Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish


§ 5. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə9/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Qurilish

§ 5. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish “aqlli” shahar qurilishining asosiy poydevori hisoblanadi. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishda zamonaviy va innovatsion uslublarni qo‘llashning samaradorligi xalqaro e’tirof darajasini, yangi iste’dodlar paydo bo‘lishining natijadorligini oshirish, mutaxassislarning arxitektura va qurilishga oid dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, raqobatbardosh ilmiy ishlanmalarga mualliflik huquqlarini faollashtirish imkonini beradi.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) mintaqalarda joylashgan arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;
2) arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlarida kouchinglar va turli maxsus ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borishni amaliyotga kiritish;
3) iste’dodli yoshlarni arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga, shu jumladan yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan jalb etishni rag‘batlantirish tizimini yaratish;
4) moslashtirish markazlarini rivojlantirish hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilish, qurilish tarmog‘i ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma va texnologik yechimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish orqali ilm-fan va real sektorning o‘zaro samarali aloqasi mexanizmlarini shakllantirish;
5) arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini ularning filiallarini ochish, tajriba almashish, xorijiy arxitektorlar va muhandislarni mahalliy ta’lim muassasalarida o‘qitishga jalb qilish, tarmoq uchun talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’lim faoliyatini amalga oshirishga jalb qilish;
6) mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash uchun o‘qitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qo‘llash, arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish;
7) ishlab chiqarish ta’limining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni jalb qilish, ta’lim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish asosida qisqa muddatli kurslar doirasida mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni kengaytirish, shuningdek, Yagona milliy mehnat tizimiga maxsus sertifikatlarni aniqlab olish va monitoring qilish tizimini joriy qilish;
8) eksperimental loyihalashtirish va qurilish tizimini tiklash, ilmiy, ilmiy-texnologik va innovatsion faoliyat, shu jumladan tadqiqot, muhandislik-ishlab chiqarish konsorsiumlari, rivojlanishning klaster turlarini tashkil etishning tarmoq shakllarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
9) arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlari o‘qituvchilarining malakasini muntazam ravishda oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda eng tajribali xodimlar orasidan o‘qituvchilarni tanlab olishda kompleks yondashuv va samaradorlikni ta’minlash;
10) qurilish sohasidagi rivojlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini tayyorlash, shuningdek, arxitektura va qurilish sohasidagi kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun ilg‘or xorijiy adabiyotlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishini ta’minlash;
11) 2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, shuningdek, uning milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni ta’minlash;
12) arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv hamda amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish;
13) o‘zaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishi;
14) arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy jurnallar reytingini oshirish choralarini ko‘rish;
15) qonun hujjatlaridagi yangiliklarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun o‘quv dasturlarini tizimli asosda yaratish va yangilash;
16) qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish. Ushbu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va xorijiy donorlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
17) arxitektura va qurilish organlari va muassasalari tizimida HR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini ishlab chiqqan holda Qurilish vazirligining ijobiy imijini yaratish;
18) malakali kadrlarni qurilish organlari va muassasalari tizimiga jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) qo‘llash;
19) xodimlarni baholash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish:
Qurilish vazirligi tizimida KPI tizimini joriy etish;
xodimlarni rag‘batlantirishning yangi uslublarini (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi, idoraviy rag‘batlantirish dasturlari va boshqalar) joriy etish;
20) Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens tizimini samarali joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
21) tarmoqni rivojlantirish istiqbollarining modellarini qurish imkonini beruvchi aniq maqsadga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish maqsadida asosan avtomatik rejimda faoliyatning ishonchli asosiy parametrlariga muvofiq to‘planadigan, asosiy vazifalari “shaharsozlik faoliyatining ishonchli statistikasi”ni qurish hisoblangan axborot-tahliliy markazini davlat-xususiy sheriklik tamoyillarida ochish orqali tahlil va statistik hisobot tizimini isloh qilish.

Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin