Qurbonlikning ta’rifi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə10/31
tarix08.08.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#63050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Kasbiy amaliy imtixon savolliklari

Eslatma: Boshqa tarmoqlardagi tarmoqlar MANS va CANlar kabi LANlardan katta bo'lishi mumkin.

LAN topologiyalari


Kompyuter tarmog'i topologiyasi - LAN komponentlari uchun asosiy aloqa tuzilmasi. Tarmoq texnologiyalarini ishlab chiqadiganlar topologiyalarni ko'rib chiqishadi va ularni tushunish tarmoqlarning qanday ishlashiga qo'shimcha tushuncha beradi. Biroq, kompyuter tarmog'ining o'rtacha foydalanuvchisi ularga ko'p narsalarni bilishning hojati yo'q.
Bus, ring va yulduz topologiyalari ko'plab tarmoqli savodli odamlar tomonidan tanilgan uchta asosiy shakldir.

  1. Mahalliy tarmoqning boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi belgilari nimalardan iborat?

LANlar uchun ko'plab afzalliklar mavjud. eng aniq narsa, dasturiy ta'minot (ortiqcha litsenziyalar), fayllar va qo'shimcha qurilmalarga LANga ulangan barcha qurilmalar bilan bo'lishishi mumkin. Bu nafaqat narsalarni osonlashtiradi, balki u ko'paytmalarni sotib olish xarajatlarini kamaytiradi.
Misol uchun, korxona har bir xodim va kompyuter uchun printerni printerni barcha tarmoq orqali ulashish uchun LAN tashkil qilib, printerni faqat bitta shaxsdan bosib chiqarish, fakslarni jo'natish, hujjatlarni skanerlash va hk
Mahalliy tarmoqlar almashish muhim rol o'ynaganligi sababli, ushbu turdagi tarmoq tezroq muloqotni anglatadi. Avval internetga kirish o'rniga mahalliy tarmoq ichida qolsalar, fayllar va boshqa ma'lumotlar juda tezroq bo'lishishi bilan birga, tezroq aloqa qilish uchun nuqta-to-mail aloqasi bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu yozuvda tarmoqdagi resurslarni baham ko'rish markaziy ma'muriy boshqaruvni anglatadi, bu esa ushbu resurslarni o'zgartirish, monitoring qilish, yangilash, muammolarni bartaraf etish va ushbu resurslarni saqlashni osonlashtiradi.


Bilet №10


  1. Global tarmoq ta’rifini aytib bering.


*Dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyutеrlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq

  1. Tarmoq protokollari haqida gapirib bering.

Protokollami kommunikatsiya tarmoqlari yoki internet orqali ma’lumotlar uzatish va qabul qilishni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi qoidalar deb tushunish mumkin.
Protokollami qoilash apparatli, dasturiy yoki aralash boiishi mumkin.HTTP vaSMTP kabi amaliy daraja protokollari, shuningdek transport darajasi protokollari deyarli doimo dasturiy qoilanadi. Aksincha, maiumotlami uzatish muhiti bilan uzviy bogiangan fizik va kanal darajalari protokollari tarmoq interfeys kartasi orqali apparatli qo‘llanadi (masalan, Ethernet, Wi-Fi). Kommunikatsion modelning markazida joylashgan tarmoq darajasi ham apparatli, ham dasturiy qo‘llanishi mumkin Protokollar quyidagilaming ba’zilari bilan yoki barchasi bilan bog'liq bo‘ladi.
•Dastlab tarmoqqa bog‘lanishning boshlanishi
•Freym va qamrab olishni sinxronlash (bu-qamrov boshlanishi oxiriga qarab belgilanadi va shundan keyin qabul qiluvchiqamrov bilan sinxronlashi mumkin).
• Oqim nazorati - qabul qiluvchi to‘lib ketmasligini ta’minlaydi, linya nazorati uzatuvchi (uzatayotgan ma’lumot) yarmigacha borganda qabul qiluvchiga uzatish boshlangani haqida xabar beradi.
•Xatolik nazorati
•To'xtalish nazorati (ma’lum muddat davomida tasdiqlash qabul qilinmasa hamjarayon davom etishi mumkin).
ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.
Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy.
Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi.
Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin.
Bog‘lanish Tarmoq qurilmalarining ish faoliyatida asosiy hol protokollarni bog‘lanishidir, xususan tarmoq adapteri uchun. Amaliyotda bir tarmoq adapteriga xizmat ko‘rsatishda protokollarning turli steklaridan foydalanish imkonini beradi. Masalan, bir vaqtning o‘zida TCP/IP va IPX/SPX steklardan foydalanish mumkin bo‘ladi, agarda birinchi stek yordamida adresat bilan aloqa o‘rnatishga urinishda xatolik ro‘y bersa, avtomatik ravishda keyingi stek protokolidan foydalanishga o‘tish ro‘y beradi. Bu holatda asosiy hol bog‘lanish navbatidir, chunki u yoki boshqa protokolni turli steklardan foydalanishiga albatta ta’sir etadi.Komp’yuterga qancha tarmoq adapteri o‘rnatilishidan qat’i nazar, bog‘lanish esa birdaniga bir necha adapterga bir protokol stekini bog‘lash mumkin va aksincha bir necha steklarni bir adapterga bog‘lash mumkin.
TCP/IP
TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.
TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.
TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi.
Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.
TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.
IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.
IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha kata bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi. Net BIOS/SMB
Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. TCP/IP kabi NetBIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server Message Blick) protokollari ishlaydi. NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha komp’yuteri bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi.Komp’yuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan har biri mantiqiy nomga bog‘lanishi zarur.
Komp’yuterlarni tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir komp’yuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali tarmoqdagi har bir komp’yuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi.
Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yax-shisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qmluvchining manzili bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi».
Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas.
SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkinyu Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu protokol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. SMB protokoli universal va u har qanday transport protokoli bilan juftlikda ishlashi mumkin, masalan, TCP/IP va SPX.
HTTP. Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va bu so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi.
HTTP ilovalar bosqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko‘rilayotgan protokol transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, ya’ni TCP protokolidan.
O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokol-ning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matn li hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini beradi.
HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb – sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur.
FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi – buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin.
FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.
POP3 va SMTP
Ma’lumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan foydalanish anchadan beri oddiy pochta xizmatiga alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Elektron pochta ancha samarali va tezdir. Bu xizmatni amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Version3) va SMTP(Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga oshiriladi.
POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi pochta qutisidan elektron ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 protokoli faqat elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni jo‘natish uchun esa boshqa protokoldan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ko‘pincha bu vazifa uchun SMTP qo‘llaniladi. Aniqrog‘i u protokolning takomillashtirilgan versiyasi – ESMTP(Extended SMTP)/POP3 kabi SMTP protokoli ham amaliy bosqichda ishlaydi, shuning uchun transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani esa TCP protokoli bajaradi. Elektron ma’lumotlarni jo‘natishda ham portlardan birini ishlatishga to‘g‘ri keladi, masalan, 25-port.
IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bita pochta protokoli bo‘lib, u POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 protokolidagi hamma kamchiliklar hisobga olinib va yangi ko‘p sonli kerakli vazifalar qo‘shilgan.
SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli doimiy Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan foydalanib tashkil qilish uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli bu turdagi ulanishdan kam abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha past pog‘onada turadi.
PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu vazifalarni yaxshi bajaradi, chunki qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli o‘laroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bog‘lana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS,DHCP mahalliy tarmoqlarda ko‘p ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay oladi. PPPning ko‘p tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim o‘rnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir.
X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bog‘lanishda ishlaydi. Bu protokolni mavjud telefon tarmog‘ida foydalanish uchun loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon tarmog‘i noyob edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit bermaydi, masalan, bank tizimida va boshqalarida.
Frame Relay – yana bitta telefon tarmog‘i orqali axborotlarni uzatishga mo‘ljallangan protokol. X.25 kabi yuqori ishon chliligidan tashqari yangi qo‘shimcha imkoniyatlarga ham egadir. Uzatiladigan axborotlar video, audio formatda yoki elektron axborot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lgani sa babli uzatilayotgan axborotga qarab uzatish imkonini tanlashi mumkin.
Apple Talk protokoli Apple Computer kompaniyasining mulki bo‘lib, u Makintosh komp’yuterlari bilan aloqa o‘rnatish uchun yaratilgan. TCP/IP kabi Apple Talk ham protokollar to‘plamidan iborat bo‘lib, ulardan har biri ISO/OSI modelining har birining ishi uchun javobgardir. TCP/IP va IPX/SPX protokollaridan farqli Apple Talk protokoli jismoniy va kanal bosqichlarini o‘zi ijro etadi.



Bilet №11



  1. IP- marshrutlash protokollari haqida gapirib bering.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin