Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fanining asоsiy manbalari :
Milliy umuminsоniy qadriyatlar .
Islоm talimоti. O`zbеk milliy urf-оdatlari Dоnоlar bisоti.
O`zbеkistоn Rеspublikasining ramzi, madхiyasi,bayrоgi,Kоnstituttsiyasi.
O`zbеkistоn maktablaridagi ilgоr tajribalar.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning tizimi:
Milliy istiqlоl talabiga javоb bеradigan barkamоl insоnni tarbiyalashga qaratilgandir.
Barkamоllikning birinchi namunasi Vatanga muхabbat,Vatan tuygusi ,gururi va uni sajdagох sifatida ardоqlashidir.
Vatanga muхabbat zaminida insоnpavarlik tuyg`usi tarbiyalanadi.
Insоnparvarlikdan baynalmilallik va birdamlik kеlib chiqadi.
Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat hamda o‘zaro ta'sir ko‘rsatish usullaridir. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.
2. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyat an’analar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash yo’llari. Xalq an’analarining tarbiyadagi ahamiyati. Umuminsoniy tarbiyaning mezonlari. Yosh bolalarni tarbiyalash va o’qitish shartlari. Psixologik va pedagogik sharoitlar. Ta’lim tarbiyada uslub va dasturlar.
Kelajak mevasi hisoblanmish bolajonlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash azal-azaldan ota bobolarimizdan milliy meros bo’lib kelayotgan urf-odat hamda an’analarni unut bo’lib ketmasligi uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin: Umuminsoniy qadriyatlar – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va hususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixi yashash tarzi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Shunday ekan, bolalarga ta’lim berar ekanmiz, avvalo ularga o’zlarining “men”ini his qilishni o’rgatishimiz lozim. Buning uchun albatta ularni xalqimizni boshqa xalq va elatlardan ajratib turuvchi urfodatlar hamda qadriyatlari bilan tanishtirib, ushbu qadriyatlarni ongida singdirib borishimiz lozim bo’ladi. Ona tilimizga bo’lgan hurmat ana shunday muhim qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Chunki har bir millat va Davlat borki, uning o’zining milliy tarixiy til vositasi mavjud. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida ham shu asosda keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlash joiz. Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir guruhida “Kichik kutubxona”lar tashkil etilganligi ham buning yorqin misoli bo’la oladi. Ushbu kutubxonalarda asosan o’zbek xalqining og’zaki ijod namunalari asosida yaratilgan kitoblar keng o’rin egallagan. Lekin afsuski, aytish joizki ba’zi bir “o’zbek” tilida yozilgan ertaklar borki, uni bolalarga o’qib berishga ham xijolat tortadi kishi. Chunki bu kitoblarning ba’zilarida chetdan kirib kelgan so’zlar ham tez-tez uchrab tursa, yana ba’zilarida millatimizga hos bo’lgan andisha, sharmhayo kabi muhim chegaralardan biroz chetga chiqilgan. Mening fikrimcha bolalar uchun mos ertak topish maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun bugunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanmoqda. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining qanchalik kreativ ekanligi muhim ahamiyatga ega. Bugunning bolajonlari o’z tilimizda biyron so’zlashlari hamda ona tilimizga nisbatan hurmat tuyg’usini his qilishlarida nafaqat tarbiyachilar balki ota-ona, shuningdek, mahalladoshlarning ham o’rni juda katta. Aniqroq qilib aytganda bolalarni to’g’ri tarbiyalash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti-Oila-Mahalla hamkorligi asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki bola kunining 30-40% qismini maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazsa
Dostları ilə paylaş: |