Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish


§ 4. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə8/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Qurilish

§ 4. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarbdir. Qurilish bozorining muvaffaqiyatli ishtirokchilari deyarli barcha biznes-jarayonlarni (kadrlarni tanlab olishdan tortib shartnomalarning bajarilishini nazorat qilishgacha) qamrab oluvchi raqamli axborot texnologiyalarini o‘z faoliyatiga faol joriy etmoqda. To‘ldirilgan reallik texnologiyalari, ashyolar interneti, 3D-printing, generativ dizayn, mashina ta’limi, bino va inshootlarni uch o‘lchamli taqdim etishga asoslangan texnologiyalar hamda insonlarga qaror qabul qilishni osonlashtiruvchi boshqa ko‘plab texnologiyalar tobora ommalashib bormoqda.
Davlatning shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish sohasidagi asosiy e’tibori quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
shaharsozlik tartib-taomillarini raqamli formatda (elektron shakl va ko‘rinishda) amalga oshirish;
shaharsozlik faoliyati hujjatlarining elektron shaklda saqlanishini ta’minlash;
shaharsozlik faoliyati jarayonlari haqida avtomatik tarzda to‘planadigan statistik axborotni yig‘ish va tahlil qilish;
qurilish obyektlari hayotiy davrining barcha bosqichlarida ularni axborot modellashtirish texnologiyasini joriy etish.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) qurilish obyektlarini to‘laqonli monitoring qilish, qurilish ishlari sifatini kompleks ravishda nazorat qilish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilish sohasidagi xarid tartib-taomillarining shaffofligi va samaradorligi, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining reyting tizimini rivojlantirishni ta’minlovchi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining joriy etilgan elektron platformalari respublikaning barcha mintaqalarida ishlash qamroviga erishish;
2) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalari va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Geoportal) idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish;
3) Geoportal ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining (hududlarning bosh rejalari va hududni arxitektura-rejalashtirish yuzasidan tashkillashtirish) to‘liq kiritilishini ta’minlash;
4) jamoatchilik va investorlarning qurilish sohasidagi normativ hujjatlardan ochiq foydalanishini ta’minlash uchun Texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ilmiy-texnik kutubxonasi negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” ommaviy elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;
5) fuqarolarga qurilayotgan obyektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish;
6) internet-resurslarga keng polosali kirishni to‘liq qamrab olish, zamonaviy IT-texnologiyalar bilan ta’minlash, zamonaviy server va kompyuter asbob-uskunalari va nusxa ko‘chiruvchi texnika bilan jihozlash yo‘li bilan Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
7) shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformalari va Geoportaldan foydalanish ko‘nikmalari va bilimlarini rivojlantirish maqsadida ularni ushbu dasturiy mahsulotlardan foydalanishga o‘qitish;
8) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformalari va Geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
9) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining kichik tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalari funksionalini bosqichma-bosqich kengaytirish, shuningdek, davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining mavjud sonini aniqlashtirib borgan holda Geoportalni tizimli modernizatsiya qilish va yangilash, zarur bo‘lganda qo‘shimcha kichik tizimlar va elektron ma’lumotlar bazalarini kiritish;
10) qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini ma’lumotlar bazasiga kiritgan holda muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini yaratish va yuritish;
11) qurilish sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishni davom ettirish;
12) joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash.

Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin