Qo’qon Universtiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 3-bosqich ms-4-21 guruh talabasi Sultonova Muyassarxonning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan 1- mustaqil topshirig’i



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#179239
1   2   3
tarbiyaviy ishlar metodikasi (2)

Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni. Shaxsning sotsializatsiyasi jarayonida ta'limga aksiologik yondashuv. Ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan tarbiyaviy yondashuv.
Pedagogik ta'limni munosabatlar madaniyati bilan boyitish zarur. Ta'limning tashkil etilishi va mazmunida o'quvchi va o'qituvchi o'zaro munosabatlari tamoyili asos qilib olinishi kerak. O'qituvchi tarbiyalanuvchini ma'naviy himoya qilishi, turli salbiy hodisalardan asrashi borasidagi zarur ma'iumotiarga ega bo'lish maqsadga muvofiq (maxsus usul va tarbiyaviy texnologiyalar talab etuvchi pedagogik himoyalash). Jamiyatning ma'naviy yangilanishi kasb-hunar va hayotiy yo'lini tanlash kabi ta'lim qadriyatini vujudga keltiradi. Bu yerda ta'lim haqiqiy sharoitlarida qadriyatlami taxmin qilish, asoslash va bulaming hammasini ijtimoiy kontekstda to'g'ri hal etish muhimdir. Ta'limiy qadriyatlardan yana biri - shaxsni ijtimoiylashtirish va uning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini qayta tiklab, ijodiy faoliyatini tashkil etish, shuningdek, o'quv yurti, jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlashdan iborat. Bu qadriyatlar zamonaviy shaxsni shakllantirish maqsadiga qaratilgan jarayon orqali rivojlanib, yangi ijtimoiy qadriyatlaming shakllanishida asos bo'lib xizmat qiladi. Yangi ijtimoiy qadriyatlar ta'limiy dasturlami yaratish yoki amaldagilarini takomillashtirish, xalqning boy intellektual, ma'naviy-axloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlari, fan va texnika, texnologiya va madaniyatning ilg'or yutuqlari asosida pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ikki bosqichli oliy ta'lim (bakalavriat, magistratura) o'qitish, mustaqil ta'lim olish, masofadan o'qitish tizimini individuallashtirish, ta'limning insonparvarlikka yo'nalganligini ta'minlashni ko'zda tutadi. Ta'limni rivojlantirish tizimining yangi yo'li - bu xalqning boy, o'ziga xos madaniy-tarixiy an'analariga, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va jahon pedagogika fani yutuqlariga, ma'naviy va madaniy qadriyatlariga murojaat etishdir. Zamonaviy ta'lim - bu shaxsning ijtimoiy, shuningdek, ta'limiy qadriyatlarga ongli munosabatda bo'lishi, kasbiy, ijodiy, ma'naviy-axloqiy va shaxsning jismoniy imkoniyatlarini shakllantirishga qaratilgan «innovatsion» ta'limdir. Ta'limning yangi qadriyati - «innovatsion» ta'lim quyidagi masalalami hal etadi:
• analitik qobiliyatini yuzaga keltirish; hodisalami oldindan ko'ra bilish qobiliyatini tarbiyalash; shaxsning o'z-o'zini anglab yetishi, o'z ijtimoiy-kasbiy faoliyat mohiyatini anglash; xulqi, ishonchi;
• shaxsiy ehtiyojlardan boshlab umumbashariy muammolar darajasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan, kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan muhim qarorlarini qabul qilish. Shunday qilib, ta'limiy qadriyatlaming maqsadi nafaqat erkin, balki mas'uliyatli shaxsni shakllantirishdan ham iboratdir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'limiy qadriyat sifatida fuqarolaming huquqiy madaniyatini shakllantirish, jamiyatda qonunlaming ustuvorligi g'oyalari ilgari surilgan. Yuqorida qayd etib o'tilgan fikrlarga tayangan holda ta'limiy qadriyatlami quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• global kontseptual-ta'lim qadriyatlari;
• aniq-ta'lim qadriyatlari;
• ta'limning individual-shaxsiy xarakterdagi qadriyatlari;
• innovatsion pedagogik texnologiyalar - umumbashariy (global)-kontseptual ta'limiy qadriyatlar;
• shaxsni shakllantirish;
• ta'limning demokratik va gumanitar yo'nalganligi;
• insonparvarlik, shaxs dunyoqarashini shakllantirish (2-rasm). Ta'limiy qadriyatlar o'z mohiyatiga ko'ra ma'naviy-axloqiy, kasbiy hamda ijtimoiy qadriyatlar sifatida guruhlanadi hamda umummadaniy, ma'naviy-axloqiy, estetik, intellektual va ijodiy yo'nalishga ega bo'ladi. Ta'limiy qadriyatlardan pedagogika oliy o'quv yurtlari hamda pedagoglami qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish institut (fakultet, kurs)larida ulardan foydalanish shaxs (o'qituvchi)ga jamiyatdagi o'z o'mi va mavqeini aniqlash layoqati, ijtimoiy faollik, ijtimoiy tajriba, ijtimoiy mas'uliyat, jamiyatda o'zini tutishi, shuningdek, huquqiy madaniyat kabi sifatlaming shakllanishiga imkon beradi. Ta'limiy qadriyatlar mazmunida shaxsiy-individual xususiyat- , . lar namoyon bo'ladi. Ana shu xususiyatlarga tayangan holda oliy o'quv yurtlari hamda pedagoglarni qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish tizimida ulardan o'rinli hamda maqsadga muvofiq foydalanish taqozo etiladi. Ta'limiy qadriyatlar ahamiyatlilik xususiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
• kontseptual-yo'naltirilgan;
• bazali,o'quv-rejali;
• shaxsiy qadriyatli va kasbiy-shaxsiylik;
• nazariy-pedagogik;
• nazariy-amaliy va protsessual-pedagogik, innovatsionpedagogik texnologiyalar;
• ilg'or axborot texnologiyalari;
• ta'lim jarayonida talabalarda ma'naviy-axloqiy sifatlaming tarbiyalanishiga alohida e'tibor berish;
• o'z-o'zini takomillashtirish. Ta'limning shaxsiy-ahamiyatli qadriyatlari sifatida quyidagiJar e'tirof etiladi:
• ijtimoiy-g'oyaviy, insonparvarlik, estetik dunyoqarashning shakllanishi;
• yuksak ma'naviyatga ega bo'lish;
• ijtimoiy-kommunikativ fao iii k, har tomonlama rivojlanish, umummadaniy, kasbiy, intellektual, ijodiy, ma'naviy-axloqiy, estetik, ekologik va boshqalar;
• o'z-o'zini tarbiyalash, rivojlantirish, shaxsiy, kasb-hunar YO'nalishida takomillashtirish, «Men» kontseptsiyasining shakllanishi. Ta'limning kontseptual-yo'naltirilgan qadriyatlari:
• shaxs, unmg shakllanishi va har tomonlama, to'la rivoj lanishi;
• boy dunyoqarashga ega bo'lish;
• ta'limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, uning milliy yo'nalganligi (o'ziga xos madaniy-tarixiy va ma'naviyaxloqiy an'analar, milliy va umuminsoniy g'oyalar; fan, texnika, texnologiya va madaniyat, shuningdek, milliy va jahon pedagogikasining ilg'or yutuqlari). Ta'limning bazali qadriyatlari:
• ta'limning hozirgi zamon metodologiyasi;
• milliy va umuminsoniy madaniyat;
• Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari;
• xalq pedagogikasi g'oyalari;
• milliy va jahon pedagogikasi;
• shaxsga YO'naltirilgan pedagogika fani, pedagogik jarayon psixologiyasi. Ta'limning kasbiy-shaxsiy qadriyatlari:
• ijtimoiy-shaxsiy daraja sababli-qadriyatli omil;
• pedagogik faoliyatga nisbatan emotsional munosabat (bo'lajak, hozirgi);
• kasb-hunar ta'limining shaxsiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyatga ega ko'rsatmalar: unga qiziqish, unga talab;
• pedagogik tashabbus, qat' iylik, javobgarlik, intizom;
• pedagog shaxsining o'zini qadrlash ustunliklari, uning tan olinishi. «O'quv va ijtimoiy faoliyatida individual yondashish» sharti bilan;
• individuallik, ijodkorlik layoqatiga egalik, shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati hamda hayotiy ehtiyojlari;
• biror-bir faoliyatda o'zini o'rganish, o'zini anglash, o'zini ifoda etish, kasbiy va shaxsiy faoliyatni faollashtirish, erkin fikrlash imkoniyatiga egalik;
• o'ziga baho berishda «Men» kontseptsiyasidan foydalanish. Nazariy-pedagogik qadriyatlar:
• pedagogik ta'limning yangi yo' nalishlari;
• ta'limning modifikatsiyalashtirilgan, yangilangan maqsad va vazifalari;
Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin