Qulay onlayn


 Omonatchi majburiyatlari



Yüklə 183,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix17.05.2023
ölçüsü183,44 Kb.
#115568
1   2   3   4   5   6   7
Qulay onlayn ofertasi

4.3. Omonatchi majburiyatlari: 
4.3.1. Depozit va ushbu Oferta shartlarini o'qish; 
4.3.2. Ushbu Oferta shartlariga rioya qilish; 
4.3.3.Hisobvaraqlar 
bo‘yicha operatsiyalarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchiligiga qat’iy muvofiq holda amalga oshirish; 
4.3.4. Bank talabiga binoan ushbu shartnomaga muvofiq so‘ralgan ma’lumotlar va hujjatlarni 
taqdim etish; 
4.3.5. MBX tizimining vakolatli foydalanuvchisi bo'lish va Omonatga dastlabki miqdorni 
(depozitni) kiritish uchun bank kartasi hisobvarag'ida/talab qilib olinmaguncha depozit 
hisobvarag'ida etarli miqdorda belgilangan mablag'ga ega bo'lish; 


4.3.6. hisobvaraqlarga noto‘g‘ri kiritilgan va/yoki hisobvaraqlardan chiqim qilingan mablag‘lar 
aniqlangan taqdirda, bu haqda darhol bankka xabar berish va hisobvaraqlardan tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik. 
4.3.7. hisobvaraq harakati bo‘yicha bank operatsiyalari bilan bog‘liq amaliyotlar uchun bank 
tariflarida nazarda tutilgan komissiyalarni to‘lash; 
4.3.8. Omonat pul mablag'larini MBX tizimi orqali to'g'ridan-to'g'ri Omonatchi tomonidan tasarruf 
etish huquqini beruvchi ma'lumotlarning (login, parol, PIN kodlar) maxfiyligini ta'minlash va 
ularni uchinchi shaxslarga bermaslik; 
4.3.9. o‘z login va paroliga ruxsatsiz kirish va/yoki xavfsizlik buzilishi holatlari to‘g‘risida 
Bankning Kontakt markazi/filialiga yoki MBX tizimini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat 
qilib, darhol Bankni xabardor qilish
4.3.10. o‘z manzili, familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat 
va telefon raqami, shu jumladan mobil telefoni almashtirilganligi to‘g‘risida yozma ravishda 
Bankni xabardor qilishi. 
4.4. Omonatchi huquqlari: 
4.4.1. pul mablag'larini Omonatga kiritilganidan so'ng, belgilangan tartibda Bank tasdig`ini olish; 
4.4.2. SMS-xabarlar va/yoki masofaviy bank tizimi (Bankning mobil ilovasi, shuningdek
Bankning rasmiy veb-sayti – www.tengebank.uz)da joylashtirilgan shaxsiy kabinet orqali Depozit 
operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; 
4.4.3. depozit hisobvarag‘i bo‘yicha ko‘chirmalarni belgilangan tartibda olish; 
4.4.4. Omonatni shaxsan tasarruf etish yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 
uchinchi shaxslarga omonatni tasarruf etish huquqini berish..3. depozit hisobvarag‘i bo‘yicha 
ko‘chirmalarni belgilangan tartibda olish; 
4.4.5. Omonatchining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa 
huquqlaridan foydalanish. 
4.4.6. Omonat summasi va to'langan foizlarni erkin tasarruf etish; 
4.4.7. Omonat summasini uning muddati tugagandan so‘ng, shuningdek, ushbu Ofertada 
belgilangan tartibda muddatidan oldin talab qilish. 

Yüklə 183,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin