Qoramolchilik



Yüklə 104,29 Kb.
səhifə6/6
tarix28.12.2021
ölçüsü104,29 Kb.
#48139
1   2   3   4   5   6
маъруза ишланмаси

Mavzu savollari

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

1

Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar yaratilishi bo‘yicha qaysi hududlarda shakllangan?










2

Britaniyada va Italiyada yaratilgan zotlar bir biridan qanday farqlanadi?










3

Marmarsimon go‘sht qanday tavsiflanadi?










4

Qozoqi oqbosh zotini kelib chiqishida qaysi zotlar ishtirok etgan ?










5

Qozoqi oqbosh zotining shakllanish yillarini bilasizmi?










6

Qozoqi oqbosh zotining belgi va xususiyatlari haqida qanaqa ma’lumotlarni bilasiz?










7

Nima uchun aberdin angus zoti deb nomlangan?










8

Aberdin angus zoti qanday biologik xususiyatlarga ega?










9

O‘zbekistonni qaysi hududlarida aberdin angus zotini urchitish qulay ?










10

Boshqa go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlaridan aberdin angus zoti nimasi bilan farqlanadi?










11

Santa gertruda zotining biologik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?










12

Santa gertruda zoti qachon va qayerda yaratilgan?










12

Santa gertruda zotining yaratilishida qanday zot va turdan foydalanilgan?










13

Santa gertruda zotining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari haqida so‘zlang










14

AQSh fermerlarining santa gertruda zoti haqidagi maqtovli so‘zlarini bilasizmi?











Mavzu: O‘zbekistonda rejali ravishda urchitilayotgan go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlari
1-masala. Go‘sht qoramolchiligi haqida umumiy tushuncha

Hozir yer sharida go‘sht yo‘nalishidagi nechta qoramol zotlari borligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Sababi ayrim olimlar suti kam zotlarni ham go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga kiritishadi, ayrimlari zotning ichidagi mintaqa tiplarini ham mustaqil zot deb atashadi va hokazo.

Professor N.I.Kravchenko dunyoda 37 ta go‘sht yo‘nalishidagi zotlar ro‘yxatini beradi, shularning ichidan 30 tasi ixtisoslashgan zotlar hisoblanadi.

a. Britaniyada yaratilgan qoramol zotlari: aberdin-angus, Shortgorn, gereford, gollovey, bifbild, devon, linkoln, dekster, longxorn, sussiks, xaylend.

b. Fransiyada yaratilgan qoramol zotlari: Sharole, limuzin, Menanju, Saler, Oq aktivan (Blond-akite).

v. Italiyada yaratilgan qoramol zotlari: Kian, markidjan, romanol, Pemont, ampuliy.

g. Sobiq MDH da yaratilgan qoramol zotlari: Qozoqi oqbosh, qalmoqi, ukraina ko‘k, qozoqi (qirg‘iz).

d. Zebu ishtirokida yaratilgan qoramol zotlari: Afrikander, Bifmaster, boran, bosmara, braman, brangus, kanshim, kattalo, sangim, santa-gertura, sharbrey (charbrey) mondolong va hokazo.

Go‘sht yo‘nalishidagi ixtisoslashgan zotlar odatda o‘ziga xos bo‘lgan oziqa va tabiiy iqlim sharoitidagi urchiydi. Masalan, qalmoqi, qozoqi oqbosh, gereford va ayrim boshqa zotlar quruq, yarim cho‘l yaylovlarda; shortgorn va aberdin-angus zotlari salqin, ko‘ko‘t ko‘p o‘sadigan yaylovlarda; gollovey zoti baland tog‘li rayonlarda; santa-gertruda nam iqlimli, qamishzor yaylovlarda yaxshi urchiydi.
2-masala. Qozoqi oqbosh zoti.
Bu zot Qozog‘iston hududida va Rossiya Federativ respublikasining Volgograd, Orenburg, Saratov viloyatlarini keskin kontinentalli iqlim sharoitida yaratilgan. Go‘shtdor qoramolchilik zotini yaratish maqsadida 1930 yillardan boshlab Qozog‘iston va Volga bo‘yi savxozlarida mahalliy qozoqi va qalmoqi qoramollar gereford zoti bilan chatishtirilgan.

Olingan duragaylar ichida (asosan 3 bo‘g‘in) talabga javob beradiganlari tanlab olinib, “o‘z ichida” urchitilgan. Qozoqi oqbosh zotini yaratish ishlari 1950 yilda tugallangan.

Bu zotni mahsuldorligini shakllanishida tanlash va juftlash, saqlash tizimi va buzoqlarni onasi ostida emizdirib o‘stirish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yoz vaqtlari qoramollar yaylovda, qishda asosan dag‘al, qisman silos va yem oziqalar bilan boqilgan. U tabiiy yaylov va kontinental iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan, issiq va sovuqqa chidamli, yaylovni yaxshi o‘zlashtiradi va tez semiradi, kuniga 25 km yo‘l bosib yaylovlarni o‘zlashtira oladi.

Zotni yaratilish tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin;

Birinchi bosqich (XX asrning 20-30 yillari). 1928-1932 yillarda Qozog‘istonga va Volgograd, Orenburg, Saratov viloyatlariga Urugvay va Buyuk Britaniya mamlakatlaridan gereford zotli qoramollarni (1240 bosh) keltirilishi va ularni mahalliy qozoqi va qirg‘iz qoramollari bilan chatishtirib birinchi bo‘g‘in duragaylar olish.

Ikkinchi bosqich (40-nchi yillar). Mahalliy qoramollarni gereford zoti bilan ishlab chiqarish tipidagi chatishtirishni davom ettirish. Duragaylar ichida talabga javob beradiganlarini tanlab “o‘z ichida” urchitish.

Uchinchi bosqich (50-nchi yillar). 1059 yilda zotni tasdiqlanishi va 1952 yilda DNK ni birinchi tomini etilishi zot standartlarini tasdiqlanishi.

To‘rtinchi bosqich (60-nchi yillar). Go‘shtdorlik bo‘yicha tanlash ishlarini davom ettirish va zotni sergo‘sht tipdagi zot sifatida shakllantirish. Kanada va Angliya mamlakatlaridan gereford zotli qoramollarni keltirish.

Beshinchi bosqich (70-nchi yillar). Zotni tez yetiluvchanligini, go‘shtini kam yog‘liligini oshirish borasida seleksiya ishlarini olib borish. Shoxsiz qoramollar tipini yaratish ustida ish olib borish.

Qozoqi oqbosh zoti tusi va tana tuzilishi bo‘yicha gereford zotiga o‘xshash. O‘rtacha kattalikda (sigirlarni yag‘rin balandligi 123-125 sm), ko‘kragi chuqur (68-70 sm) va keng (42-45 sm), kelishgan (gavda qiya uzunligi 152-156 sm), suyagi mustahkam (kaft aylanasi 18-20 sm), gavdasi keng va bochkasimon, sergo‘sht. Qishda tanasi qalin va uzun jun bilan qoplanadi. Tusi qizil, ko‘k qizil, boshi, gavdasini pastki qismi oyoqlarini uchi oq bo‘ladi.

Buzoqlari tug‘ilganda 27-30 kg, 8 oyligida (onasidan ajratish vaqtida) 220-240 kg, sigirlari 500-550 kg, buqalari 800-900 kg tosh bosadi. Ayrim sigirlari 780 kg, buqalari 1100 kg keladi. Tabiiy yaylovlarda boqilganda 1,5 yoshli bichma ho‘qizchalari kuniga 800-900 kgo‘sadi. Intensiv bo‘rdoqilanganda 1,5 yoshda 540 kg tosh bosadi.

Sigirlari yaylovda bo‘rdoqilanganda 52-58 %. Yaxshi bo‘rdoqilangan ho‘kizchalari 63-67 %, so‘yim chiqimiga ega bo‘ladi. Go‘shti shirali, marmarsimon, mayin tolali.

Sigirlarini sut mahsuldorligi 1200-1500 kg, sutini yog‘liligi 3,8-4,0 %. Zotni shakllanish davrida ayrim sigirlar laktasiya mavsumida 6600 kg sut bergan. Zotni ichida dastlabki davrda 2 ta tipi (go‘sht-sut va go‘sht) mavjud bo‘lgan. Hozir asosan go‘shtdor tipi urchitiladi.

O‘zbekistonga qozoq oqbosh zoti 1959 yilda keltirilgan. Tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarda mahalliy qoramollarni yaxshilovchi sifatida urchitiladi. Jizzax viloyatini “Sangzor” xo‘jaligi bu zotni urchitish bo‘yicha reproduktor xo‘jalik hisoblangan. Qozoqi oqbosh zotini yaratishdagi xizmatlari uchun uning mualliflari K.A.Akopyan, S.Ya.Dudin, A.V.Lanina, B.T.Musin va N.Z.Galiakberov ga Davlat mukofoti laureati unvoni berilgan.



3-masala. Aberdin – angus zoti.
Uzbekistonda urchitish uchun rejali zot hisoblanadi. Aberdin-angus zoti shimoliy-sharqiy Shotlandiyaning Aberdin va Angus grafligida sero‘t, salqin, tog‘li sharoitda yaratilgan. Zotni kelib chiqishiga ishchi yo‘nalishdagi mahalliy kech yetiluvchan shoxsiz qoramollar asos bo‘lgan.

Angliyaning boshqa zotlari qatori Aberdin-angus zotini yaratilishida ham yaqin qarindosh urchitish, go‘sht mahsuldorligiga va yaylovga moslashish qobiliyatiga qarab tanlash va juftlash ishlari olib borilgan.

Shortgorn va gereford zotlariga nisbatan aberdin-angus yosh zot hisoblanadi. Lekin tez yetiluvchanligi bo‘yicha hamma go‘sht yo‘nalishidagi zotlardan ustun turadi.


Zotning yaratilish tarixi quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich (18 asrning ikkinchi yarmi). Shotlandiyani mahalliy qora shoxsiz qoramollarini yaxshilashni boshlanishi.

Ikkinchi bosqich (19 asrni birinchi yarmi). X.Uston tomonidan 1815 yilda qarindoshlik urchitish natijasida tez yetiluvchan go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni olinishi, mahalliy qoramollarga qizil shortgorn zotini “qonini qo‘yish”.

Uchinchi bosqich (19 asrning ikkinchi yarmi). V.Mak-Kombi tomonidan qoramollarni takomillashtirilishi. 1862 yilda aberdin-angus zotini birinchi DNK ni ta’sis etilishi. AQSh va Kanadada bu qoramollarni DNK ni ta’sis etilishi.

To‘rtinchi bosqich (XX asrning birinchi yarmi). 1932 yilda sobiq MDH ga Angliyadan aberdin-angus zotini import qilinishi. 1948 yilda ikkinchi marta import qilinishi, bu zotni reproduktor xo‘jaliklarini tashkil qilish va qalmoqi zot bilan chatishtirish.

Beshinchi bosqich (XX asrni ikkinchi yarmi). 1958 va 1975 yillarda Angliyadan sobiq MDH ga aberdin-angus zotini yana import qilish va ulardan sanoat va zavod tipidagi chatishtirishda foydalanish.

Aberdin-angus zoti shoxsiz, tipik go‘sht yo‘nalishidagi zot. Tanasi bochkasimon; ko‘kragi chuqur (66-67 sm) va keng (45-46 sm), oyoqlari kalta (yag‘rin balandligi 118-120 sm); boshi yengil, ensasiga qarab torayib boradi; bo‘yni kalta va yo‘g‘on; muskullari yaxshi rivojlangan va sakrash bo‘g‘imchasi osilib tushgan. Boshqa zotlar bilan chatishtirilganda tusining qoraligi va shoxsizlik belgilari avlodlariga turg‘un o‘tadi. Boshqa go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga nisbatan rivojlanishni tez tugallaydi va yog‘ to‘playdi. Tog‘li va salqin iqlimli mintaqalarga yaxshi urchiydi. Quruq, issiq, iqlimli mintaqalarda o‘zini yomon his qiladi.

Buzoqlari tug‘ilganda 24-27 kg, 8 oyligida (onasidan ajratish davrida) 190-210 kg, sigirlari 450-550 kg, ayrimlari 650 kg, buqalari 750-950 kg tosh bosadi. Go‘sht mahsuldorligi yuqori. Go‘shtini tolasi mayin, shirali, “marmarsimon”. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan axta ho‘kizchalari 22 oyligida 618 kg tosh bosgan. Bo‘rdoqilangan qoramollarini so‘yim chiqimi 65-70 % ga teng.

Sut mahsuldorligi yuqori emas. Sigirlari laktasiyasi davomida 1500-2000 kg sut beradi. Sutini yog‘liligi 4 %.

O‘zbekistonga aberdin-angus zotli buqalar 1960 yilda keltirilgan. Ular mahalliy qoramollarni go‘sht mahsuldorligini oshirish maqsadida chatishtirilgan. Ular asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston muxtor jumhuriyati xo‘jaliklariga joylashtirilgan.

Naslchilik ishlarini yo‘nalishi konstitusiyasini mustahkamlash, bo‘yini balandligi oshirish, tirik vaznini va serpushtligini ko‘paytirishga qaratilgan.


4-masala. Santa – gertruda zoti

Santa-gertruda zoti Amerika qo‘shma shtatlari Texas shtatidagi Santa gertruda tumanida 1940 yilda yaratilgan. Mazkur zot duragay chatishtirish usulida yaratilgan zotlardan hisoblanadi. Hindistonning braman zoti bilan Angliyaning shortgorn zotini duragaylashtirishdan olingan. Olingan duragaylarning 5/8 shotgorn 3/8 braman qoni bo‘lgan eng mahsuldorlari «o‘z ichida» urchitilgan so‘ngra ularni tanlash va saralash asosida zotli mollar shakllantirilgan.

Santa-gertruda zotli mollar issiq iqlim sharoitiga yaxshi moslashganligi, hayotchanligi, qon parazitar kasalliklarga chidamliligi, yaylovlarning dag‘al ozuqalaridan samarali foydalanishligi bilan boshqa zotlardan farqlanadi.

Zotga xos belgilari: tusi to‘q qizil va qizg‘ish. Yangi tug‘ilgan buzoqlarining tirik vazni 29-30 kg, 8 oyligida 220-204 kg, sigirlarining tirik og‘irligi 550-650 kg, buqalarining tirik vazni 900-1200 kg, sigirlarining sut mahsuldorligi 1500-1800 kg, sutining yog‘dorligi 4,5-5,0 foiz. Go‘shtga parvarishlangan buqachalarning tirik vazni 15 oyligida 400-550 kg, so‘yim chiqimi 60,0-66,0 foizni tashkil etadi.

O‘zbekistonga professor U.N.Nosirov tashabbusi bilan 1967 yili 80 bosh, shu jumladan 11 bosh buqa va 69 bosh g‘unajin Jizzax viloyati (sobiq «Baxmal» davlat xo‘jaligi, keyinchalik A.Usanov nomli shirkat xo‘jaligi ) ga olib kelingan. O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari 1967-2000 yillardagi davrlarda santa-gertruda zotida naslchilik seleksiya ishlarini olib borgan.

Santa-gertruda mollari «Baxmal» xo‘jaligining tog‘ oldi tabiiy-iqlim sharoitiga yaxshi moslashib, nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini to‘liq namoyon qilgan. Sigirlarining tirik vazni 500-700 kg, buqalar tirik vazni 950-1200 kilogrammni tashkil qilgan. «Bambuk» laqabli buqaning tirik vazni 6 yoshida 1270 kilogrammga yetgan.

U.Nosirov, B.D.Li, I.Ya.Eshmatov va V.Yu.Tojiyevlarning ma’lumotlariga ko‘ra, santa-gertruda zoti sof holda va mahalliy qoramollarni chatishtirish natijasida ko‘paytirib borilgan. Zotni takomillashtirishda El-Kapitan-6050, El-Kapitan-6173, El-Charo-6199 va Kaz-2200 tizimlaridan foydalanilgan. "Baxmal" davlat xo‘jaligida zotni takomillashtirish natijasida Bariton-285, Valux-385, Vatman-401 shajaraviy tizimlari yaratilgan.

AQSh fermerlari: “bu zot yaylov o‘tlarini go‘shtga aylantirish uchun yaratilgan” deb g‘urur bilan gapiradilar. Zotni yaratilish tarixi quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich (XIX asrning birinchi yarmi) Santa-gertruda grafligida urchitilgan kichik, kech yetishuvchan Longxor qoramollarini yaxshilashni boshlanishi.

Ikkinchi bosqich (XIX asrni ikkinchi yarmi). 1875 - 1887 yillarda AQSh va Britaniyani go‘shtdor zotlarini (Shortgorn, Gereford) keltirilishi va ularni, mahalliy Longxorn qoramollari bilan chatishtirish.

Uchinchi bosqich (1910 – 1940 yillar) 1910 yilda King fermasiga Shortgorn Zebu duragay buqani keltirilishi va uni Shortgorn zotini yuqori bo‘g‘in duragaylari bilan zavod tipida chatishtirilishi 1940 yilda bu qoramollarni zot bo‘lib tasdiqlanishi.

To‘rtinchi bosqich (1940 – 1960 yillar) har yili buqalarnio‘sish tezligi bo‘yicha sinash. 1951 yilda Texasda bu zotni urchitish bo‘yicha xalqaro assosiasiyani tashkil qilinishi. Zot standartlarini tasdiqlanishi. 1966 yilda DNK ni to‘rtinchi tomini chop etilishi. Dunyoni 31 mamlakatiga bu zotli qoramollarni eksport qilish. 1956 va 1966 yillarda santa – gertruda zotini sobiq MDH ga import qilinishi.

Beshinchi bosqich (1970 yillar) o‘sish tezligi, go‘shtdorligi bo‘yicha tanlash va juftlash ishlarini olib borish, Qozog‘istonda Krasnodar o‘lkasida, Ukraina santa – gertruda zotli buqalar bilan qizil cho‘l, qozoqi oqbosh va qalmoqi zot sigirlarni sanoat tipida chatishtirish. Qozog‘istonda santa – gertruda zotini naslchilik xo‘jaligini, O‘zbekistonda “Baxmal” reproduktor xo‘jaligini tashkil qilinishi.

Bu zot MDH mamlakatlarida qizil cho‘l, qozoqi oqbosh, qalmoqi zotlar bilan sanoat tipidagi chatishtirishda, mahalliy qoramollarni go‘sht mahsuldorligini oshirish uchun qon singdirish va zavod tipidagi chatishtirishda ishlatilmoqda. Bu zot bilan naslchilik ishlarini Olmati viloyatini “Kulikovskoye”, Rostov viloyatini “Bitayskiy”, Jizzax viloyatini “Baxmal” naslchilik xo‘jaliklarida olib borilmoqda. Qozog‘istonda va O‘rta Osiyo mamlakatlarida mahalliy qoramollar bilan chatishtirilganda bu zot o‘z xususiyatlarini avlodlariga yaxshi o‘tkaza olishi aniqlangan. Buzoqni kam berishi, sun’iy vaginaga yaxshi urug‘ bermasligi bu zotning kamchiligi hisoblanadi. Naslchilik ishlarini yo‘nalishini, qoramollarni serpushtligini oshirish, zebu xususiyatlariga mos bo‘lgan belgilarni kamaytirish va go‘shtni sifatini yaxshilashga qaratish belgilangan.


Nazorat savollari

  1. Go‘shtdor qoramollarga xos xususiyatlar. Go‘shtdorlik belgilari.

  2. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar yaratilishi bo‘yicha qaysi hududlarda shakllangan?

  3. Aberdin angus zoti qanday biologik xususiyatlarga ega?

  4. O‘zbekistonni qaysi hududlarida aberdin angus zotini urchitish qulay ?

  5. Boshqa go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlaridan aberdin angus zoti nimasi bilan farqlanadi?

  6. Santa gertruda zotining biologik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?


Asosiy adabiyotlar

  1. Носиров У.Н., Носиров У.Н. Қорамолчилик. Дарслик. Тошкент, “Ўзбекистон миллий энтиклопедияси” Давлат илмий нашриёти – 2001 йил.

  2. Носиров У.Н. Чорвачиликда клаcсик ва замонавий усуллари. Ўқув қўлланма. Тошкент, ТошДАУ таҳририят-нашриёти – 2008 йил.


Xorijiy adabiyotlar


  1. Smith Thomas. “Storey's Guide to Raising Beef Cattle”. 3rd edition USA 2009 year.

  2. А.И.Ятусевич «Теоритическое и практическое обеспечение высокой продуктивность коров» часть 1. Учебные пособие. Витебск ВГАВМ. 2015 год.


Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017 yil 29 bet.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017 yil 47- bet.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017 yil 485- bet.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda



5. Аширов М.Э. Сутдор қорамоллар селекцияси. Монография. Тошкент, Наврўз – 2017 йил.
Internet saytlari

  1. www.Ziyo.net.uz

  2. www.chorvador@mail.uz

  3. www/ Я фермер.ru

  4. www.e by.com

  5. www.amazon.com




Yüklə 104,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin