Ekologik o‘ylashning mazmun mohiyati – amaliy jihatdan barcha insonlar oqimlar
holati va o‘zgarishida qanday qilib to‘g‘rilashni qabul qilishi hisoblanadi.
Tabiatning dizayni moslashuvchan dizayn hisoblanadi. Uzoq vaqt oralig‘ida
moslashuvchan dizayn rivojlanishga, qisqa vaqt oralig‘ida esa o‘zgarishlar va maxsus
innovatsiyalarga moslashishga tenglashadi. Binoning ekologik dizayni keng ko‘lamdagi
moslashuvchan strategiyalarni hamda intilish, makon va insonlar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z
ichiga oladi. Bunga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
landshaftlarning o‘zgarishi va global isish;
tarmoqlardagi muammolarni yechish uchun boshqaruvda buyruq usulidagi
boshqarishga o‘tish;
markazlashgan energiya manbalaridan tarmoqlangan (yoqilg‘i, energetika va sh.k.)
manbalarga o‘tish.
Ekologik dizayn bu xuddi zamonaviy yoki konstruktivizm ruhidagi arxitektura kabi
shunchaki g‘oya, moda va uslub emas. Ekologik dizayn – bu loyihalash muammosini
yechish uchun ilmiy izlanishlarning davomi hisoblanadi. U yangi uslub sifatida ilm-fandan
kutilgan ochiq izlanishlar jarayonini chuqur tahlil qilishga va tanqidiy fikrlashga intiladi.
Loyihalanayotgan har bir bino insonlar va makon haqidagi potensial ravishda tekshirilgan
gipotezalardan o‘tgan bo‘ladi. Agar buyurtmachi tugallangan loyihadan mamnun bo‘lsa,
tanqidchi yaratilgan binolarni maqtasa va loyiha qandaydir mukofotga loyiq deb topilsa – u
holda arxitektorlar o‘zlarini omadli deb hisoblashlari mumkin.
Ekologik dizayn jarayon sifatida hech qanday ilmiy uslubiy qoidalarga bo‘ysunmaydi,
lekin o‘ta qiyin tirik tizimlar arxitektura xaritasini tuzish bo‘yicha ishlash jarayonida ko‘plab
ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Ekologik dizaynning maqsadi – bino va muhitni
“ekomorfik” qilib yaratishdir, ya’ni uning ichki tuzilmasini o‘xshatish va tabiiy tizim
Dostları ilə paylaş: |