qurilishdan oldin xodimlarni texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib chiqish;
62
muxandislik kommunikatsiya va texnika xavfsizligini ta’minlash;
ishchi xodimlar uchun ovqatlanish joyi (oshxona) mavjudligi va Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazi talablariga to‘liq javob berishi;
ishchi xodimlarning ishdan so‘ng yuvinish xonasining, kiyim almashtirish xonasining
mavjudligi va talablarga javob berishi;
qurilish maydonidagi avtotransport va ularning rezina kamerali g‘ildiraklarini
yuvadigan maxsus joylar bo‘lishi;
qurilish maydoniga voyaga yetmagan fuqarolarning va tegishli guvohnomasi
bo‘lmagan begona mashinalarning kiritilmasligi hamda buning nazorat qilinishi;
favqulotta vaziyatlar uchun kerakli miqdordagi dori-darmon qutilarining mavjudligi.
Qurilish jarayonida suv sarfi haqida tushuncha. Qurilish
sohasida suvlar asosan
gidrotexnika inshootlari majmualari, suv yo‘llari, kanallar orqali amalga oshiriladi
8
.
Qurilishda suv sarfi deb, qurilish jarayoni davrida suv yo‘lidan o‘tib turadigan suv sarfi
tushuniladi. Qurilish suv sarfini o‘tkazish choralarini belgilashga bir qancha omillar ta’sir etadi.
Jumladan, joyning gidro
geologik, geologik, litologik sharoitlar,
daryo suvidan kompleks
foydalanish, inshoot materiali,
qurilish muddati, inshootlar joylashtirilishi,
inshoot turlari va
ularning joylashish sathlari, suv bosimi.
Dostları ilə paylaş: