Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə2/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qurilish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH TARMOG‘INI MODERNIZATSIYA QILISH, JADAL VA INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING 2021 — 2025-YILLARGA MO‘LJALLANGAN STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilg‘or joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash;
shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasini 2021 — 2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
2025-yil oxiriga borib “Biznes yuritish” xalqaro indeksida (Doing Business Index) “qurilishga ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
2025-yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish;
2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini 2025-yilga borib respublikadagi qurilish obyektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida:
a) aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Bunda aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin