Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi kurashish yo’llari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə36/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi kurashish yo’llari 
YOg’ingarchiliklar (yomg’ir, jala, do’l va qor) ta’sirida tuproqning unumdor ustki 
qatlamining yuvilishiga tuproqning eroziyasi deyiladi. Natijada er yuzasida chuqurlik va jarlik
paydo bo’ladi. 
Tuproqning suv ta’siridagi eroziyasining quyidagi shakllari mavjud:
1. YUzlama eroziya. 
2. CHiziqli yoki jarli eroziya.
3. Surilish eroziya. 
4. Qulash eroziya.
Tuproqning suv ta’sirida yuvilishi yuzlama eroziya deyiladi. Bunda qor suvlari, yomg’ir 
tomchilari avvalo tuproqqa urilib, uning donalarini ivitib yumshatadi, so’ngra vujudga kelgan
oqim tuproqni o’sha chirindili ivigan ustki qismini yuvib kyetadi. Bu hodisa o’simliklarning 
o’sishiga salbiy ta’sir yetadi va hosildorlikni 2-3 marotaba kamaytiradi. Xususan, qordan erigan
suvlar har gektar erdan 25 t gacha tuproqning unumdor qatlamini yuvib ketishi mumkin. 
Tuproq eroziyasining ikkinchi turi suv ta’sirida chiziqli yoki jarli eroziyadir. Nishab
erlarda, vodiy bo’ylarida qor, yomg’ir, jala suvlari birga qo’shilib shiddatli oqimlar hosil qiladi. 

46
Jarliklarning o’rtacha o’sish tezligi tuproq tarkibiga bog’liq bo’lib, bir yilda 3 m dan 8-26 m 


gacha bo’lishi mumkin. Jarliklar tufayli erlar ishga yaroqsiz bo’lib qoladi, ekin maydonlari
qisqaradi, qishloq xo’jalik mashinalaridan va transport vositalaridan foydalanish uchun 
noqulayliklar paydo bo’ladi. Eng achinarlisi, mintaqalar xududidan oqadigan daryolar juda ham
loyqalanib qoladi. Masalan, Orol dengiziga Amudaryodan yiliga 100 mln t turli kimyoviy 
tarkibga ega bo’lgan oqiziqlar kelib tushadi.
Sel ta’sirida ham tuproq eroziyaga uchrashishi mumkin. Sel – kuchli jala natijasida 
vujudga kelgan oqim bo’lib, u tuproqni yuvishdan tashqari, o’z yo’lida uchragan barcha
narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va boshqalar)ni uzoq erlarga olib kyetadi va nihoyatda 
ko’p erlarni ishdan chiqaradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyoda 1872-1967 yillar davomida 2917 
marotaba, O’zbekistonda esa, 1969 marotaba sel bo’lgan. Ular xalq xo’jaligiga katta iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik zarar etkazgan. Masalan, 1921 yilda hozirgi Almati shahri yaqinida kuchli 
sel bo’lib, suv oqimining qaliyaligi ikki qavatli bivoga teng, tezliga 5 m/s bo’lgan va 4 soat
davomida shaharga 1800 ming m
3
loyqa, tosh-shag’allarni keltirgan. Natijada fojiali hodisalar 

yuz bergan, 1963 yil 7 iyulda Talgar vodiysida bo’lib o’tgan sel natijasida Almati shahridan 60


km uzoqlikda joylashgan Esik ko’li yo’q bo’lib ketgan. 
Tuproq eroziyasining yana bir turi – irrgasiya eroziyasidir. Bu dehqonchilik qilinadigan
nishab erlarni noto’g’ri sug’orishidan ko’proq sodir bo’ladi, bunda kichik jarliklar vujudga 
kelib, tuproq suv ta’sirida yuviladi. Masalan, Toshkent viloyatining ba’zi-bir xo’jaliklarida
irrigasiya eroziyasi tufayli har bir gektar erdan o’rtacha 100 t tuproq yuvilib ketmoqda. Buning 
oqibatida yil davomida har gektar erdan 100 kg azot va 115 kg fosfor yuvilib ketayapti.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish uchun bir qator 
chora-tadbirlar mavjud.
1. Past-balandliklardan iborat bo’lgan erlarda ko’p yillik ekinlar ekish, bog’dorchilik va 
uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qiyaligi 5-10° tashkil yetadigan
erlarning yon bag’irlari ko’ndalang haydalsa, yog’ingarchilik suvlari jo’yaklar hosil qila 
olmaydi. Erning qiyaligi 10-15° tik bo’lgan erlarda ko’p yillik em-xashak o’simliklari ekish
yoki pushtalar olib mevali daraxtlar va tokzorlar barpo qilish respublikamiz miqyosida keng 
ko’lamda amalga oshirilmoqda.
2. Yo’llar qurilishi paytida yog’ingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yo’l bo’ylab 
ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Suv havzalari, to’g’onlar,
kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq olingan handaklarii tekislab, daraxtzorlar 
barpo etish kerak. Masllan, Samarqand viloyati Pastdargom tumanida kichik jar va soylarni
tekislash hisobiga 200 gektar yangi erlar ochib xo’jalik hisobiga o’tkazilgan. 
3. Qirg’oqlarni yuvadigan daryo bo’ylarida damba va ko’tarmalar o’rnatish, jarliklarga
suv tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez yuviladigal tuproqli joylarda ariq 
o’rniga tyemir-beton lotoklar qurish, jarlarda va soyliklarda suv oqimini to’suvchi to’g’onlar
qurish, selga qarshi kurashish uchun quruq hovuzlar va suv omborlari barpo etish, 
zinapoyasimon ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega. Masalan, Toshkent viloiti
Bo’stonliq tumanidagi sel ko’p bo’ladigan Oqtosh soyligida tog’ yonbag’irlarida 
zinapoyasimon ariqlar qazilib, daraxtzorlar barpo qilingan.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin