Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Joy shakllanishining oqimi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə64/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Joy shakllanishining oqimi. Arxitektorlar Sim Van der Ryn va Kovan (Cowan) 1996
yilda joy shakllanishining oqimi haqidagi quyidagi fikrlarni bildirishadi.


Dizayn – materiya, energiya va jarayonlarni shakllantirish orqali xohish yoki talabni
qoniqtirishda aniqlanishi mumkin. Bu xalqa materiallar, energiya oqimlari, yerni foydalanish 
usullari almashinuvi yo‘li orqali tabiatni va madaniyatni birlashtiradi. Ko‘pgina hollarda
ekologik krizis – bu dizayn krizisi hisoblanadi. Bu narsalarni qanday yaratilgani, binolar 
qanday qurilgani va landshaftlar qanday ishlatilgani natijasining oqibatidir.
Tabiatning dono bezagi va insonning sog‘lom fikrli qobiliyati dizayn haqidagi bilimlarni 
kengaytirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lum bir joydagi rivojlangan moslashuv
mexanizmi, o‘simlik va hayvonot jamoalari jamiyatni qanday qurish kerakligi to‘g‘risida 
barcha ma’lumotlarni sezdirmay aytib turadi. “Tabiat – bu faqatgina ishlatilishi kerak 

bo‘lgan manbalar ombori bo‘libgina qolmay, u insonlarni dizayn bo‘yicha duch kelishi 

mumkin bo‘lgan barcha masalalar yechimi modelidir”.
Barcha tirik mavjudodlar atrof-muhit sharoitlariga o‘zlarining faol hayotini moslashishi 
bo‘yicha maxsus strategiyalardan foydalanadilar. Ular tadrijiy ravishda joylashib, o‘zlari
yashaydigan hududda shakllanishadi va mavjudodlarga xos bo‘lgan modda va energiya 
almashishadi. Masalan, cho‘ldagi o‘simliklar va hayvonlar havo haroratining keskin oshishiga,
quyosh nuri va namlikka moslashish uchun maxsus strategiyalarni o‘zlarida rivojlantiradi. 
Palos verde (sambittol) daraxtining yashil mum tanasi, shoxlari va burama barglari har bir
ochiq joydan foydalanib, quyosh nuridan energiya olish uchun o‘z yuzasini moslashtiradi, 
ammo bundan u namlikni yo‘qotadi. Ko‘p uchraydigan kaliforniya qoradumli quyoni o‘zining
rivojlangan uzun quloqlari yordamida nafaqat go‘shtxo‘r dushmanlarini aniqlashda 
foydalanadi, balki o‘z badanidagi ortiqcha issiqlikni atrof-muhitga tarqatib, issiqlik
muvozanatini saqlab turishda yordam beradi. Ushbu mavjudodlardan bu belgilarni olgan holda, 
cho‘lning ekologik loyihalangan tuzilmasini o‘xshash moslashishga qo‘llash mumkin, ya’ni
binoning tashqi yuzasidan quyosh nurini elektr tokiga aylantirishda yoki isitish radiatorlari va 
sovitish minoralarini binoning muxandislik kommunikatsiya tizimlari bilan integratsiyalashda
foydalanish mumkin. Dizayn uchun bu g‘oyani xuddi tabiat bajarganidek, ya’ni har bir qism 
uchun ko‘plab funsiyalarni topib, tizimga eng qulay sharoitni yaratishdir.
Insonlar ham ekologik moslashuvga maxsus moslashuv strategiyalari bilan javob 
qaytaradi. Inson umuman olganda oz muddat bo‘lsada yashab qola oladi, ammo yerdagi keskin
muhitda insonga faqat oddiy bo‘lib qolgan kiyim, boshpana va olov zarur bo‘ladi. Shunga 
qaramay, inson rivojlangan jamiyat mavjudodi sifatida, unga doimiy katta tuzilma kerak
bo‘ladi. Bu tuzilmalar ekologik omillar tufayli hosil bo‘lgan keskinliklarni kamaytirishga 
yo‘naltirilgan doimiy harakatdagi jarayonlar orqali rivojlantiriladi. Xuddi biologik rivojlanish
kabi bu moslashuv jarayoni kichik masshtabda ildamlik bilan harakatlanayotgan shamolning, 
quyosh nurining energiyasi va yog‘irgarchiliklarning jo‘shqin oqimlarida vujudga keladi. Har
bir moslashuv qadami mavjud materiallar va texnologiya bilan bog‘liq holda ajralib turadi va 
aniq maqsadga yo‘naltirilgan usulda bo‘ladi.


70
Vaqt davomida, shakl inson maqsadlari va madaniy muhit bilan birlashib ketadi. 


Shaklning xuddi suvdagi tosh kabi tabiatga birlashib ketishi inson faoliyati, madaniy rivojlanish
va ekologik kuchlar oqimlari ta’sirida shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan binolarning shakli, 
joyning va madaniyatning maqsadidan ajratib bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi.
Energiyani aylantirish hamma vaqt ham qimmat turgan. Binoning shakli va yuzasini 
qayta ishlash, taqqoslash, mo‘ljalga olish, qurilish turgan joy bilan bog‘liq texnik taklifning
strategiyasini ishlab chiqishda atrof-muhitga moslashish, shinamlik va funsional eng qulay 
sharoit yaratish har doim ustun vosita bo‘lgan. Misol uchun, AQShning janubiy-g‘arbdagi
cho‘lida Puyeblo aholisi uchun atrof-muhit ta’sirlarini kamaytirishda katta tosh va daraxtzorli 
yer tashkil etilgan bo‘lib, unda foydali quyosh nurlari va shamol oqimlari ta’siridan eng maqbul
ravishda foydalanadigan qishloq qurilgan.
Sanoat va texnologiyalar tufayli yaratilgan, yoqilg‘i talab qiladigan mashinalar
yordamida ishlab chiqarilgan issiqlik va yorug‘lik binolarning dizaynida asos bo‘lib, ularni 
qayta shakllantirdi. Binolarni qurishda quyosh nuri, shamol va yorug‘lik an’anaviy ravishda
binoning shakli, tashkil etuvchilari va tartibining asosiy manbasi bo‘lib kelgan. Mexanik 
vositalar yordamida isitish, sovitish va yoritish binolarni loyihalashda katta quyosh panellari
ixtiyoriga o‘tdi. Metabolizm iqlim holatiga moslashishning bosh omillari bo‘lgan joylashuv va 
shaklni o‘rnini o‘zgartirib yubordi. Buning bir oqibati shu bo‘ldiki, dunyo bo‘yicha yoqilgan
yonilg‘ilarning uchdan biri binolarga sarflangan. Moslashmagan binolarni isitish, sovitish va 
yoritish uchun yoqilgan yoqilg‘ilar atmosferaga qo‘shimcha og‘ir yuk sifatida uglerod va
karbonat angidrit miqdorlarini ko‘paytirmoqda.
Yaxshi dizayn joy haqidagi uchta oddiy savollarga javob izlashdan boshlanadi. Berry
(Berry, 1987 yil) ta’kidlaganidek, yaxshi dizayn – “Bu yer qanday? Tabiat bu yerda nimalarga 
imkon beradi? Tabiat qanday yordam beradi? deb so‘rash va biror bir strategiyani qo‘llashdan
avval joyning xususiyatlari va javobgarligini yaxshilab tushunish lozim. Bu esa diqqat bilan 
kuzatish, chuqur o‘ylangan savollarga javob topish hamda mahalliy mujassamlikni va sog‘lom
fikrli qobiliyatni to‘g‘ri baholay olishni talab etadi. Bu savollarga javob, bunyod etilgan 
binolarning o‘sha joy bilan birlashib keta olishi va xususiyatlarida hamda insonlar yaxshi
yashayotgan o‘sha muhitda aks etadi. 
Yaxshi loyihalanmagan binolar nafaqat atrof-muhitga zararli taxdid soladi, balki
insonlarning sog‘lig‘i va xursandchiligini ham yemiradi. Insonlarning tabiiy va fiziologik 
ehtiyojlari fizik ko‘rsatkichlarning tor o‘lchamigacha kamaytirilib, ish harakati oxirgi tortishuv
natijasiga ko‘ra o‘lchanadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin