tizimli qisqarishi va nazorat qilish hamda mahsulot hayotining oxiriga qadar xom ashyo
sifatida foydalanishdan sanoat jarayonlarining zanjiri bo‘ylab ifloslanishning oldini olish
ekologik toza ishlab chiqarishdir. Ekologik samaradorlik ishlab chiqarish kompaniyalarini
tovar va xizmatlarga material va energiyani ishlatishni kamaytirishga, zaharli chiqindilarni
kamaytirishga, materiallarni qayta ishlab chiqarish xususiyatiga ega qilib chiqarishga,
materiallarning
muvozanatli
ishlatishni
ko‘paytirishga, mahsulotning chidamligini
ko‘paytirishga hamda xizmat ko‘rsatish qizg‘inligini oshirishga chaqiradi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (Organization for Economic Cooperation
and Development (OECD)ga kiradigan davlatlar, bu degani asosiy sanoatlashtirilgan
davlatlarda sun’iy atrof-muhitni qurish va ishlatish barcha iqtisodiyot sohalaridan material va
energiya manbalarining ishlatilishi eng katta hajmini tashkil etib, tabiiy tizimli modellarni
ishlatishdan eng katta foyda olishi mumkin demakdir.
Har ikkala bo‘g‘im (segment)da yangi binolarni tashkil etadigan qurilish materiallarini
ishlab chiqarilishini va hozirgi mavjud binolarni buzib, qurilish materiallarini yangi va qayta
loyihalashtirilayotgan binolarda qo‘llanilishini, qanday qilib sanoat muvozanatlikga erishishini
tushuntiradigan qurilish sanoati yaxshi xizmat qilishi mumkinligini sanoat ekologiyasi ichidagi
qurilish ekologiyasi aniqlaydi. Boshqa sanoat tizimlari kabi qurilishda o‘tkazish qobiliyatini
aniqlash yo‘li orqali, ya’ni “metabolizm”ni aniqlash bilan yordam ko‘satiladi. Ta’kidlangan
ma’lumotda, ikkita tabiiy tizim va rivojlanayotgan sanoat ekologiyasidan olingan
ma’lumotlarni ichiga olish uchun avvalo olingan materiallarning davrlarini, ammo keng
miqyosda hududiy energetik va material oqimlarining qurilish sanoatidagi imkoniyati ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, uning tabiiy atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini o‘rganadi. Ko‘pincha
munosabatlarda qurilish sanoati boshqa sanoat tarmoqlaridan farqlanmaydi. Biroq shunga
qaramay yetarlicha farqlar mavjud bo‘lib, ularning uzoq hayotiy davri va materiallarning
xilma-xilligi alohida e’tiborni talab qiladi. Shunday qilib, ekologiyani bu sohasiga qo‘llash va
uning metabolizmini tushunish harakatlari boshqa sanoat tarmoqlariga tutashmagan noyob
muammolarga olib keladi.
Bugungi taraqqiyot davrida ekologiya va qurilish industriyasining to‘qnashuvi yangi
ilmiy yo‘nalish “qurilish ekologiyasi”ning shakllanishiga asos bo‘ldi.
Qurilish ekologiyasining paydo bo‘lishi ekologiya fanining yangi qirrasi bir tomondan qurilish faoliyati atrof-muhit ifloslanishining eng yirik manbasi va sayyoraning qayta
tiklanmaydigan resurslarini sezilarli iste’molchisi sifatida qolayotgani davom etayotgan bo‘lsa,
boshqa tomondan esa ekologik krizisdan chiqish va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari kabi qurilish
tarmog‘iga o‘tish barqaror rivojlanish yo‘lining keskin zaruriyatini yuzaga keltirdi.