nomanfiy butun sonlar, ayirmasi va ko‘paytmasi, sanoq sistemasi, nomanfiy butun sonlar munosabatida bo‘linish munosabatini bilishi va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

  • o‘rgangan barcha bilimlarini amaliyotga to‘g‘ri joriy qilish masalalarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

Fanni oʻqitish uchun amaliy mashgʻulotlar, ma’ruzalar, interfaol keys-stadilar, tezkor savol-javoblar, guruhlarda ishlash, taqdimot qilish, individual mustaqil topshiriqlar, forum va seminarlar singari koʻplab samarali oʻqitish metodlari hamda mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʻllanilishi nazarda tutilgan.
Yuqorida keltirib oʻtilgan ijobiy xususiyatlarni e’tiborga olib, mazkur fan dasturini ijobiy baholayman hamda ta’lim berish faoliyatida foydalanishga tavsiya qilaman.

Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O.Xursanov tomonidan – 60112700 – Mахsus pеdаgоgikа (Lоgоpеdiya)yoʻnalishi talabalarini oʻqitish uchun ishlab chiqilgan «Maxsus psixologiya» fan dasturiga
TAQRIZ


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, ta’limning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish va sohani yanada rivojlantirishga doir qarori imzolandi.
Sohada yuksak malakali kadrlar tayyorlash masalasi ham doimiy rahbariyatning e’tibori markazida boʻlib kelmoqda. Shu maʼnoda zamonaviy amaliyotchi psixologlarni tayyorlovchi pedagoglarga qoʻyiladigan kasbiy va ijtimoiy talablarni yangicha asoslarda qoʻyish zarurati yuzaga keladi. Har sohada yetakchi, salohiyatli, mas’uliyatli, inson qalbini davolovchi ruhshunos psixologlarni tayyorlashda Oliy ta’lim pedagoglarining ilmiy-metodik amaliy tayyorgarligini takomillashtiradigan fan dasturiga ehtiyoj tugʻiladi.
Bakalavriat yo'nalishining o'quv rejasida ushbu fan B26UMPIS kodi bilan belgilangan bo'lib, bu fanni 2-semestrda 6 kredit hajmida, 72 soat auditoriya va 108 soat mustaqil ta'lim shaklida jami 180 soat o'qitish rejalashtirilgan.
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:

  • Maxsus psixologiya tushunchalari va tamoyillarini chuqur tushunishini namoyish etadi; Maxsus psixologiya metodlarining mohiyatini chuqur tahlil qiladi; kasbiy faoliyatda muammolarni hal qilish uchun mos 60112700 – Mахsus pеdаgоgikа (Lоgоpеdiya)asoslari vositalarini qo‘llay biladi;

  • Kasbiy faoliyatda maxsus pedagogika, maxsus psixologiya, klinika, xususiy AKT, boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish, tarbiyavish ishlar, surdotarjimonlik, eshitish idrokini rivojlantirish, talaffuzga o‘rgatish nazariyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni namoyon etadi;

  • Kasbiy faoliyatda korreksion va inklyuziv ta’limning nazariy asoslari, korreksiya, kompensatsiya, reabillitatsiya, adaptatsiyaga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni namoyon etadi.

Fanni oʻqitish uchun amaliy mashgʻulotlar, ma’ruzalar, interfaol keys-stadilar, tezkor savol-javoblar, guruhlarda ishlash, taqdimot qilish, individual mustaqil topshiriqlar, forum va seminarlar singari koʻplab samarali oʻqitish metodlari hamda mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʻllanilishi nazarda tutilgan.
Yuqorida keltirib oʻtilgan ijobiy xususiyatlarni e’tiborga olib, mazkur fan dasturini ijobiy baholayman hamda ta’lim berish faoliyatida foydalanishga tavsiya qilaman.

Qo‘qon universitetining – 60112700 – Mахsus pеdаgоgikа (Lоgоpеdiya)ta'lim yo'nalishi talabalariga o'qitiladigan “Maxsus va inklyuziv ta’limda AKT" fani bo'yicha Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Alixodjayev Raxmonali tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturiga
TAQRIZ

Fan dasturi jami 6 betdan iborat bo'lib, unda fanning mazmuni, fan mavzulari (ma'ruza mashg'ulotlari), amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar, ta’lim natijalari, kasbiy kompetentsiyalari, ta’lim texnologiyalari va metodlari, kreditlarni olish uchun talablar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, axborot manbalari fan uchun mas'ullar ko'rsatilgan.


Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:

  • maxsus pedagogikada axborot texnologiyalarining o'rni haqida tushuncha berish; talabalarni kompyuter dasturlarining asosiy tarkibi bilan va maxsus ta'limda foydalanish imkoniyatlari va tajribasi bilan tanishtirish; kompyuter texnologiyalarini qo'llashda maqsadi, mazmuni va usullarini ochib berish; bolalarning moyilligini qo'llab-quvvatlash orqali faoliyatga turtki berish ovz bilan manipulyatsion va qidiruv faoliyatiga; an'anaviy sharoitlarda idrokini tasavvur qila olmaydigan ob'ektlarni modellashtirish; aqliy va amaliy mashg'ulotlar uchun samarali shart-sharoitlarni yaratish harakatlar; qo'shimcha yordamchi o'quv jarayonini ta'minlash vositalarini foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi lozim;

  • Kelajakdagi kasbiy faoliyatda logopediya, logopsixologiya, klinika, xususiy AKT, logopedik xizmat va texnologiyalar, inklyuziv ta’lim, tarbiyaviy ishlarga oid nazariyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;

  • Axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan hamda imkoniyati cheklangan bolalar hususiyatlariga moslashtirilgan axborot muxitini yarata oladi.

Ushbu natijalarga erishish uchun mashg'ulotlarda ma’ruza, keys-stadi, tezkor savol-javob, guruhlarda ishlash, taqdimot qilish kabi shakllarda olib boriladi.
Fanning o'quv dasturi Davlat ta'lim standartlari va malaka talablari asosida tayyorlgangan bo'lib yuqori malakali kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Fanning o'quv dasturini tasdiqlashga tavsiya qilaman.
_____________________________ ______________


Yüklə 65,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin