Foydali qazilmalar guruhiga ma’danli va ma’dansiz metallar, neft, gaz, ko‘mir, torf va
49
Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd. tonna tog‘
jinslari oqib qo‘shilmoqda va 3-4 mlrd. tonna tog‘ jinslari atmosfera havosiga ko‘tarilmoqda.
Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga 1500-2000 mlrd. tonna tog‘ jinslarini bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd.
tonna neft, 3,6 mlrd. tonna xrom ma’dani, 3-4 mlrd. tonna qo‘rg‘oshin ma’dani, 6 mlrd. tonna
temir ma’dani, 7,3 mlrd. tonna mis ma’dani, 32 mlrd. tonna ko‘mir, 1,2 mln. tonna uran, simob,
molibden, nikel, kumush, oltin va platina ma’danlari, 120 mln. tonna fosfatlar va 159 mln.
tonna tuz qazib olinmoqda. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin
zaxiralari 35 yilda, rux 36 yilda, kaliy 40 yilda, uran 47 yilda, mis 66 yilda, surma va simob
zaxiralari 70 yilda neft, gaz va ko‘mir zaxiralari esa 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shuning
uchun ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda (Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya,
Gollandiya, Belgiya va b.q.) xom-ashyo va yer osti boyliklarining yetishmasligi tufayli
ikkilamchi
chiqindilarni
qayta
ishlab,
boshqa
mamlakatlarning
boyliklaridan
foydalanmoqdalar.
Hozirgi paytda olimlar yangi-yangi konlarni kashf qilishga majbur bo‘lmoqdalar.
Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga qaraganda, okean tubidagi metallar konsentratsiyalari
hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, marganets bilan 14000
yil, nikel bilan esa 70000 yil ta’minlash mumkin. Hozirgi paytda ushbu boyliklardan dunyo
sanoati ehtiyojlari uchun 1% dan 20% gacha foydalanmoqdalar, xolos. Bundan tashqari, yer
osti boyliklari ko‘pchilik holatlarda 1-2 turdagi metallar hisobiga qazib olinib, qolgan qismi esa
atrof-muhitga chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Masalan, 100 tonna granitdan 14 kg vanadiy,
17 kg nikel, 30 kg xrom, 80 kg marganets, 0,5 tonna titan, 5 tonna rux, 8 tonna alyuminiy
ajratib olish mumkin.
Isrofgarchilik, ayniqsa, neft, gaz, ko‘mir, kaliy tuzlari, qurilish materiallari, qora va
rangli metallar, tog‘ kimyoviy xom-ashyolarini qazib olishda ro‘y bermoqda. Dunyodagi neft
konlaridan 50-60% neft qazib olinmoqda. Har yili 150 mlrd. tonna ma’danlar qazib olinadi va
undan kerakli elementlar ajratib olib, qolgan 95-98% atrof-muhitga chiqarib tashlanadi.
Qazilma boyliklarni qidirib topish, ularni tashish va qayta ishlash jarayonida hosildor
yerlar ko‘lami qisqaradi, o‘simliklar nobud bo‘ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, natijada
yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Bunday yaroqsiz yerlar maydoni XXI asrga kelib 5-6 marotaba
oshishi mumkin. Bir tonna temir olish uchun 5-6 tonna ma’danlar, 1 tonna rux olish uchun 80-
100 tonna ma’danlar, 1 tonna mis olish uchun esa 100-140 tonna ma’danlar ishlatiladi. Hozir
yer yuzida millionlab tonna metallurgiya toshqollari, issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan
ko‘plab chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, so‘nggi yuz yil
davomida dunyoda 200 mlrd. tonnadan ko‘proq toshqollar, 3 mlrd. tonna kullar, 17 mlrd. tonna
margimush, 1 mln. tonna nikel, 1 mln. tonna kobalt va boshqa foydali va nodir elementlar
chiqindi sifatida toshqollar va kuyqumlar bilan birga chiqarib tashlangan.
O‘zbekiston azaldan yer usti va yer osti boyliklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan
ajralib turadi. Respublikamizda 94 ta mineral xom-ashyo turlarining 850 ta konlari topilgan.
Yoqilg‘i-energetika konlari, tog‘ ma’danlari, kimyoviy xom-ashyolar, qurilish materiallari va
yer osti suv konlarining aniqlangan zaxiralari asosida 370 ta neft va gaz konlari, shaxtalar,
karerlar va 290 tadan ortiq yer osti chuchuk suv oluvchi inshootlar ishlab turibdi.
Ko‘kdumaloq neft gaz kondensat konining tabiiy gaz zaxirasi 143,7 mlrd. m
3
, neft
zaxirasi 54,2 mln. tonna, kondensat zaxirasi esa 67,4 mln. tonnani tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yiliga
mos ravishda 2,5 mln. tonna va 3,5 mln. tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Muborak
gazni qayta ishlash zavodining quvvati 24 mlrd. m
3
/yil bo‘lib, 8,9 mln. tonna neft (kondensat
bilan birgalikda) va 55,5 mlrd. m
3
tabiiy gaz qayta ishlanadi.
Respublikamizda uglevodorod xom-ashyolarining umumiy zaxiralari quyidagicha tashkil
etadi:
gaz – 1828 mlrd. m
3
(bashoratlar bo‘yicha 2970 mlrd. m
3
);
kondensat – 136 mln. tonna (bashoratlar bo‘yicha 175 mln. tonna);
50
neft – 103 mln. tonna (bashoratlar bo‘yicha 145 mln. tonna)
Respublikamiz miqyosida 20 dan ortiq toshko‘mir konlari aniqlangan bo‘lib, ularning
umumiy zaxiralari 3499 mln. tonna deb bashorat qilinmoqda. Ularning sanoat ahamiyatiga
molik bo‘lgan zaxiralari Angren, Shargun va Boysunda joylashgan. Angren toshko‘mir
konining zaxirasi 1885 mln. tonna bo‘lib, undan yiliga ochiq holda 5 mln. tonna toshko‘mir
qazib olinmoqda va kelgusida 10 mln. tonnaga yetkazish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Shargun
va Boysun toshko‘mir konlarining zaxiralari mos ravishda 50 mln. tonnani tashkil etadi.
Farg‘ona viloyatidagi Gadnauz qo‘ng‘ir ko‘mir konining zaxirasi 30-35 mln. tonna deb
bashorat qilinmoqda.
Yonuvchan slanetslarning resursi 47 mlrd. tonna deb bashorat qilinmoqda. Ularning
tarkibida 0,04-0,164% molibden, 0,15-0,38% vannadiy, shuningdek, bariy, stronsiy, kobalt va
boshqa nodir elementlar mavjudligi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: