Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish


I bosqich — fuqarolarni jamoat muhokamasini o‘tkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish; II bosqich



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə3/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qurilish

I bosqich — fuqarolarni jamoat muhokamasini o‘tkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish;
II bosqich — aholi punkti bosh rejasining loyihasi bo‘yicha jamoat muhokamalarini (yashovchilar, yerdan foydalanuvchilar va ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining muhokamalari, ijtimoiy so‘rovlari, fikrlarini to‘plash va boshqa usullar) o‘tkazish;
III bosqich — jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat fikrini tahlil qilish;
IV bosqich — jamoat muhokamasi natijalari haqida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan internet tarmog‘i orqali aholini xabardor qilish;
b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi;
v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi bo‘lgan jamoat nazorati subyektlarining tashabbusiga ko‘ra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga o‘zgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;
g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda obyektning Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarga, asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bundan mustasno, mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish);
o‘zgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) ko‘paytirish taqiqlanadi;
v) loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga texnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish bo‘yicha ishlar (tovarlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini, keyinchalik ular to‘g‘risidagi axborotni shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay davlat xaridlari maxsus axborot portalida joylashtirgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin