Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Til tarixining “Qadimgi turkiy adabiy til” bosqichi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
Til tarixining “Qadimgi turkiy adabiy til” bosqichi. 
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan etnik jarayon. Til 
va etnos. Ko‘k turk xoqonliqlari, uyg‘ur xoqonlig‘i va davlatlarida til 
vaziyati. 
Ko‘k turklarda yozuv madaniyati. Ko‘k turk yozuvi – 
bobolarimizning ulug‘ kashfiyotidir. Ko‘k turk yozuvi yodgorliklari 
– turkiy yozma adabiy tilning eng eski naunalari sifatida. To‘nyuquq, 
Yo‘llug‘ tigin singari tarixchi va adiblarning adabiy til ravnaqiga 
qo‘shgan ulushi. Yozma uslublar va ularning yuzaga kelishi. 
Uyg‘ur yozuvi va uning tarixi. Uyg‘ur yozuvi yodgorliklari – til 
tarixining manbalari sifatida. Uyg‘ur yozuvidagi qadimgi turkiy til 


360
davriga tegishli diniy-falsafiy va badiiy asarlar. Ko‘k tangri diniy 
tasavvurlari ta’sirida yaratilgan asarlar. Buddizm ta’sirida yaratilgan 
asarlar. Sanskrit, tohar, xitoy, sug‘d tillaridan qadimgi turkiy tilga 
o‘girilgan diniy-falsafiy yodgorliklar. Moniylik muhitida yaratilgan 
turkiy asarlar.
Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari. Unlilar tizimi. 
Turkiy singarmonizm – yodgorliklar tilining temir qonuni. Undoshlar 
tizimi. Fonetik hodisalar.
Morfemika. So‘zning morfem qurilishida tarixiylik. So‘z 
yasalishi. Qadimgi turkiy tilda amal qilgan so‘z yasash yo‘llari.
So‘z turkumlari. Ot va uning kategoriyalari. Ko‘plik. Egalik. 
Kelishik kategoriyasi. Unutilgan kelishik qo‘shimchalarining hozirgi 
o‘zbek tilidagi qoldiqlari. Otlarda jins. Otlarning yasalishi.
Sifat va uning muhim belgilari. Sifatlarning yasalishi.
Son. Sanoq sonlar. Sonning darajalari: birliklar, o‘nliklar, 
yuzliklar, mingliklar. Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlar. Tartib 
sonlar. Qadimgi turkiy tilda yasama sonlar.
Olmosh va uning turlari.
Fe’l va uning kategoriyalari. Fe’lning sifatdosh formalari
ularning yasalishi. Ravishdosh. Masdar alomati. Fe’lning buyruq 
shakli. Bo‘lishsizlik. Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi. Shart 
ko‘rsatkichi. Fe’l nisbatlari. O‘tgan zamon fe’li. Hozirgi zamon fe’li. 
Kelasi zamon fe’li. Fe’llarning yasalishi.
Ravish va uning turlari. Ravishlarning yasalishi. Yordamchi 
so‘zlar. Qadimgi turkiy tilda qo‘llangan bog‘lovchilar. Ko‘makchi 
so‘zlar. Yuklamalar. Qadimgi turkiy tilning sintaktik qurilishi. 
So‘z birikmasi: otli va fe’lli birikmalar. 
Sodda gap va uning turlari. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra 
turlari. Gap bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol. Gapning 
uyushiq bo‘laklari. Qo‘shma gaplar va ularning turlari: bog‘lovchili 
va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap. 
Bir necha ergash gapli qo‘shma gap. Ko‘chirma gap. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin