Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Qurilish jarayonini tashkil etish talablari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə50/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Qurilish jarayonini tashkil etish talablari quyidagilardan iborat:
7

Urbonizatsiya – jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni.




60



yonma-yon – qurilish jarayonida ishtirok etadigan barcha omillarning bir vaqtning 
o‘zida bo‘lishi;


tejash – qurilish jarayonida kerak bo‘lmagan harakatlarni va usullarni qisqartirish. 
Masalan: ishchilar soni, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.;


uzluksizlik – qurilish jarayoni ishtirokchilarining vaqt bo‘yicha uzluksiz tartibda o‘z 
vazifasini bajarishi bilan baholanadi. Buni ta’minlashni ish unumdorligining oshishiga olib
keladi;

rejalashtirmoq va ogohlantirmoq – bunda asosiy va qo‘shimcha ishlarni qat’iy
tartibini va vaqtini belgilaydi; 


ishchi va uning harakatlanishiga qulay holat – bu mehnat fiziologiyasi
qonuniyatlariga asoslanadi; 


ishchining bajaradigan ishiga muvofiq kelishi – bu ishchining ruhiy, malakaviy,
kasbiy bilimlari bo‘yicha bajaradigan ish tabiatiga mos kelishidir. Amaliyotda kasbiga mehr 
qo‘yish degan ibora ishlatiladi. U ayni yuqoridagi talabdan kelib chiqib qo‘llaniladigan
tushuncha; 


mehnat tezligining eng qulayligi – bu birlik bajariladigan ishga eng kam aqliy va
jismoniy energiya sarfini ishlatish bilan erishiladi, mahsulot yetishtiradi va sh.k.


Qurilishga maydon tanlash bo‘yicha quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:
tabiiy (topografik, geologik, iqlim) sharoit; 

transport sharoiti; 


ishlab chiqarish bilan asosiy va texnologik bog‘lanish; 

qurilish uchun yaroqli yer maydoni tanlanishi; 


qurilish maydonining baland-pastliklari, geologik va gidrologik (grunt, sizot 

suvlarining mavjudligi, ehtimoliy suv bosishi, suv toshqini, yer ko‘chishlar) suv va energiya


ta’minoti; 
qurilish maydonini magistral transport yo‘llari bilan bog‘lovchi yo‘llar mavjudligi; 

qurilishi mumkin bo‘lgan binoning rivojlanishi va istiqboli. 


Qurilish maydoni uchun yer ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Oldindan
ob’ektning joylashishi va mo‘ljallangan o‘lchamlar asosida maydon kelishish uchun 
belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, bu loyiha qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Undan so‘ng tasdiqlangan loyiha asosida qurilish boshlanishidan oldin yer 
maydonlarini ajratish to‘g‘risida yakuniy qaror rasmiylashtiriladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin