martadan ortiq ko‘payib ketdi. Agar biz XXI asr o‘rtalarigacha bu sonni 11 mlrd. ga yetadi deb
ecology: nature as the basis for green buildings. London and New York - p. 269-283.
72
ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Birgina AQShning o‘zida olsak, CO
2
chiqindi gazining 35%
binolardan chiqadi.
Ko‘pchilik zamonaviy jamiyatning o‘ylamay qilayotgan harakatidan ogohlantirmoqda.
Reychl Karson (Rachel Carson’s) “Sokin Bahor” (Silent Spring, 1962 yil), Paul Exrlixs (Paul
Ehrlich’s) “O‘sish sur’atining portlashi” (The Population Bomb, 1968 yil) kitoblarida va Dunyo
kuzatuv davlat instituti tomonidan muammolar va tendensiyalar haqida axborotlar berildi, ya’ni
dunyo davlatlari yillik bayonotida ko‘pchilik e’tibor bermagan yoki mo‘jizaviy ravishda
texnologik innovatsiyalar bilan o‘z yechimini topishini xohlagan ko‘plab muammolar va
og‘ishlar ayovsizlarcha ochib tashlandi. Agar bu muammolarning qanchalik jiddiy ekani his
qilinib anglab yetilganda va bu muammolar nafaqat shaxsiy balki ko‘pchilik bo‘lib, hal etilishi
lozim ekanligi tushunilganda edi, o‘shanda inson shaxsiy hamda professional hayotida atrof-
muhitga nisbatan vijdonan harakat qilgan bo‘lar edi.
Binoni tashkil etuvchilarining hayotiy
davri – uning materiallari, bino turgan yer maydoni, nima maqsadda loyihalanganligiga qarab,
mahalliy harorat, yog‘ingarchilik, quyosh, shamol, tashqi muhitning insoniy munosabati,
o‘zgarishlarga moslashish va o‘zining funksional hayoti oxirida saqlanib qolinishi yoki uning
butunligicha yoki ayrim qismlari qayta ishlanishining barchasi shubhasiz – quruvchilar,
loyihalovchilar, rivojlantiruvchilar (obod qiluvchilar) va ushbu bino egalarining qo‘lidadir.
Shu kabi xususiyatlarga qaramasdan binolar qurilishi davom etmoqda, go‘yoki ular
uchun talab etiladigan materiallarni, chiqindilarni va ifloslanishini ta’minlaydigan resurslar
cheksizdek. Shahar atrofi posyolkalarini yaratishda foydali o‘rmonlarni va qishloq xo‘jaligi
yerlarini tekislab, yo‘q qilish davom etmoqda va ularning o‘rniga tuproqni jonsiz holga solib
qo‘yuvchi sun’iy landshaftlar barpo qilinmoqda. O‘ta ketgan yomon bir misollardan biri – bu
bahona tariqasida “e’tibor” deb atalmoqda, ammo ko‘plab e’tibor jamoatchilikning sifatli hayot
tarzi uchun nochor yerlarni ta’siriga qaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: