Ma’ruza mashg‘uloti dokladlari mavzulari 1. Fe’l mayllari,to‘liqsiz fe’llar haqida umumiy ma’lumot
2. Fe’l mayllari
3. To‘liqsiz fe’llar haqida ma’lumot
4. Etakchi va ko‘makchi fe’llar
Fe’l mayllari,to‘liqsiz fe’llar haqida umumiy ma’lumot
Fe’l mayllari
To‘liqsiz fe’llar haqida ma’lumot
Etakchi va ko‘makchi fe’llar
Fe’l mayllari haqida ma’lumot
So‘zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi.
Fe’llarda beshta mayl bor:
1.Xabar (ijro, aniqlik) mayli
2. Buyruq - istak mayli
3.Shart mayli
4. Shatli mayli
5. Maqsad mayli
Fe’l mayllari 1. X a b a r (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo‘lib keladi.
2. B u y r u q - i s t a k maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos, orzu kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar -(a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo‘shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o‘qiy, yozgin, yozsin, o‘qiylik, boring(iz). Fe’llarning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarini olmagan shakllari ham buyruq-istak mayli shakli hisoblanadi: o‘qi, yoz, kel.
3. Shart mayli
Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va -sa qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak (Eski tilda –sar shaklida bo‘lgan).
Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o‘qishga kirsam), iltimos, maslahat (O‘sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg‘ir yog‘sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodaslaydi. Bu fe’llar edi, ekan fe’llari bilan qo‘llansa, shart mahnosiga istak ham qo‘shiladi: kelsa edi, o‘qisa ekan... 4. Sh a r t l i mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi va –(a)r –mas qo‘shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to‘liqsiz fe’lining birikishidan hosil qilinadi. Bu mayl bajarilishining biror sharti bo‘lgan, bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim. 5. M a q s a d maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo‘ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o‘tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: yozmoqchi, kelmoqchi bo‘ldim, bormoqchi bo‘lyapman, bormoqchi bo‘laman va b.