362
Eski o‘zbek tilida gap va uning muhim belgilari. Klassik
matnlarda gaplarni ajratish o‘lchovlari. Sodda gap. Gapning ifoda
maqsadiga ko‘ra turlari. Gap bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Qo‘shma gaplar va ularning turlari: bog‘lovchili va bog‘lovchisiz
bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap. Ergash gapning
bosh gapga birikish usullari.
-kim, čun
bog‘lovchili ergashgan
qo‘shma gaplar. Ko‘chirma gap. Arab va fors tillariga xos ayrim
sintaktik-grammatik formalarning turkiy matnga, turkiy gap
qurilishiga ta’siri masalasi. Eski o‘zbek tilida matn uslubi. Uning
o‘ziga xos belgilari. Gapdagi leksik, morfologik, sintaktik
munosabatlarning, gap qurilishining matn uslubiga ta’siri masalasi.
O‘zbek mumtoz she’riyati uslubi. Nasriy asarlar uslubi. Maktublar va
ularning uslubi.
O‘zbek adabiy tilining XVII–XIX asrlardagi taraqqiyoti.
Abulg‘oziy Bahodirxon, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab,
Xuvaydo, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy,
Amiriy, Jahon otin – Uvaysiy, Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li
Ogahiy, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad
o‘g‘li Furqat singari adiblarning adabiy til taraqqiyotidagi xizmatlari.
Turkiy tillar tarixi, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganish sohasida
turkshunoslik va tilshunoslik oldida turgan vazifalar.
Dostları ilə paylaş: