23
albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat
tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMT, davlatlararo va
nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini
topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro
ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda
ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilish;
2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy
asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal
yo‘llarini ishlatish.
Dostları ilə paylaş: