Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
ASOSIY QISM 
Nazariy darslar 
Kirish. “Turkiy til tarixi” fanining maqsad va vazifalari. Fanning 
o‘rganish va o‘rgatish chegaralari. Uning boshqa fanlar qatorida 
egallagan o‘rni.
Til tarixining jamiyatning ijtimoy-siyosiy, madaniyat tarixi, 
xalqning diniy-falsafiy qarashlari, qo‘shni xalqlar bilan bo‘lgan 
madaniy-siyosiy, savdo munosabatlari bilan bog‘liqligi.
Turkiy tillar tarixini o‘rganishda xizmat qiluvchi manbalar. 
Yozma yodgorliklar til tarixini o‘rganishda eng ishonchli 
manbalardir. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va ularning til tarixini 
o‘rganishdagi o‘rni. Hozirgi turkiy tillar va ularning shevalari. Joy 
otlari (toponimlar) va boshqa geografik otlar, gidronimlar, 
etnonimlar. 
Til tarixini o‘qitishning metod va usullari. 
 
Turkiy adabiy tilining yuzaga kelishi. 
Adabiy til tarixini davrlashtirish masalasi. Eng qadimgi turkiy til 
(qadimgi davrlardan melodning V asrlariga qadar. Oltoy va xun 
davri). Qadimgi turkiy adabiy til (melodiy VI–X asrlar). Eng ko‘hna 
turkiy yozma yodgorliklar tili. Uning bo‘linishlari: ko‘k turk tili 
(Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan ko‘k turk 
yozuvli urxun va yenisey, tuva, talas, farg‘ona yodgorliklarining tili); 
Uyg‘ur xoqonliqlari davrida yaratilgan ko‘k turk, uyg‘ur, moniy, 
brahma yozuvlaridagi yodgorliklar tili (“qadimgi uyg‘ur tili”). Eski 
turkiy adabiy til (XI asrdan XIV yuzyillikning boshlariga qadar). 
Uning bosqichlari: Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida 
yaratilgan yodgorliklar tili); “chig‘atoy turkiysi”; eski xorazm 
turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til); 


359
eski qipchoq tili (Misrda yozilgan grammatik asarlar, lug‘atlar 
hamda g‘arbdagi qipchoqlar yaratgan asarlar tili); eski anato‘li 
turkchasi (XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy 
til). Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrdan XX asrning boshlariga qadar). 
“Chig‘atoy turkchasi”, “chig‘atoy turkiysi” otini olgan XIII–XVI 
asrlarning adabiy tili. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asrning 
boshlaridan to shu kunga qadar amal qilayotgan adabiy til). 
O‘zbek xalqi va tilining tarixiy atalishi. 
Türk, türkî, čïğatay ulusï, 
sart, özbek
atamalari va ularning kelib chiqish tarixi. O‘zbek tili 
tarixida qo‘llanilgan 
türkčä, türk tili, türkî til; čïğatay tili; sart tili; 
özbek tili
atamalari va ularning qo‘llanilishi. Adabiy tilning atalishi. 
“Qutadg‘u bilig” asarida qayd etilgan 
buğraxan tili, xan tili
atamalari, “Hibatu-l-haqoyiq” asariga ilova qilingan Amir Arslon 
tarxon masnaviysida tilgan olingan 
kašğar tili, kašğarî til
atamasi 
to‘g‘risida. XIV–XVI asrlarning manbalarida qayd etilgan 
čïğatay 
ulusï, Čïğatay eli
hamda 
čïğatay tili
atamalarining ma’nosi.
Turkiy tilshunoslik va uning yuzaga kelish tarixi. Qadimgi turk 
xoqonliqlari (ko‘k turk va uyg‘ur xoqonliq va davlatlari) davrida 
tilshunoslik. Sharq, xususan, arab tilshunosligi asosida shakllangan 
turkiy tilshunoslik. Hozirgi zamon tilshunosligi. Uning metod va 
usullari. Adabiy tilning yuzaga kelishi, yozma uslublarning muayyan 
bir qolipda harakat kilishi, til an’analarini, uzviylikni ta’minlashda 
yozuvning o‘rni. Matn tuzish an’analarining shakllanishi. Turkiy 
yozma uslublarning kelib chiqishi va takomili. Badiiy uslub va uning 
tarixi. Monumental matnlar uslubi. Rasmiy uslub. Turkiy hujjatchilik 
tarixidan.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin