Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Yerni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə37/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

6.3. Yerni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar. 

O’zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati 
O’zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming km
2
, o’rmonlar 54,4 ming km

2
,


qishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalaniladigan erlar 289,2 ming km

2
, sug’oriladigan erlar 


43 ming km
2
, tabiiy yaylovlar 222,9 ming km

2
ni tashkil yetadi. 


Respublikamizdagi kam hosilli sug’oriladigan ekin maydonlari (ming gektar hisobiga)
quyidaga jadvalga keltirilgan. 
Jadval-4
№ Erlar 
Jami
SHundan paxta ekiladigani 

1. Kuchli sho’langan erlar


238,4 196 

47
2. Botqoqlashgan yoki kuchli namlangan erlar 24,7 


21,7
3. Gipslashgan erlar 

200
108

4. Toshloq erlar
50,6

41,8
5. Suv ta’siridi eroziyaga uchragan erlar 


50,5
34

Jami


564,2 402,4
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, yaylovlarni tez sur’atlar bilan o’zgartirish natijasida 

Orol dengiziga kelib tushadigan suv miqdori keskin kamayib borishini inobatga olib, 1991


yildan boshlab reepublika miqiyosida yangi erlarni ochish taqiqlab qo’yildi. Sug’oriladigan 
erlarni kamaytirish faqat suvning foydalanish koeffisientini oshirish yo’li bilan yoki Orol
dengiziga boshqa suv manbalaridan suv keltirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo 
ushbu tadbirlarni amalga oshirish katta energiya va mablag’larni talab qiladi.
Respublikamizdagi sug’oriladigan yerlarning 15% tayyorlanadigan qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini 98% ni beradi. Oxirgi 20-25 yil davomida sug’oriladigan erlarning sho’rlanishi
0,8 mln gektarga ortib, hozirgi paytda 2 mln gektar tashkil yetadi. Shundan 0,85 mln gektar 
erlar o’ta sho’rlangan yerlar hisoblanadi.
Qoraqalpog’istonda 90-95% erlar, Qashqadaryo va Xorazmda 60-70% yerlar 
sho’rlangandir, Respublikada 1748 ming gektar sho’rlangan erlar bo’lib, ulardan 241 ming
gektari kuchli sho’rlangan erlardir. SHo’rlanish jarayonlari ayniqsa Qorakalpog’istonda, 
Buxoro va Sirdaryo viloyatida kuchaymoqda. Oxirgi 20-30 yil davomida tuproq tarkibida
chirindi (gumus) miqdori (hosildorlikning asosiy ko’rsatkichi) 30-50% ga kamaydi. Bu esa, 
umumiy maydonning 40% ni tashkil yetadi. Barcha sug’oriladigan erlarning 40% ga yaqinini
chirindi miqdori nihoyatda kam (1% gacha) bo’lgan tupoqlar egallaydi. 
Respublika erlarining bonitet balli 60 ga tengdir. Bonitet balli Qoraqalpog’iston,
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 18,7 ballni, Surxondaryo, Xorazm va Namangan 
viloyatlarida 70-76 ballni tashkil yetadi. Paxta ekiladitan erlarning eng sifatli 81-100 ballarga
teng maydoni 0,7 mln gektar bo’lib, o’rtacha 11-60 ballarga teng 0,9 mln gektar, o’rtachadan 
past 21-50 ballarga teng maydoni 0,6 mln gektar erni tashkil yetadi.
Yer unumdordigini pasayishiga tuproqning shamol va suv ta’sirida eroziyaga 
uchrashishi ham katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. SHamol va suv ta’sirida tuproqning eroziyaga
uchrashishi natijasida er unumdorliga yildan-yilga pasayib bormoqda. Respublikamizda 21 mln 
gektar sug’oriladigan erlardan 0,7 mln gektar erlar o’ta va o’rtacha darajada deflyasiya
(eroziya)ga uchragan. O’ta va o’rtacha darajada deflyasiyaga uchragan erlar Farg’ona 
vodiysida 165 ming gektar, Surxondaryoda 106 ming gektar, Qashqadaryoda 80 ming gektar va
Buxoro viloyatida 52 ming gektarni tashkil yetadi. 
Chorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish va yaylovlarni o’z vaqtida almashlab
turilmasligi sababli 22 mln gektar yaylov erlaridan b mln gektar erlar deflyasiyaga uchragan, 13 
mln gektar erlar esa, suv ta’sirida eroziyaga uchragan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonning biosferaga ko’rsatayotgan kuchli ta’siridan 
biri o’simliklar dunyosida vujudga keladigan kasalliklarga, zararkunanda hasharotlar va begona
o’tlarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy vositalaridir. 
Shubhasiz, qishloq xo’jaligida insektisidlar, defolyantlar, gerbisidlar va boshqa
kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish ortadi. 
Ammo dixlordifeniltrixloretan (DDT) va boshqa insektisidlar, gerbisidlar, xlor va fosfororganik
birikmalar ko’pchilik hayvonlar va hatto inson uchun xavflidir. DDT zaharli, ta’sirchan va 
barqaror modda hisoblanib, u biogeosenozlarda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi hamda
to’planadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uni turli hayvonlarning jigarida to’planganligi 
aniqlangan.
Respublikamizda zaharlangan erlar tarkibida DDT ning miqdori uning ruxsat etilgan 
chegaraviy konsentrasiyasi (RECHK)ga nisbatan 2-5 marotaba ko’proq to’plangan. Farg’ona,
Andijon va Samarqand viloyatlari erlarida DDT ning miqdori uning RECHK siga nisbatan mos 
ravishda 26, 26,4 va 44 marotaba ko’proq mavjudligi aniqlangan.
Bundan tashqari, paxta yakkahokimligi, erlarni almashlab ekish ishlari rejasiz amalga 

48
oshirishi va xususan chorvachilikni rivojlantirish, em-xashak bilan ta’minlash maqsadida 


erlarga ko’plab mineral o’g’itlardan foydalanishga to’g’ri keldi. Natijada erga kechadigan
barcha tabiiy biologik va biokimyoviy jarayonlar izidan chiqib ketdi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyinga yillarda pestisidlar bilan ishlov beriladigan
yer maydonlari ancha qisqardi. Masalan, agar 1989 yilda bunday yerlar 2,3 mln gektarni tashkil 
etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib 1,4 mln gektarni tashkil etdi. Bir gektar yerga solingan pestisidlar
36 kg dan 42 kg gacha ortdi. Xususan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida har bir gektar 
yerga mos ravishda 85 va 90 kg daya pestisidlar kiritilgan. Yiliga har gektar erga 400-500 kg
atrofida mineral o’g’itlar solinib kelindi: Ma’lumotlarga qaraganda, fosforli o’g’itlar bilan birga 
tuproq tarkibiga ftor, uran, toriy va og’ir metall tuzlari singib bordi. Zararkunanda va
hasharotlarga qarshi sepiladigan dorilarning atigi 1% gina foydali ta’sir ko’rsatadi, qolgan 99% 
tuproq, suv, havo va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib boradi. Natijada tuproq
tarkibidagi foydali mikroorganizmlar qiriladi, tuproq va er osti suvlari ifloslanadi va inson 
sog’ligiga katta salbiy ta’sir yetadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ishlab chiqarilayotgan kimyoviy
moddalarning ishlatish koeffisienti nihoyatda past: kaliy va fosforli ug’itlarning 30%, azotli 
o’g’itlarning 50% o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmasdan qolib, ular suv ta’sirida yuvilib, er
usti va er osti suvlarini ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dehkonchilik bilan shug’ullanadigan erlarda
tuproqning ekologik holati nochordir. Er maydonlarining ifloslanishiga kimyoviy moddalarni 
bir joydan ikkiichi joyga uzatish, ularni saqlash, ishlatish uchun kerakli texnikaning nosozliga
yoki etishmasligi, o’simliklarni himoya qilish xizmatining qoniqarsiz ishlashi sabab bo’lmoqda. 
Ekologik nuqtai nazardan olib qaraganda respublikamizda er resurslaridan to’liq
foydalanilmaydi. Natijada er hosildorligi va chorvachilik mahsulotlarining mahsuldorligi 
pastligicha qolmoqda.

Mustaxkamlash uchun savollar:


1. Litosferani muhofaza qilish haqida ma’lumot. 
2. Litosfera nimalardan tashkil topgan?
3. Tuproqning tabiiy jarayonlari haqida ma’lumot bering. 
4. Rekultivatsiya deganda nimani tushinasiz?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin