QO‘SHIMCHA “TURKIY TIL TARIXI” FANINING O‘QUV DASTURI Ta’lim yo‘nalishi:
5220700 – Sharq mumtoz filologiyasi T u z u v ch i: filologiya fanlari doktori, professor
Q. SODIQOV
KIRISH Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Sharq mumtoz
filologiyasi ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga “Turkiy til tarixi”
fani kiritilgan. Ushbu fan turkiy (o‘zbek) adabiy tilining yuzaga
kelishi va taraqqiyoti, ko‘hna turkiy bitiglarning til o‘zgachaliklari
to‘g‘risidagi yalpi bilimlarni qamraydi.
Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan murod – talabalarga o‘zbek adabiy tilining
kelib chiqishi, uning ildizlari, yuksalish bosqichlari, fonetik,
grammatik o‘lchovlarining qat’iylashuv yo‘llari, turkiy til lug‘at
boyligining ko‘lam-qamrovi, atamalarning yuzaga kelish tarixi,
yozma til uslublari va ularning o‘ziga yarasha belgilari haqida bilim
berishdir.
Bosh vazifa – o‘tmishdan qolgan turkiy manbalarni, badiiy ijod
namunalarini o‘qiy olish va ularni hozirgi o‘zbek tiliga ag‘darish
uchun yetarli bilimlarni shakllantirish, turkiy yozma yodgorliklar
ustida ilmiy ish yaratish yo‘llarini o‘rgatish hamda shu yo‘nalishda
yetuk mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning uquvi va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar “Turkiy til tarixi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
-
turkiy adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy
takomilini;
357
-
turkiy tilning leksik-semantik, fonetik, morfologik, sintaktik-
stilistik o‘lchovlari, ularning yuzaga kelish tarixi va tarixiy takomili
masalalarini
bilishi kerak; -
turkiy yozma yodgorliklar bo‘yicha tadqiqot olib borish