Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Barqaror rivojlanishning inkor etib bo‘lmaydigan omili shundaki, insonlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə67/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Barqaror rivojlanishning inkor etib bo‘lmaydigan omili shundaki, insonlar 

butunlay yashil dunyoga – yashash uchun tirik o‘simliklarga bog‘liq hisoblanadi.
O‘simliklar birlamchi ozuqa hisoblanadi, unga barcha organizmlar bog‘liqdir. Tuproq, suv va 
o‘simlik mikroorganizmlari sayyorani biokimyoviy va gidrologik davrini ta’minlaydi. Bularsiz,
oziq-ovqat, kiyim bosh va boshqacha aytganda hayot ham bo‘lmaydi. Boshqa tomondan esa, 
o‘simliklar yashashi uchun insonlar kabi murakkab organizmlarga muhtoj emas. Ayni
haqiqatki, ular insonlarsiz ham gullab yashnab rivojlana oladi. Arxitekturaning bir namunasi 
sifatida shuni ko‘rish mumkinki, insonlarni boshpana bilan ta’minlash uchun yerning
boshlang‘ich qatlamidan foydalangan holda binolar yordamida insoniy muhitga erishish 
mumkin.
Grunt suvlaridan yuqorida joylashgan tabiiy hamda sun’iy yassi tepaliklardagi yer osti 
inshootlari hamda dengiz sohilining ko‘tarilishi ehtimolidan vujudga kelayotgan tabiiy
landshaftlar inson va yashil o‘simliklarning birgalikdagi ehtiyojlariga javob beradi. Insonlar 
aqlga sig‘mas darajada moslashuvchandir. Qadimgi davrlarda insonlar tabiiy kuchlar
tomonidan bunyod etilgan g‘orlarda yashagan. Bu holatni qayta moslashish yoki tabiat bilan 
hamkorlikda yashash deb nomlansada, zamonaviy qurilish jamiyati qariyb barcha narsalardan
qayta foydalanish va qayta ishlab chiqarishni o‘rgatishi mumkin. 
Kompyuter modellari hatto quyosh burchaklarini, issiqlik oqimini, kunning bosqichlarini
hamda hayotiy davrning asosiy va boshqaruv sarf qiymatlari tan narxini hisoblay oladi. 
Material ishlab chiqaruvchi zavodlar zararli chiqarayotgan gazlar miqdori va ichki muhitni
yaratish uchun ishlatiladigan sintetik aralashmalardan chiqayotgan chiqindi gazlarni hisoblay 
oladilar. Yer yuzini yashillik o‘rniga qora rang qoplaganidagi holatga taqqoslab ko‘rganda – bu
harakatlarning bari xuddi so‘lib borayotgan yashil soyani saqlab qolishga urinishdek. Tabiiy 
o‘rmonlarni yo‘qotib, o‘rniga haddan tashqari ko‘p yo‘llar qurish, mahsuldor ekotizim
asoslariga to‘g‘ri kelmaydigan hech qaysi ekologik “yashil” binolar qurish strategiyalari bu 
muvozanatni tiklay olmaydi.
Dunyo miqyosdagi umumiy qurilish faoliyati hali unchalik darajada jiddiy emas. Hozirgi 
kunda ham dunyoning ayrim joylarida yuqori sifatli hayotni saqlab qolishda yetarlicha yashil
yer maydonlari mavjud. Ammo, dunyoning ko‘plab joylari hozirgi paytda ko‘plab 

73
yo‘qotishlarga chidab kelmoqda va bundan keyin ham boshqa hududlar ko‘proq yo‘qotishlarni 


boshidan kechirishi mumkin.

Inson o‘zining hayotini yaxshilab borgan sari o‘simliklar va yovvoyi hayvonot


dunyosiga achinmay qoladi. Har kuni insonni saqlab turgan atrof-muhit o‘zining turli toifadagi 
muammolarga to‘lib borayotganini ko‘rsatmoqda. Har kuni inson bularning turli belgilarini
ko‘rib bormoqda. Bunga jiddiy e’tibor qaratilmasa, atrof-muhitni “ko‘kalamzorlashtirish”ga 
bo‘lgan urinish keng miqyosda to‘xtovsiz bo‘lib boradi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin