ishga tushiriladigan komplekslar.
61
chunki bunda loyihalash ishlarining qiymati ma’lum darajada kamayadi. Bu umumiy qurilish
ishlarida taxminan 90-95 % tashkil etadi.
Loyihalashning umumiy qoidalari bo‘yicha aholi yashash joyi quyidagi funksional
zonalarga bo‘linadi: sel olish, sanoat-kommunal, tashqi transport.
Ob’ekt yoki muxandislik inshooti joylashgan hudud to‘g‘risidagi ma’lumotlarda
quyidagilar aks ettirilishi lozim:
1.
Ob’ekt yoki inshoot to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
ob’ekt inshootining maydoni,
balandligi, chuqurligi, qismlari,
qurilish muddatlari,
faoliyati, mahsuloti, xom-ashyolari. Masalan, ob’ekt foydali qazilma koni bo‘ladigan bo‘lsa
quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: foydali qazilma turlari,
zaxirasi, maydoni chuqurligi,
qazib olish usullari (ochiq, yopiq);
chiqindilar hajmi va ular egallaydigan maydon, yordamchi inshootlarning joylashishi,
shaxtaning yillik quvvati (mln.tonna);
shaxtaning ishlash muddati.
2. Tabiiy geografik ma’lumotlar.
ob’ekt yoki muxandislik inshooti hududining geografik joylashishi;
hududning geologik tuzilishi, ya’ni mazkur joyda tarqalgan tog‘ jinslari;
hudud yer yuzasining tuzilishi, asosiy past-balandligi (relef)
shakllarining
joylashishi;
er osti suvlari, ularning sathi va ularning sho‘rligi;
er yuza suvlari (daryo, ko‘l, botqoq va sh.k.), ularning suv sarfi, me’yori,
minerallashish darajasi, hududning iqlimi, hududda tarqalgan asosiy tuproq qatlamlari, ularning
sho‘rlanish darajasi;
o‘simlik qoplami va ularning turlari, hayvonot dunyosi, asosiy landshaft turlari.
3. Iqtisodiy geografik ma’lumotlar.
ob’ekt yoki muxandislik inshooti hududining iqtisodiy joylashishi, ya’ni
yirik
transport yo‘llariga yaqin yoki uzoqligi;
hudud aholisining soni, joylashishi;
hududning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi;
hududda joylashgan sanoat korxonalari;
hududiy qishloq xo‘jaligi, asosiy dehqoncholik ekinlari, yaylovlar, hudud transport,
yoqilg‘i hamda elektr energiya, suv ta’minoti.
4.
Ekologik muammolar.
tabiiy muhitning ifloslanishiga ta’sir etadigan omillar;
tabiiy omillar (shamol, surilma, zilzila, sel, suv toshqinlari va h.k.), sun’iy omillar
(zavod, fabrika, kommunal xo‘jalik korxonalari, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan o‘g‘it,
pestitsidlar va sh.k.);
atmosferaga chiqariladigan chiqindilar;
suvning ifloslanish darajasi;
tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosining o‘zgarishi;
aholi salomatligi, keng tarqalgan kasalliklar va ularning sabablari.
Dostları ilə paylaş: