10.3Bino va inshootlarga iqlim ta’siri va umriboqiylik.Qurilish materiallarining
umriboqiyligining asosiy omillaridan biri iqlim hisoblanadi. Iqlim qurilish materiallarining
xizmat qilish muddatini boshqaradi. Qurilish materiallarining umriboqiyligiga iqlim quyidagi
holatlarda ta’sir ko‘rsatadi.
Quyosh radiatsiyasi.
Harorat.
Havoning bosimi.
Havoning namligi.
Shamol va yomg‘ir.
Kimyoviy moddalar.
Quyosh radiatsiyasi. Quyoshning ultrabinafsha nurlari organik materiallarning holatini
yomonlashtiradi, ya’ni materialning ichida kimyoviy reaksiyalarni sodir qiladi va oksidlanishni
keltirib chiqaradi. Bunday ta’sir tog‘li hududlarda kuchlidir, ya’ni ultrabinafsha nurlarning
jadalligi yuqori va janub tomonga siljishi bo‘yicha oshib boradi.
Harorat. Eski qoidalar shuni ko‘rsatadiki, haroratning har 10°C ko‘tarilishida kimyoviy
reaksiyalarning tezligi ikki marta oshadi. Juda yuqori harorat organik materiallarning
yomonlashishini oshiradi. Haroratning har 7°S ko‘tarilishida yog‘och qipiqli plitadan karbamid
asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi. Xuddi shuningdek,
issiqlik quyosh radiatsiyasi, kislorod va namlik bilan birikishida qurilish materiallarining
yomonlashish jarayonini kuchaytiradi. Plastik, rezina, kauchuk va boshqa turdagi qurilish
materiallari past haroratda muzlaydi va maydalanadi. Shimoliy Yevropada tashqi ko‘rinishi
g‘ovakli bo‘lgan g‘ishtni past haroratda pishirish ikki qish davriga cho‘ziladi va tarixda xuddi
shunday g‘ishtni Qadimgi Rimda pishirish 2000 yilga cho‘zilgan. Ayniqsa g‘ovakli mineral
materiallar uchun hal qiluvchi omil – muzlatish va eritish davri hisoblanadi. Shimolning
qirg‘oq bo‘yidagi iqlimi juda ham zararlidir. Haroratning keskin o‘zgarishi va hatto sovuqsiz
harorat ham materiallarning shaklini o‘zgartiradi hamda uning yomonlashishiga olib keladi.
10
Yiliga 1 mlrd. m