Qurilish ekologiyasi ” fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə58/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Havoning bosimi. Havoning bosimi materiallarning yopiq tuzilmadagi g‘ovaklari
ichidagi kuchlanish va hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, g‘ovak oyna va har xil plastik 
himoyalovchi materiallar. Shuningdek, havoning bosimi germetikli (zich berkitilgan) derazaga
ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘lchamlarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi va haroratning o‘zgarishida 
xuddi shunday ta’sir bo‘ladi.

Havoning namligi. Namlikning o‘zgarishi materiallarning kuchlanishi va hajmining
o‘zgarishiga hamda yomonlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘tarilib ketgan namlik materiallarning 
yeyilishini oshiradi. Havo namligining tarkibi doimiy bo‘lgan binolarda faqatgina musiqaviy
asboblar, fortepiano va g‘ijjak ishlab chiqarish mumkin. Xuddi shunday sharoit boshqa interer 
materiallar, ya’ni pardoz qoplama materiallarni yeyilishini kamaytirish va tozalanishini
yaxshilash uchun ham qo‘llanilishi zarur. Namlikning nisbatan 30-70% ko‘tarilishi bilan 
yog‘och qipiqli plitadan karbamid asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki
marta oshadi. 


Shamol va yomg‘ir. Qachonki shamol va yomg‘ir bir vaqtda birgalikda kelishi eng
yomon hisoblanadi. Bunday holat qurilish materiallarida namlikning yo‘nalishini majburlaydi 
va yomonlashish jarayonini boshlaydi. Kuchli shamol materiallarda bosimni keltiradi, hatto
materiallarning buzilishi yoki keskin susayishiga olib kelishi mumkin. Shamol qumlar bilan 
birikishida ba’zi bir qurilish materiallarining buzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qorning og‘irligi ham
qurilish materiallarining tuzilmasini buzishi mumkin. 


Kimyoviy moddalar. Qirg‘oq bo‘yidagi tuzning miqdori havoda metallar,
plastmassalar va ba’zi bir foydali qazilmalarning chirishini keltirib chiqarishi mumkin. 
Sanoatlashgan va binolar qurilgan hududlarda hamda yo‘llar bo‘yida yemiruvchi gazlar
(dioksid seriy va b.q.) ko‘pdan-ko‘p har xil qurilish materiallarini buzishi mumkin. O‘rab 
olingan yemiruvchan muhitda kalsiy tarkibining buzilishi betonga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday holat ba’zi bir qurilish materiallarida ham sodir bo‘ladi. Tabiiy tosh – zamonaviy 
ifloslanishdan
ko‘pchilik qadimiy yodgorliklar va madaniy meros ob’ektlarini 
yomonlashayotganini tasdiqlaydi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin